Organik kimyo fani. Organik moddalarning xomashyo manbalari

Organik kimyo fani. Organik moddalarning xomashyo manbalari

O'quvchilarga / Kimyo
Organik kimyo fani. Organik moddalarning xomashyo manbalari - rasmi

Material tavsifi

Organik kimyo fani. Organik moddalarning xom ashyo manbalari Reja: 1. Kirish. Organik kimyo fani. 2. Organik moddalarni o'rganishdagi dastlabki nazariyalar. 3. Organik moddalarning xom ashyo manbalari. 4. Organik birikmalarning asosiy turlari. 5.O'zbekistonda organik moddalar kimyosi rivojlanishi va mamlakat iqtisodiyotida organik moddalar texnologiyasining ahamiyati. Organik kimyo fani. Organik kimyo -organik moddalarni tashkil qiluvchi uglerod birikmalarining kimyosini o'rganuvchi fandir. Organik moddalar kishilarga qadimdan ma'lum, ular organik bo'yoqlarni (alizarin, purpur, indigo), uzum sharbatini bijg'itib sirka hosil qilishni, o'simliklardan shakar, moy olishni, sovun pishirish bilganlar va bu moddalardan foydalanganlar. Ammo uzoq vaqtgacha organik moddalar aralashma holida ishlatilib kelingan. XIX asrga kelib arab alximiklari sirkadan sirka kislotani, musallas ichimligidan etil spirtini sof holda ajratib olishga muyassar bo'ldilar. XVI asrda etil spirtini sulfat kislota bilan ishlash natijasida etil efir olindi. Organik moddalarni sof holda olish va ularni o'rganish XVII asrning oxiri va XIX asrning boshlariga kelib kuchaydi. Atoqli shved ximigi I.Ya.Berselius (1779-1848) «o'simlik va hayvon organizmlarida hayot mavjud ekan, ularda moddalarning sintezi jonsiz tabiatdagiga qaraganda boshqacha bo'lib, qandaydir «hayotiy kuch» ning ta'sirida sodir bo'ladi» deydi. Shu davrda bir guruh ximiklar Berselius izidan borib fanda vitalistik (lotincha vita so'zi «hayot» lis «kuch» demakdir) oqim kelib chiqadi. Bu oqim tirik tabiatdagi moddalarni laboratoriya sharoitida sintez qilib bo'lmaydi, degan idealistik ta'limotni olg'a surib, kimyo fanining taraqqiyotiga to'sqinlik qildi. 1824 yilda Berseliusning shogirdi, nemis ximigi F.Vyoler laboratoriya sharoitida disiandan o'simlik organizmida uchraydigan oksalat kislotani oldi. disian oksalat kislota Ayniqsa F.Vyolerning 1828 yili oddiy anorganik tuz-ammoniy sianitdan hayvon organizmida hosil bo'ladigan mochevinani sintez qilishi vitalistik ta'limotga juda katta zarba berdi. Buning uchun u avval kaliy sianatni hosil qilgan: So'ngra kaliy sianatni ammoniy sulfat ta'sirida parchalab, ammoniy sianat hosil qilgan: Ammoniy sianatni qizdirib mochevina olgan: Bu kashfiyot kimyoda katta burilish yasab, organik moddalarning hosil bo'lishida hech qanday «hayotiy kuch» qatnashmasligini isbotlab berdi. 1842 yili buyuk rus olimi N.N.Zininning nitrobenzoldan anilin olishi, 1845 yili nemis ximigi Kolbening sirka kislota sintez qilishi. 1854 yili fransuz ximigi Bertloning yog'ni hosil qilishi va 1861 yili rus olimi Butlerovning oddiy chumoli aldegididan shakarsimon modda hosil qilishi «hayotiy kuch» haqidagi reaksion idealistik ta'limotga batamom zarba berdi va organik kimyo faning rivojlanishiga katta yo'l ochildi. Organik moddalar tarkibida uglerod elementi albatta bo'lishi XVII asrda uzil kesil isbotlandi. Shu bilan birga ko'pchilik organik birikmalar tarkibida uglerod elementidan tashqari vodorod, kislorod, azot va boshqa elementlar borligi aniqlandi. 1861 yili Qozon universitetining professori Aleksandr Mixaylovich Butlerovning organik moddalarning kimyoviy tuzilish nazariyasini yaratishi organik kimyoning rivojlanish tarixida olamshumul ahamiyatga ega bo'ldi. A. M. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 69.48 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 69.48 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga