Organik kimyo fani Organik kimyo fani, rvojlanish tarixi va uning xususiyatlari. Organik kimyo faniga berilgan ta'rilar. Organik birikmalarning tabiiy manbalari. Organik birikmalarning farq qiladigan xususiyatlari va organik reaktsiyalarning o'ziga xosligi. Nazariy tushunchalarning rivojlanishi: radikallar, tiplar, unitar nazariyalari. Tuzilish nazariyasi. Tarkibida uglerod atomi tutgan moddalarga organik birikmalar deyiladi. Organik birikmalardan insoniyat qadim zamonlardan foydalanib keladi. Organik birikmalar o'simlik va hayvon organizmlaridan olingan. Shuning uchun organik birikmalar kimyosini o'qitadigan fanga «organik kimyo» deb aytiladi. Organik birikmalarga - metan, etan etil spirti, sirka kislota, qand misol bo'ladi. Organik kimyo faniga olimlar turlicha ta'rif berishgan. «Organik kimyo uglerod birikmalarining kimyosi» (A. Kekule 1851 y). Aniqroq ta'rifni 1989 yili K.SHorlemmer bergan: «Organik kimyo uglevodorodlar va ularning hosilalarini o'rganadigan fandir». Lekin bu ta'rif ham noorganik va organik kimyo o'rtasidagi farqni ko'rsata olmaydi, chunki СО2, СО, К2СО3, Н2СО3 va boshqalarni noorganik va organik moddalarning hosilasi deb aytish mumkin. Hamma organik birikmalar asosan uglerod, vodorod va boshqa element atomlaridan tashkil topgan. Organik kimyoning zamonaviy ta'rifi quyidagicha: «Organik kimyo uglerodning boshqa elementlar bilan hosil qilgan birikmalarini o'rganadigan fandir». Organik birikmalarning tabiiy manbalariga neft, tabiiy gaz, ko'mir, slanetslar, torf, yog'och, qishloq xo'jalik mahsulotlarining chiqindilari kiradi. Bu manba'lardan organik birikmalar turli usullar bilan ajratib olinadi. Organik birikmalar asosan sintez qilib olinadi. Ma'lumotlarga qaraganda 7 - 8 million organik moddalar mavjud bo'lib, bir kunda taxminan 500 ta yangi modda sintez qilinadi. Uglerod o'ziga xos xususiyatlarga ega: Uglerod davriy sistemada metallar va metalmaslar o'rtasida joylashgan va uning valentligi 4 ga teng. U elektroneytral xossani namoyon etadi va kovalent bog' hosil qiladi. uglerod boshqa elementlar bilan birika oladi. Uglerod atomlari bir - biri bilan bog'lanib, uzun zanjir hosil qiladi. Zanjir to'g'ri chiziq, tarmoqlangan yoki halqa ko'rinishida bo'ladi. Uglerod atomlari orasidagi bog'lar - oddiy, qo'sh va uch bog' bo'ladi. Uglerod - uglerod bog'i mustahkam bo'lib, kimyoviy reaktsiyalarda kamdan - kam hollarda o'zgaradi. Reaktsiyalarda uglerod skeleti molekuladan molekulaga o'zgarmasdan o'tadi. Bunday atomlar guruhiga radikallar deb ataladi. M - n: СН3 - metil, СН3 СН2 - etil, С4Н9 - butil radikallari. Organik reaktsiyalar radikallar bilan bog'langan va reaktsiyaga kirish qobilyati yuqori bo'lgan funktsional guruhlar hisobiga boradi. Hozir yuzga yaqin funktsional guruhlar mavjud. M - n: C = О, - СНО, - СООН, - ОН, - NH2, - Х va h - zo. Organik kimyoni alohida fan qilib o'qitishning asosiy sabablari: Ma'lum bo'lgan organik birikmalarning turli - tumanligi va ko'pligi (7 - 8 mln): Organik birikmalarning tez o'zgaruvchanligi. Ular harorat ta'sirida suyuqlanadi, parchalanadi va oson yonadi. Organik ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:58:48
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
410.72 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:58 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
410.72 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:06 ]
Arxiv ichida: doc