Organik kimyo kursini o'qitish metodikasi Reja: 1. Organik kimyo kursini o'qitish uslubi. 2 Maktab kimyo kursida organik kimyoning muhim tushunchalari va organik birikmalarning sinflarini o'qitish metodikasi. 3. Izomer, gomolog, funksional guruh tushunchalarini shakllantirish metodikasi. 4. Organik moddalar molekulasida atomlarning o'zaro ta'sirlashuvining mohiyatini ochib berish metodikasi. A. M. Butlerovning kimyoviy tuzilish nazariyasi bilan o'quvchilarni tanishtirish. 9-sinfda organik moddalar bilan dastlabki tanishish. Organik moddalarni o'rganish «Anorganik va organik moddalar»dan boshlanadi. O'quv materialining o'zi ham, uni bayon qilish shakli ham yetarli darajada aniq va ishontirarli bo'lishi lozim. Kirish qismining aniq materialida: a). «Organik modda»lar tushunchasini oydinlashtirish; b). Organik moddalarning xarakterli xususiyatlarini alohida qayd qilish; v). Organik moddalar haqidagi idealistik, vitalistik qarashning asossizligini ko'rsatish; g). Organik moddalarning amaliy ahamiyati haqida ba'zi tasavvurlar hosil qilish lozim. O'quvchilarga «Organik moddalar» tushunchasi «Uglerod» bo'limidayoq berilgan edi. Bu bo'limda ular uglerod kislorodli birikmalargina emas, balki vodorodli birikmalarni ham hosil qilishini bilib olgan edilar. Endi o'qituvchi uglerodning kimyoviy xossalarini bayon qilish bilan birga, uglerodning oksidlaridan va karbonat kislota tuzlaridan, shuningdek, uglerodning metallar bilan (metallarning karbitlari) va ba'zi metallmaslar bilan bergan birikmalaridan tashqari, uning umuman barcha birikmalari organik moddalar qatoriga kirishini alohida ta'kidlaydi. So'ngra o'qituvchi o'quvchilarga organik moddalarga bo'lgan qarashlarning qisqacha tarixini Organik kimyo darsligida bayon qilingan hajmda aytib beradi. Bundan keyin o'qituvchi organik moddalar nima uchun kimyoning alohida bo'limi bo'lib ajratilganligini tushuntirishga o'tadi. Ammo o'quvchilar shu davrgacha bo'lgan bilimlari bilan bu savolga to'liq javob bera olmaydilar. O'qituvchi hozircha uglerod birikmalarining faqat bir xususiyati - ularning nihoyatda ko'p sonli ekanligini ta'kidlaydi, xolos. Organik moddalarning tuzilishi, xossalari, o'ziga xosligi haqidagi masalaga kelganda esa, o'quvchilar bu masala bilan keyinchalik - organik moddalarning o'rganish jarayonida tanishadilar. O'qituvchi kirish qismida organik moddalarning amaliy ahamiyati haqidagi masalani juda qisqa bayon qiladi. U faqat hozirgi vaqtda neft, toshko'mir, yog'och va shu kabilarni kimyoviy qayta ishlashda olinadigan eng muhim mahsulotlarni sanab chiqadi (tegishli sxemalardan ko'rsatadi) shu bilan birga o'qituvchi mamlakatimizda sintetik mahsulotlar, jumladan, sun'iy yo'l bilan olingan suyuq yoqilg'i (masalan yuqori sifatli aviatsiya benzini) tarkibi va xossalari jihatdan turli-tuman bo'lgan kauchuk, plastik massalar, sun'iy tola va charm sintetik spirtlar, kislotalar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirishga alohida e'tibor berilayotgani o'qtiriladi. 1. Organik kimyoni o'qitishning o'ziga xos xususiyatlari uning mazmuni bilan bog'liq. Organik kimyo fan sifatida uni o'rta maktab o'quv predmetlari o'rtasidagi holatini belgilovchi bir qator o'ziga xos moddalar va kimyoviy sharoitlarini o'rganadi. Uning organik kimyo kursi bilan yorqin bog'liqligi atom tuzilishi, uning elektromanfiyligi va kimyoviy bog'ning elektron tabiati kabi tayanch tushunchalarni qo'llashida namoyon bo'ladi. Anorganik kimyoda moddalarning ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:58:48
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.17 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:58 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.17 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:06 ]
Arxiv ichida: doc