Organik kimyo kursining o'qitish uslubiyoti. A. M. Butlerovning tuzilish nazariyasi Reja: 1. A. M. Butlerovning tuzilish nazariyasi bilan o'quvchilarni tanishtirish. 2. Organik kimyo kursini ozlashtirish uchun tayanch bilimlar. 3.Organik kimyoni o'qitishda biologik bilimlarning qo'llanilishi. 4. Organik birikmalarning gamologik qator va izomer tushunchalarini o'rgatish. 5. Yuqori molekulyar birikmalar, ularning ahamiyati. A. M. Butlerov yaratgan kimyoviy tuzilish nazariyasi hozirgi zamon kimyosining eng katta yutuqlaridan biridir. Kimyoviy tuzilish nazariyasi bilan o'quvchilar To'yingan uglevodorodlar mavzusida tanishadilar. Metan o'rganiladi. Metanning gomologik qatori tushunchasi izohlanadi. Gomologlarning nomi va formulalari odatdagi valentlik qoidasiga muvofiq kelmasligiga o'quvchilar e'tibori jalb etiladi. Masalan, etan formulasida valentlik qoidasiga ko'ra, uglerod uch valentli bo'lib qoladi. Lekin bu ziddiyat faqat sirtdan qaralganda shunday bo'lib tuyuladi. Butlerov yaratgan kimyoviy tuzilish nazariyasi bu ziddiyatni tamomila izohlab beradi. Butlerov nazariyasining asosiy qoidalari keltiriladi. Nar bir qoida faqat ta'riflanib qolmasdan, balki konkret misollarda tushuntirib beriladi. Metanning gomologik katoridagi moddalarning (metan, etan, propan va butan) formulalaridagi elementlarning valentlik chiziqchalari yordami bilan ifodalanadi. Molekulalarda atomlarning birikish tartibini tasvirlaydigan kimyoviy formulalar struktura formulalar deb atalishi to'g'risda tushuncha beriladi. Kimyoviy tuzilish nazariyasiga asoslanibgina, Butlerov to'yingan uglevodorodlar molekulalarida atomlarning turli tartibda birikish mavjudligi haqidagi xulosaga kelganligiga - izobutan ochganligi, ilgaridan ma'lum bo'lgan izomeriya holatlarini izohlanganligi, organik moddaning olinishi mumkin bo'lgan izomerlari sonini oldindan aytib bera olganligiga va oldin aytilgan fikrlarni tegishli tajribalar va ishlab chiqarish praktikasi bilan tasdiqlanganligiga o'quvchilar e'tibori jalb etiladi. Organik kimyoning to'yingan uglevodorodlardan keyingi materialni o'rganib chiqish jarayonida organik birikmalar asosiy sinflarining funktsional gruppalari va eng muhim vakillari bilan tanishib chiqish davrida kimyoviy tuzilish nazariyasining asosiy qoidalari aniqlanadi va puxtalanadi. O'quvchilar organik moddalarning xarakteristikasi bilan tanishganlarida moddalarning xossalari haqiqatan ham ularning molekulalari tuzilishiga bog'liq ekanligiga, Butlerov nazariyasi hozirgi zamon organik kimyosining ilmiy asosi ekanligiga ishonch hosil qiladilar. Organik kimyoning muhim tushunchalar va nazariyalarni o'qitishda tajriba yo'li asosida o'qituvchilarga quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi: Anorganik kimyo kursi bilan fanlararo bog'liqlikni aniqlash. Kimyoviy tuzilish nazariyasini paydo bo'lishining tarixi. Organik moddalarni tuzilishi to'g'risida Butlerovning g'oyalarini ochib berish va ularni fazoviy tuzilish nazariyasi bilan bog'liqlikni o'rnatish. Moddalarning xossalari ularning tuzilishiga bog'liqligini ko'rsatish. Texnik vositalardan (model tuzish, ekran vositalari) keng foydalanish. Organik kimyoning tushunchalari hozirgi zamon tuzilish nazariyasiga asoslanib, beshta guruhga bo'linadi: kimyoviy tuzilish tushunchasi, elektron va stereokimyo tushunchalari, yuqori molekulyar kimyo tushunchalari va kimyoviy reaksiya qonuniyatlarining tushunchalari. Anorganik kimyo kursini o'rganishda o'quvchilar moddalarning xossalariga ularning tuzilish ta'sir etayotganligini ko'rishmagan. Lekin, organik kimyoda bu tushunchalar asosiy rol o'ynayotganligini o'qituvchi ko'rsatib berishi kerak. Nozirgi zamon tuzilish nazariyasi organik moddalarni alohida sinflar bo'yicha o'rganishga asos bo'lib qolgan. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:58:48
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.52 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:58 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.52 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:06 ]
Arxiv ichida: doc