Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o'ziga xos xususiyatlari

Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o'ziga xos xususiyatlari

O'quvchilarga / Kimyo
Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o'ziga xos xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o'ziga xos xususiyatlari 10-sinf Kimyo fani darsligi asosida 1-mavzu Reja: Organik kimyo Organik birikmalarning o'ziga xos xususiyatlari Organik moddalarning tuzilish nazariyasi XIX asr boshida barcha ma'lum moddalar kelib chiqishiga qarab mineral va organik moddalarga bo'lindi. Ko'pchilik olimlar organik moddalar faqat tirik organizmda hosil bo'ladi degan fikrda edilar. Organik kimyo - kimyoning katta va mustaqil bo'limi bo'lib, bu fan uglevodorodlar va ularning hosilalarining tuzilishi, olinish usullari, xossalari, amaliy foydalanish imkoniyatlarini o'rganadi. Murakkab zarrachaning kimyoviy tabiati uning tarkibini tashkil etuvchi moddiy zarrachalarning tabiati, ularning miqdori va kimyoviy tuzilishi bilan belgilanadi. Organik birikmalarda uglerod atomi IV, vodorod atomi I, kislorod atomi II valentliklarni namoyon qiladi. Moddalarning xossalari uning molekulasi tarkibida qanday atomlar va qancha miqdorda bo'lishigagina emas, balki ularning qanday tartibda birikkanligiga ham bog'liq bo'ladi. Berilgan moddaning xossalarini o'rganish natijasida uning molekulyar tuzilishini aniqlash, molekulasining tuzilishini bilish orqali esa uning xossalarini oldindan aytib berish mumkin Bizga molekulasi tarkibida bir xil guruh bo'lgan, lekin turli xossalarga ega bo'lgan moddalar ma'lum. gidroqsil guruhlar mavjud. Misol uchun, C2H5OH, NaOH, CH3COOH larda Kimyoviy reaksiyalarda modda molekulasini tashkil etgan barcha atomlar emas, balki ayrim atomlar yoki atomlar guruhi ishtirok etadi. Misol qilib, etil spirti bilan natriy metalining o'zaro ta'sirini olish mumkin. Organik birikmalarda uglerod atomining oksidlanish darajasi. Organik birikmalarda uglerod atomining oksidlanish darajasi u hosil qiladigan bog'lanishlar soniga doim ham mos kelmaydi, ya'ni shu elementning valentligiga teng emas. Shu sababli elektromanfiyligi katta bo'lgan etement atomi nisbatan manfiy zaryadlangan, bog'lanishda ishtirok etayotgan ikkinchi atom esa nisbatan musbat zaryadlangan bo'ladi. Uglerod atomlari o'zaro bog' hosil qilganda bog'lovchi elektron juftlar biror-bir atom tomon siljimaydi. Sababi uglerod atomlarini elektromanfiyliklari qiymati bir xilligidir Tushunish oson bo'lishi uchun kimyoviy bog'lanishlarda elektronni siljishini strelka bilan ko'rsatamiz. Strelka yo'nalishi elektromanfiyligi katta bo'lgan elementga qaragan bo'ladi. Shartli ravishda har bir chiziq yoki strelka bitta begona elektronni atomga yaqinlashgani yoki uzoqlashganini ko'rsatadi. Shularni arifmetik hisoblash asosida atomlarni oksidlanish darajasi aniqlanadi. Sinf :10 Sana: O'rgansangiz kimyoni sirin ochasiz dunyoni Mavzu: Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o'ziga xos xususiyatlari. XIX asr boshida barcha ma'lum moddalar kelib chiqishiga qarab mineral va organik moddalarga bo'lingan. Ko'pchilik olimlar organik moddalar faqat tirik organizmda hosil bo'ladi degan fikrda edilar. Organik kimyo fan sifatida alohida ajralgan bo'lsada ko'pchilik olimlar unga shubha bilan qaradilar. Organik kimyo tarixiga nazar MAKTUB 1835 -yilda F. Vyoler I.Berseliusga yozgan xatida Organik kimyo hozir har qanday kishini ham aqldan ozdirishi mumkin. U, mening nazarimda, hayratda qoldiradigan narsalarga to'la, zich o'rmonga, kirishga kishi jur'at eta olmaydigan va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.34 MB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:06 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.34 MB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga