Organik kimyoning asosiy tushunchalari Reja: Organik kimyoning rivojlanish tarixi. Organik birikmalarning xususiyatlari. Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi. Organik birikmalardagi bog'larning xususiyatlari. Ilgari organik moddalarning manbalari o'simliklar hisoblangan, o'simliklarni suv bug'i bilan haydab efir moylari olingan, maydalangan o'simliklarni ektraksia qilinib alkoloidlar ajratib olingan masaslan mentol- jasmin usimligidan ajratib olingan efir moyi, tsis-jasmon- jasminning gulbarglaridan ajratib olinadigan xushbo'y hidli modda. Organik kimyoning rivojlanishi tarixi O'n tuqqizinchi asrga kelib ko'mir kimyogarlarning asosiy tadqiqot obyektlaridan biriga aylandi. Ko'mirni quruq haydashdan olingan smola aromatik uglevodorodlarga boy bo'lib uning tarkibidan benzol, piridin, fenol, anilin, tiofen ajratib olindi Organik moddalarning xususiyatlari Organik moddalar o'ziga xos rangga ega bo'lib ulardan bo'yoq sifatida foydalaniladi. Quyidagi jadvalda moddalar va ularning o'ziga xos ranglari berib o'tilgan Rang moddalarning yagona xususiyati emas, moddalar xususiyatlaridan yana biri bu ularning hidi hisoblanadi. Atrofimizda bir qancha badbuy hidli organik moddalar uchraydi masalan: sassiq qo'zanning badbo'y hidini tiollar beradi. 1889 yilda Germaniyaning Frayburg shahrida aholini evakuatsiya qilinishiga tioatseton bilan olib borilayotgan tadqiqotlar sabab bo'ldi. Shundan so'ng tadqiqotlar to'xtatildi. Organik bo'yoqlar plastik materiallarni, matolarni, qog'ozlarni bo'yashda keng foydalaniladi. Indigo asosan ko'k rang beruvchi bo'yoq poliefir matolar bo'yog'i sifatida ishlatiladi. Benzofo'ranozani ICl bilan ishlov berilib sintetik matolar uchun bo'yoq, metallarning ftaltsianat komplekslari tipik ko'k- yashil rang beruvchi bo'yoq sifatida ishlatiladi, qizil rang eruvchi pigment sifatida 1,4-diketopirrolo[3,4-s] pirrolidin qo'llaniladi. Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi Rus olimi A.M. Butlerovning kimyoviy tuzilish nazariyasi organik kimyoning asosiy nazariyasidir. U organik kimyoning barcha nazariy tushunchalari asosida yotadi. Nazariyaning ikki xil ta'rifi mavjud: A.M. Butlerov ta'rifi va hozirgi zamon ta'rifi A.M. Butlerov ta'rifi Murakkab zarrachalarning kimyoviy tabiati uning tarkibiga kiruvchi elementlar zarrachalarining tabiatiga, ularning miqdoriga va kimyoviy tuzilishiga bog'liq. Hozirgi zamon ta'rifi Organik birikmalarning fizik va kimyoviy xossalari uning tarkibiga hamda kimyoviy, elektron va fazoviy tuzilishiga bog'liq Organik birikmalardagi bog'larning xususiyatlari Organik birikmalarda biz kimyoviy bog'larning kovalent, vodorod va ion bog'lariga duch kelamiz. Kovalent bog' ikkita elektron yoki chiziqcha bilan ifodalanadi. Masalan -bog'. Agar kovalent bog' s-, p-, sp3-, sp2- va sp-elektronlarning (atom orbitallarining) asosiy o'qi bo'yicha tutashishi natijasida hosil bo'lsa bu bog' -bog' deyiladi. -bog'. Agar kovalent bog' r-elektronlarning (atom orbitallarining) yonlama tutashishi natijasida hosil bo'lsa bu bog' -bog' deyiladi. Kovalent bog' qutbli va qutbsiz bo'lishi mumkin. qutbsiz kovalent bog'. Agar kovalent bog' bir xil atomlar o'rtasida hosil bo'lsa, bunday bog' qutbsiz kovalent bog' deyiladi. qutbli kovalent bog'. Agar kovalent bog' turli atomlar o'rtasida hosil bo'lsa, bunday bog' qutbli kovalent bog' deyiladi. qutbli kovalent bog'ning koordinatsion va yarim qutbli (semipolyar) turlari mavjud. Koordinatsion bog' - ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:58:48
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
381.77 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:07
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:58 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
381.77 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:07 ]
Arxiv ichida: pptx