Organik kimyoning nazariy asoslari. Alkanlar va sikloalkanlar Reja: 1. Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi va uning ahamiyati 2. Uglevodorodlarning sinflanishi. Nomlanishi 3. Alkanlar va sikloalkanlar manbalari 4. Alkanlar va sikloalkanlarning fizikaviy xossalari 5. Alkanlarning kimyoviy xossalari 1. Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi va uning ahamiyati Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi E. Frankland, Sh.F. Jerar, F. Kekule va boshqa olimlar bilan boјliq. Rus olimi A.M. Butlerov (18281886) bu nazariyaning to'la ma'noda asoschisi hisoblanadi. U organik moddalar tuzilish nazariyasining asosiy qoidalarini 1861 yilda bayon qildi: Molekulasida atomlar bir-biri bilan valentliklariga muvofiq ma'lum izchillikda birikadi. Atomlarning bunday boјlanish tartibi kimyoviy tuzilish deyiladi. Moddalarning xossalari molekulaning tarkibi va ularning tuzilishiga boјliq. Moddalarning tarkibi va molekulyar massasi bir hil, lekin tuzilishi, hamda xossalari turlicha bo'lgan moddalar izomerlar deyiladi. Moddalarning xossalariga ko'ra uning tuzilishini aniqlash, modda molekulasining tuzilishi asosida ularning xossalarini oldindan aytish mumkin. Modda molekulasidagi atom va atomlar guruhi o'zaro bir-biriga ta'sir etadi. Kimyoviy reaksiyada modda molekulasini tashkil etgan barcha atomlar emas balki, ayrim atomlar yoki atomlar guruhi ishtirok etadi. Misol: 2С2Н5OН + 2Na → 2С2Н5ONa + Н2 Bu reaksiyada -OН guruhidagi vodorodning o'rnini natriy oladi, natijada vodorod ajralib chiqadi, 2С2Н5O- atomlar guruhi o'zgarishsiz qoladi. Yodda tuting! Organik birikmalarda uglerod doimo 4 valentli, azot 3 valentli, kislorod 2 valentli, vodorod esa 1 valentli bo'ladi. Bilasizmi? Fanga valentlik tushunchasi kiritildi (E. Frankland,1852) Uglerodning valentligi aniqlandi (F. Kekule, A.Kolbe,1857 Uglerod atomining o'zaro birikib, uzun ochiq va yopiq zanjir hosil qilish xususiyati aniqlandi (A. Kuper, 1858). A. M. Butlerovning kimyoviy tuzilish nazariyasi organik kimyo nazariy asosining poydevori hisoblanadi. Ahamiyati jihatidan uni D.I. Mendeleevning elementlar davriy qonuni bilan bir qatorga qo'yish mumkin. Davriy qonun yangi elementlar borligini oldindan aytishga imkon bergan bo'lsa, bu nazariya orqali hali topilmagan yangi moddalarning borligi va ularning tuzilishini aniqlashga imkon yaratdi va bir nechtasini A.M. Butlerovning o'zi sintez qilishga muyassar bo'ldi. Tuzilish nazariyasining kashf etilganiga 150 yildan ortiq vaqt o'tgan bo'lsa ham, u o'z ahamiyatini yo'qotgan emas. Fanning yangi yutuqlari bu nazariyani yangi dalillar bilan boyitmoqda va uning asosiy ma'nosini to'g'ri ekanligini isbotlamoqda. Agar biz 10 milliondan ko'proq organik moddalarning fizikaviy va kimyoviy xossalarini alohida ko'rib chiqqanimizda xatto quvvati yuqori kompyuterning xajmi bunga bardosh bera olmaydi. Kimki organik kimyoni o'rganayotgan bo'lsa, moddaning tuzilishiga shunchaki qarab qo'ysin va uning xossalariga, shu bilan birga kimyoviy reaksiyada o'zini tutishiga oqilona hamda ishonchli mulohaza qilsin. Alkanlar: metan, etan va propan. Alkanlar umumiy molekulyar formulasi CnN2n+2 ga ega. Metan (CH4), eng oddiy vakilidir. Uning ko'p miqdori atmosferada, uchraydi. Metan Yupiterda, Saturnda, hatto ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:58:48
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
758.72 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:07
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:58 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
758.72 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:07 ]
Arxiv ichida: docx