Organik kimyoning nazariy konsepsiyalari RYeJA: 1. Birinchi organik birikmalar 2. Organik birikmalar alximiya davrida 3. Yangi ma'lumotlar 4. Butlerov nazariyasi 5. Organik kimyo fan sifatida. Organik ximiya ham boshqa fanlar kabi insonning amaliy faoliyati asosida vujudga kelgan. Kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida organik moddalarning amaliy ahamiyati nihoyatda katta bo'lgan. Organik moddalar inson ovqatining tarkibini tashkil qiladi, kiyim va poyafzal tayyorlashda, eritish va isitishda, ko'pincha qurilish materiallari, mehnat qurollari (yog'och) va boshqalar tayyorlashda ishlatiladi. O'simliklar urug'idan ajratib olinadigan yog' va moy, shakar (asal xolida), turli xil smola hamda mum, o'simlik yoki hayvonlardan olinadigan bo'yoq moddalar (mollyuskalardan olinadigan-qirmizi, qizil pigmentli xasharotlardan olinadigan bo'yoq-qoshiqni), o'simliklardan yoki qazib olingan sollardan olinadigan xushbo'y moddalar qadim zamonlardayoq turmushda ishlatilar edi. O'simliklarning shakarli shirasi bijg'ishi natijasida hosil bo'ladigan vino va bu vinoni achitib olinadigan sirka kishilarga juda qadim zamonlardan malum. Turli xil shifobahsh o'simliklar va ulardan tayyorlanadigan hamda davolash uchun ishlatiladigan moddalardan ham keng ko'lamda foydalanilar edi. Organik moddarni o'rganishga qadimgi va o'rta asr tabiblari asos soldilar, xattoki ancha keyingi davrlarda - 18 asrda organik moddalarni o'rganuvchi ximiklar, ko'pincha shifokor yoki dorixona xodimlari bo'lar edi. Organik ximiya bu davrda meditsinaga xizmat qilar edi. Har qanday fanning rivojlanishidagi birinchi qadam aniq topilgan faktlarni to'plash va bayon qilishdan boshlanadi. Lekin biror moddani ta'riflash uchun uni toza holda olish kerak. Shuning uchun organik moddalarni o'rganishda erishilgan muvaffaqiyatlar ularni olish va tozalash usullarining takomillashuvi bilan chambarchas bog'lik edi. Uchuvchan yoki oson kristallanadigan organik moddalarni olish va tozalash oson. Moddalarni xaydash va kristalga tushirish yo'li bilan tozalash juda kadim zamonlardan beri malum. Sharq alximiklari suyuqliklarni xaydash usulini takomillashtirdilar. Ular vinodan vino ruhini- spiritus (spiritus-lotincha rux degan so'zdir), sirkadan distillangan sirka olishga muvaffak bo'ldilar. Bu ishlar Yevropada faqatgina 1200 yilga kelib malum bo'ldi. Alximik Raymond Lullx 13-asrda vinodan ketma-ket xaydash yo'li bilan deyarli toza spirt ajratib olish usulini bayon qilib berdi. Lekin bu spirt tarkibida ham xali bir oz suv bor edi. Kishilar uzoq vaqtlargacha hamma o'simliklarda bo'ladigan va ularning shirasiga nordon tam beradigan kislota faqatgina bitta sirka kislotadir deb o'ylar edilar. Faqat 16 asrga kelib yana ikkita organik kislotalardan haydash mahsulotlaridan benzoy kislota va tabiiy qaxrabodan qaxrabo kislota ajratib olindi. 18 asrda qator organik kislotalar chumoli kislota (chumoli ajratib chiqaradigan nordon suyuqliklardan) limon, olma, aksalat kislotalar, sut kislota (achigan sutdan) va boshqalar ajratib olindi. 18-asrda o'simlik va hayvon mahsulotlaridan kislotalardan tashqari boshqa moddalar turli shakarlar, (lavlagi shakari, uzum shakari va sut shakari), kristall xolidagi modda-siydik tarkibiga kiradigan mochevina olindi. Organik moddalarni tozalash ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:58:48
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.76 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:58 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.76 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:07 ]
Arxiv ichida: doc