Organik kimyoning nazariy tasavvurlarning vujudga kelishi va uning rivojlanish tarixi Reja: Organik kimyo fani va uning qisqacha rivojlanish tarixi O'zbekiston Respublikasida «Organik kimyo» fani va organik mahsulotlar ishlab chiqarish Uglerod atomining o'ziga xos tuzilishi. Uning organik moddalar xarakterli xossalari hamda reaksion qobiliyatiga ta'siri Organik kimyo fani va uning qisqacha rivojlanish tarixi Organik kimyo-organik moddalar va ular bo'ysunadigan qonuniyatlar to'g'risidagi fandir. U organik birikmalarning nomlanishi, izomeriyasi, olinish usullari, tuzilishi, fizikaviy va kimyoviy xossalari hamda ishlatilish sohalarini o'rganadi. XIX asrning o'rtalariga qadar o'simlik va hayvonlar organizmlarida hosil bo'ladigan moddalarni o'rganuvchi fan organik kimyo deb yuritilardi. Shuning uchun «organik» atamasi «organizm» so'zidan kelib chiqqan. Tarixan paydo bo'lgan bu nomning mazmuni tubdan o'zgargan bo'lsa-da, u hozirgacha qo'llanilmoqda. Organik kimyo yosh tabiiy-ilmiy fanlar jumlasiga kiradi. Uning mustaqil fan sifatida shakllanishi XIX asrning birinchi yarmidan, aniqrog'i 1828-yildan, ya'ni F.Vyoler ammoniy sianatni qizdirib mochevinani sintez qilgan vaqtdan boshlandi, desa bo'ladi. Bu tarixiy qisqa vaqt ichida organik kimyo taraqqiy etgan va juda tez sur'atlar bilan rivojlanayotgan fundamental fanlar qatoridan joy oldi hamda juda katta daliliy materialga ega bo'ldi. Hozirgi kungacha o'rganilgan barcha kimyoviy birikmalarning 90 foizdan ortig'i organik birikmalar bo'lib, ularning soni 10 milliondan oshib ketdi. Vaholanki, noorganik moddalarning soni esa bir necha yuz mingdan oshmaydi. Ilmiy va pedagogik faoliyat bilan band bo'lgan barcha kimyogarlarning yarmidan ko'pi organik-kimyogarlardir. Odamlar o'simlik va hayvonlardan organik moddalarni ajratib olish va ulardan foydalanishni qadim zamonlardanoq bilganlar. Ular spirtli ichimliklar tayyorlash, vinoni achitib sirka olish, o'simliklardan bo'yoqlar, dori-darmonlar, xushbo'y moddalar olishni bilganlar. Lekin u davrdagi kishilar organik moddalarning aralashmalari bilan ish ko'rganlar.Sof organik moddalar esa birmuncha keyinroq olina boshlandi. 1776-yilda A.Volta botqoqlik gazini tadqiq qilib metanni, 1769-1785-yillarda K.Sheele vino, limon, olma, sut, gall, oksalat va siydik kislotalarini, 1795-yilda J.Deyman etil spirtiga konsentrlangan sulfat kislotani ta'sir ettirib etilenni, 1825-yilda M.Faradey yoritgich gaz kondensatidan benzolni, 1836-yilda E.Devi atsetilenni sof holda ajratib oldi. O'rganilgan barcha tabiiy va sintetik organik moddalar tarkibida uglerod borligiga asoslanib, 1806-yilda Y.Berselius, 1848-yilda L.Gmelin organik kimyoga uglerod birikmalari kimyosi deb ta'rif berishdi. Birinchi bo'lib 1808-yilda «organik modda» tushunchasini fanga kiritgan hamda kimyoni ikkita mustaqil-organik va noorganik kimyo fanlariga ajratgan ham Y.Berseliusdir. Lekin hozirgi vaqtda ham umumiy qabul qilingan (AQSH, Germaniya, Rossiya va boshqa mamlakatlarda nashr qilinayotgan darslik va o'quv qo'llanmalarda berilayotgan) bu ta'rif uglerodning organik moddalarga mansub bo'lmagan birikmalari (uglerod oksidlari, karbonat kislota va karbonatlar, karbidlar, metallar karbonillari, sianid kislota, sian kislota HOCN, izosian kislota OCNH va ularning tuzlari) ham borligini inobatga olmaydi. Shuning uchun ham K.Shorlemmerning organik kimyo-uglevodorodlar va ularning hosilalari ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:58:48
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
348.35 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:07
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:58 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
348.35 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:07 ]
Arxiv ichida: docx