Organik kimyoning rivojlanishi, vitalizm ta'limoti, organik kimyoning nazariy konsepsiyalari

Organik kimyoning rivojlanishi, vitalizm ta'limoti, organik kimyoning nazariy konsepsiyalari

O'quvchilarga / Kimyo
Organik kimyoning rivojlanishi, vitalizm ta'limoti, organik kimyoning nazariy konsepsiyalari - rasmi

Material tavsifi

Organik kimyoning rivojlanishi vitalizm ta'limoti organik kimyoning nazariy konsepsiyalari Reja: Organik kimyoning kelib chiqishi. Vitalizmning mohiyati va inqirozi. Yog'larni kim kashf etgan. Izomerlar haqida umumiy tushunchalar. Radikallar tushunchasi. Vitalizm va uning inqirozi. Olov kashf qilingach, moddalarni ikkiga bo'lindi: yonadigan va yonmaydigan. 1807 yilda Bertsellius qand va yog'ga o'xshash moddalarni organik moddalar deb atashni taklif qildi. Suv va tuzga o'xshash moddalarni noorganik moddalar deb atadi. Organik moddalar qizdirilganda yoki boshqa ta'sirlar natijasida noorganik moddalarga aylanishini kimyogarlar bildilar va xayron qoldilar. U vaqtda vitalizm ta'limoti mavjud edi. Bu ta'limot bo'yicha hayot alohida hodisa bo'lib, dunyo qonunlariga bo'ysunmaydi va alohida hayotiy kuchlarga bo'ysunadi. Flogiston nazariyasini muallifi Shtal Ivvul vitalizm ta'limotini himoyachisi edi. 1828 yil nemis olimi F. Vyoler (1800-1882 y.) birinchi bo'lib organik moddani sintez qilib vitalizmga zarba berdi. Ammoniy tsianitni qizdirib (noorganik modda) mochevinani oldi. U tirik organizmlarda ajralib chiqadi. Vyoler bir necha marta tajribani qaytarib, o'z ishining to'g'ri ekanligini bilgach, uni o'z ustozi Bertselliusga aytadi. Ashaddiy vitalizm tarafdori bo'lgan Bertsellius bu safar tan oldi. Bu kashfiyotni ahamiyati katta bo'ldi. Organik sintezga katta yo'l ochildi. 1845 yilda A. Kolbe (1818-1884 y.y.) Vyolerning shogirdi CH3COOH ni sintez qildi. Fruntsuz kimyogari P. Bertlo (1850 yillarda) CH3OH, C2H5OH, CH4, C6H6, C2,H2 larni sintez qildi. Hayot g'ishchalari. Yuqoridagi olimlar garchi organik moddalarni sintez qilgan bo'lsalarda, murakkabroq tuzilishga ega bo'lgan, kraxmal, oqsil, yog'larni o'rganish va ayniqsa sintez qilish ancha qiyinchilik tug'dirdi. 1820 yilda rus kimyogari K. Kirxgof kraxmalni kislota bilan qizdirib glyukoza oldi. 1820 yilda fransuz olimi A. Braganno jelatinani qayta ishlab, glitsinni oldi. U 20 ta aminokislotalardan biri edi. Kraxmal va oqsillar katta molekulalardan iborat bo'lib, ularni molekulasi glyukoza va aminokislotalardan tuzilgan. 1809 yilda fransuz olimi M. Shevrel (1786-1889) yog'larni qayta ishlab yog' kislotalarini oldi. U yog'lar sovunga aylanganda glitserinni yo'qolishini aniqladi. 1854 yilda Bertlo gletserinni stearin kislota bilan qizdirib, tristearin kislotani oldi. O'sha vaqtlarda sintez qilingan eng murakkab tabiiy mahsulotlardan biri shu modda edi. U stearin kislotasi o'rniga unga o'xshash tabiiy yog'dan olingan kislotani olib, glitserin bilan qizdirdi. Natijada tabiiy yog'ga o'xshash yog' moddasini oldi. Lekin olingan yog' tabiiy yog'lardan farq qilar edi. Bu ishlar shuni ko'rsatdiki, kimyogar tabiiy mahsulotlarga o'xshash moddalarni o'lik tabiatdan olishi mumkin ekan. Shu sohada XIX asrning ikkinchi yarmida organik kimyoda katta yutuqlarga erishildi. Shu narsa aniqlandiki, organik moddalar murakkab tuzilishga ega, noorganik moddalar tarkibida esa 2-8 ta atom bo'ladi xolos. Organik moddalar molekulasida o'nlab, yuzlab va minglab atomlar bo'ladi, lekin ozgina tashqi ta'sirlar (masalan, qizdirish) ularni xossalarini o'zgartirishi mumkin. Ularning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.72 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.72 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga