Organik reagentlarda analitik guruhlar tushunchasining o'ziga xosligi Reja: 1. Metall ionlarini aniqlashda organik reagentlarda mavjud funksional guruhlarning ahamiyati 2. Funksional guruhlarning tasnifi 3. Funksional guruhlarni aniqlash 4. Funksional guruhlarni sifat va miqdoriy aniqlashdagi o'rni. Funksional guruhlarni aniqlash Organik moddalar tarkibidagi elementlar sifat va miqdoriy jihatdan analiz qilingandan so'ng, funksional guruhlarning borligi aniqlanadi. Funksional guruh deb, organik molekula tarkibidagi reaksiyaga kirish qobiliyatiga ega bo'lgan atom va atomlar guruhiga aytiladi. Hozirgi paytda 100 dan ortiq funksional guruhlar borligi malumdir. Masalan, -ON, -SOON, -SOOR, -SONH2, C=O va boshqalar misol bo'ladi. Demak, funksional guruhlar analiziga organik molekulalar tarkibiga kiruvchi turli guruhlarni sifat va miqdoriy jihatdan aniqlash kiradi. Funksional guruhlarni aniqlashda fizikaviy, kimyoviy usullar qo'llaniladi. Biz bu bo'limda faqat kimyoviy va ayrim fizikaviy usullarga to'xtalamiz. Funksional guruhlar turli xil xarakterli sifat reaksiyalar yordamida aniqlanadi. Bunday reaksiyalarda rang o'zgarishi, gaz ajralishi yoki cho'kma tushishi kuzatiladi. Funksional guruhlarni aniqlashda qo'llaniladigan reaksiyalarning sezgirligi va tanlovchanligining ahamiyati kattadir. Organik modda qaysi sinfga mansub ekanligini aniqlash uchun funksional guruhlarga xos bir necha sifat reaksiyalari qilib ko'riladi. Keyin esa sifat reaksiyalariga va fizikaviy-kimyoviy ma'lumotlarga asoslanib, modda to'g'risida qilingan xulosa, kristall hosilalar olish bilan tasdiqlanadi. Har bir moddani xarakterlash uchun eng kamida ikkita kristall hosilasi olinadi. Olingan moddalarning fizikaviy doimiysi adabiyotlarda berilgan doimiy bilan solishtiriladi va bir xil bo'lsa, qaysi sinfga mansubligi va qanday modda ekanligi to'g'risida xulosa qilinadi. Miqdoriy funksional analiz yordamida organik moddalardagi funksional guruhlar aniqlanadi, ularning ekvivalent massasi topiladi. Miqdoriy funksional analiz moddalarning tozaligi haqida xulosa qilishga va aralashmada moddaning qancha miqdorda borligini hisoblab topishga yordam beradi. Nomalum organik moddalarning tuzilishini aniqlash uchun faqat toza moddalardan foydalanish zarur. Nomalum moddaning tuzilishini aniqlash uchun elementlar sifat va miqdoriy jihatdan aniqlanadi. Ayrim metall kationlarining organik reagentlar bilan sifat reaksiyalari 1. Alizarin - 1,2-dioksiantraxinon bilan reaksiyasi. Aluminiy kationi alizarin va uning hosilalari bilan ammiakli sharoitda kam eriydigan, sirka kislotasi ta'siriga nisbatan barqaror bo'lgan, qizil rangli «alyuminiy loki»ni hosil qiladi. Bu reaksiyani bajarishga xrom, rux, qalay (II), temir (II) ionlari xalaqit beradi. aluminiy ioni kuchsiz ishqoriy sharoitda alizarin bilan ichki kompleks birikmasini hosil qilib, bunda aluminiy to'rt valentli bo'ladi. Reaksiya tomchi usulida bajariladi. Magnezon (4-azo(4-nitrofenil) 1,3dioksibenzol) bilan reaksiyasi Magnezon ishqoriy sharoitda qizil rangli bo'lib, magniy gidroksid bilan pH10 sharoitda ko'k rangli adsorbsion birikma hosil qiladi: Kobalt (II) kationi neytral yoki kislotali sharoitda Ilinskiy reaktivi bilan to'q qizil rangli, suvda kam eriydigan ichki kompleks hosil qiladi. Ko'p miqdordagi mis kationi halaqit beradi: Sulfasalitsil kislotasi Fe3+ ioni bilan pH sharoitga qarab, har xil komplekslar hosil ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:58:48
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
423.5 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:07
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:58 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
423.5 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:07 ]
Arxiv ichida: pptx