Organik sintezda kataliz va katalitik jarayonlar

Organik sintezda kataliz va katalitik jarayonlar

O'quvchilarga / Kimyo
Organik sintezda kataliz va katalitik jarayonlar - rasmi

Material tavsifi

Organik sintezda kataliz va katalitik jarayonlar REJA KIRISH ASOSIY QISM 2. Organik kimyoda kataliz va katalitik jarayonlar 2.1. Organik kimyoda kislota - asos kataliz 2.2. Organik reaksiyalarida Brensted tenglamalari 2.3. Organik sintezda koordinatsion - kompleks kataliz 2.4. Organik oksidlanish - qaytarilish reaksiyalarda kataliz XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISh Kataliz to'g'risidagi birinchi ilmiy ma'lumotlar XIX asr boshlarida paydo bo'lgan. 1806 yilda Kleman sulfat kislotani olish jarayonida, yani SO2 ni oksidlanib SO3 ga o'tishida NO ning katalitik ta'sirini aniqlagan. 1811 yilda Kirxgof kraxmalni glyukozaga aylanishini suyultirilgan H2SO4 bilan tajriba yo'li bilan tezlashishini aniqladi. 1818 yilda Tenar vodo-rod peroksidining parchalanishini ko'pchilik qattiq moddalar ishtirokida yaxshi borishini o'rgandi. 1833 yilda esa Mitcherlix H2SO4 ishtirokida spirtlardan efirlar olgan. Keyinchalik kataliz sohasida yana bir qancha yangiliklar yaratildi. Bunday jarayonlarning hammasini Mitcherlix modda-larni olishni kontakt usuli deb atashni taklif etadi. Ularga kataliz degan nomni birinchi marta 1835 yilda Bertselius aytadi. U yana katalizni ketishi to'g'risidagi gipotezani ham taklif qiladi. Organik sintezlarda katalizni rivojlanishi bevosita rus olimlari-ning kashfiyotlariga ko'p jihatdan beqiyosdir. 1869 - 1874 yillarda rus kimyogari A.M Butlerov tomonidan bir qancha organik katalitik reaksiyalar ochildi. H2SO4 ishtirokida olefinlarni suv bilan birikib spirt hosil qilishi, H2SO4, H3PO4, BF3 va boshqa katalizatorlarni ta'sirida to'yin-magan uglevodorodlarni polimerlanishi o'rganildi. 1871 yilda Zaytsev birinchi marta palladiy katalizatorini nitrobirikmalarni gidrogenlab aminlar olishga qo'llaydi. 1881 yilda Kucherov atsetilen uglevodorodlari-ni suv bilan reaksiyasini HgO ishtirokida olib borishni taklif qildi. Bu usul hozir ham sanoatda atsetilendan atsetaldegidni olishning eng samara-li usuli hisoblanadi. Ipatev birinchi marta katalizni yuqori bosimda olib borishni taklif qildi. Buning natijasida sanoatda ammiakni va metanolni ishlab chiqarish-ni, to'yinmagan organik birikmalarni gidrogenlash reaksiyalarini unumi ancha oshdi. Bulardan tashqari katalizni o'rganishga rus olimlaridan yana Balandin, Roginskiy, Vlkenshteyn, Boriskov, Semyonov, Kondratev, Dolgo-plosk va boshqalar, O'zbekistonlik olimlardan esa Tsukervanik va Sulton-ovlar salmoqli hissa qo'shdilar. «Kataliz» so'zi «Kataliz» so'zi grekcha bo'lib, uning manosi «parchalanish» - «buzi-lish» demakdir. Lekin katalizator tushunchasi butunlay boshqa manoni bildiradi. Reaksiyani tezlatuvchi moddalar katalizatordir, katalizatorlar ishtirokida boruvchi reaksiyalar esa katalitik reaksiyalar va bunday reaksiyalarning borish hodisasiga kataliz deb aytiladi. Katalizator mahsulot tarkibiga kirmaydi va reaksiyadan so'ng to'la ajralib chiqadi. Geterogen kataliz, katalizning asosiy turi bo'lib, uning yordamida ko'plab noorganik va organik moddalar sintez qilinadi, shuningdek kimyoviy va nokimyoviy jarayonlar amalga oshiriladi. Quyida ularning tasnifi sifatida geterogen katalizatorlar ishtiro-kida amalga oshiradigan jarayonlar keltirilgan: - qo'sh bog' (C=C), C=O va uch bog' (C≡C) larni geterogenlash jarayoni (masalan, yog'ni gidrogenlash, benzoldan siklogeksan olish), neft va u asosida olingan moddalarni gidrotozalash - katalizatorlar Pt yoki Ni; - neft tarkibidagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.02 MB
Ko'rishlar soni 135 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:07 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.02 MB
Ko'rishlar soni 135 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga