Organizmda lipidlar almashinuvi LIPIDLAR, ya'ni yoglar hamda yogsimon moddalar hayvon va odam organizmiga ozika moddalar bilan kiritilib turadi. Organizm to'qimalarida xam doim ma'lum miqdorda lipid mavjud,ular yog depolarida zaxira modda sifatida ko'p tuplanadi, kam miqdorda hujayra strukturasiga kiradi. o'simliklarda lipidlar uglevodlardan sintezlanib, asosan, meva va donlarda, ayniqsa, moyli uruglarda ko'p yigilgan bo'ladi.Binobarin,biz zaxira yogni STRUKTURA YeGIDAN farqlashimiz kerak. hayvon organizmida zaxira yoki harakatchan yog teri osti yog kavatida, charvida,ichki parenximali a'zolar atrofida tuplanadi. Yeg depolari deb ataladigan bu to'qimalarda,shuningdek,jigarda tuplangan zaxira yogning miqdori ovqatlanish sharoitiga karab, juda kam uzgarib turadi. Umuman, hayvonlar deyarli cheksiz miqdorda yog to'plashi mumkinligini, bu yoglar zaxira yoqilg'i sifatida uglevod va oqsillarga karaganda afzal ekanligini tasdiklaydigan dalillar bor. Yeglar boshqa moddalarga karaganda uglerod va vodorodga boyrok, shuning uchun bir gramm yogdagi yoqilg'i materiali bir gramm uglevoddagi yoki oqsildagiga karaganda ancha kupdir. Agar kalorimetrik bombada bu moddalar yondirilsa: 1 g oqsil 5700 kal 1 g uglevod 4200 kal 1 g yog 9300 kal issiqlik beradi. Yeglar tarkibida vodorod atomlari ko'p bo'lganidan ular yonganda suv xam deyarli ikki marta ortik hosil bo'ladi: 1 g yog yonganda 1.07 g, 1 g uglevod yonganda 0.55 g, 1 g oqsil yonganda esa fakat 0.41 g suv hosil bo'ladi. Bu omil, kupincha, suv yetarli bo'lmagan sharoitda yashaydigan hayvonlar, ayniqsa, tuxumda embrionning o'sishi uchun katta ahamiyatga ega. Tovuk tuxumi tarkibida ma'lum va kat'iy chegaralangan umuman aytganda, embrionning rivojlanishi uchun yetmaydigan miqdorda suv bo'ladi. Juja embrioni tuxum ichida usadigan uch xafta mobaynida oksidlanadigan moddalarning 90 % i yoglarga to'g'ri keladi, shu yul bilan organizm uzining suvga bo'lgan ehtiyojini kondiradi. Ozikadagi lipidlar asosan uzun zanjirli yog kislotalardan tuzilgan triatsilglitseridlardir. yuqori rivojlangan hayvonlarda ovqat bilan kabul qilingan triatsilglitseridlarning ko'p kismi ingichka ichakda oshqozonosti bezining sekretsiyasidagi LIPAZA fermenti ta'sirida gidrolitik parchalanadi. oshqozon shirasida xam kuchsiz lipaza faolligi topilgan. Lekin bu lipaza fakat EMULSIYaLANGAN, ya'ni juda xam mayda tomchilar shaklida suyuqlik ichida tarkalgan yoglarga ta'sir qiladi. Bunday shakldagi yog sut tarkibidagina bor, oshqozonning uzida yoglarning emulsiya xoliga keltiradigan sharoit bo'lmaganidan oshqozon lipazasining ta'siri cheklangandir.Ichakda yoglarning emulsiyalanishi uchun juda kulay sharoit mavjud. Birinchidan, bu yerda oshqozon shirasining kislotasi bikarbonat ishtirokida neytrallanadi.reaksiya natijasida ajralib chikadigan uglerod (IY)-oksid pufakchalari ovqat butkasining ovqat hazm qilish shiralari bilan yaxshi aralashishiga sharoit tugdiradi. Enzim oshqozonosti bezidan nofaol zimogen prolipaza shaklida ajratilib, ingichka ichakda faol lipazaga aylanadi. Yeglarni ichakda hazmlanishida unikkibarmokli ichakka qo'yiladigan ut tarkibidagi ishkoriy reaksiya beradigan UT KISLOTALARNING TUZLARI muhim rol uynaydi. Faol lipaza ut kislotalari va kolipaza deb ataladigan maxsus oqsil ishtirokida ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:58:48
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.08 KB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:58 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.08 KB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:07 ]
Arxiv ichida: doc