Organizmda modda va enyergiya almashinuvi Reja Achish, glikoliz va glikonyeogyenyez. Uglyevodlarning hujayra ichidagi almashinuvi. UGLYEVODLARNING hujayra ICHIDAGI ALMASHINUVI. Uglevodlarning hujayra ichida yoki oralik almashinuvi glikogen yoki glyukozadan boshlab oxirgi mahsulotlar SO-2 va N2O hosil bulguncha kechadigan barcha reaksiyalarni o'z ichiga oladi. Uglevodlarning hujayra metabolizmi bir-birini inkor kiladigan ( alternativ ) bir necha yul bilan utishi mumkin. Parchalanish qanday yul bilan bormasin, unda ozmi-kupmi energiya ajralishi kuzatiladi va bunda bir gramm molekula glyukoza SO2 va NO gacha oksidlanganda 686 kkal energiya chikadi: C6H12O6--6CO2 + 6H2O + 686 kkal Glyukozaning parchalanishi kislorodning ishtirokisiz ( anaerob ) yoki kislorod ishtirokida ( aerob) utadi. Bu ikki yul bir-biridan keskin farq ki lib, birinchisi ACHISH, ikkinchisi OKSIDLANISH deb ataladi. Ular energetik effekti bo'yicha xam farqlidir. Achish odam va yuqori rivojlangan hayvonlar to'qimasida sut kislota hosil bo'lishi bilan tugaydi: C6H12O6 -- 2C3H6O3 Bu jarayonda erkin energiyaning o'zgarishi fakat 47 kkal ga teng,ajrala- digan issiqlik miqdori yana xam kam, taxminan 30 kkaldir. Achitkilarda bu jarayon etil spirt hosil kilganidan, u spirtli achish deb ataladi: C6H12O6 -- 2C2H5OH + 2CO2 Achishning boshqa bir necha xillari xam bor. ACHISHNI VA GLIKOLIZNI o'rganish. Achish hodisasi kadimdan malum bulsa xam uning haqiqiy tabiati va umumiy mexanizmi mashxur fransuz olimi Lui Paster tadqiqotlari asosida aniklandi. 1861 yili Paster glyukozadan etil spirt va uglerod (IY)-oksidning hosil bo'lishi atmosfera kislorodi ishtirokisiz utishini tasdikladi. Fermentatsiya deb ataladigan bu jaraen organizmlarning kislorod yuk sharoitda glyukozadan ovqat va energiya olish qobiliyatining ifodasi degan ta'rifi fan tarixida buyuk ahamiyatga ega buldi. Ammo bu jarayonni u fakat tirik organizmlar (achitkilar va boshqa mikroorganizmlar) hayot faoli yatigagina boglab, ularsiz achish yuz bermasligini ta'kidlagan edi. Achish jarayonini kataliz kiladigan fermentlarni sistematik o'rganish 1897 yil Byunxer hujayrasiz achitki shirasini (zimazani) ajratib olishga muvaffak bo'lganidan, ayniqsa, A.N.Lebedev achitkidan ivitilgan (matseratsion) shira olgandan keyin boshlandi. Achish fermentlari va substratlarining bir kator mashxur olimlar tomonidan tekshirilishi achitki shirasi murakkab ferment va kofermentlar sistemasidan iborat ekanligini kursatdi. hayvon to'qimalarida va ba'zi bakteriyalarda achish natijasida laktat kislotaning hosil bo'lishi bilan birga, achitki, muskul va jigarda ruy beradigan achish jarayonining reaksiyalari asosan bir xil ekanligi aniklandi. Muskul ekstraktidan foydalanib, achish reaksiyalarini tekshirish jarayonida bir kancha fosfat efirlari kashf etildi va ularning bu jarayondagi o'rni hamda ahamiyati aniklandi. yuqorida aytib utilgan fruktoza 1,6-difosfat (Garden-Yong efiri) dan tashqari, turli vaqtlarda yana glyukozo-6-fosfat (Robison efiri), fruktoza-6-fosfat (Neyberg efiri), glyukozo-1-fosfat (Kori efiri) va boshqalar topildi. Aerob organizmlarda glikoliz glyukozaning tula oksidlanishini fakat birinchi ANAEROB fazasi bo'lib, uning mahsuloti pirouzum kislota ikkinchisi aerob ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:58:48
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.85 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:58 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.85 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:07 ]
Arxiv ichida: doc