Organizmda moddalarning tashilishi va ularning turlari

Organizmda moddalarning tashilishi va ularning turlari

O'quvchilarga / Kimyo
Organizmda moddalarning tashilishi va ularning turlari - rasmi

Material tavsifi

Organizmda moddalarning tashilishi va ularning turlari Reja: Biomembranalarning vazifasi va tuzilishi. Organizmda moddalar tashilishining ahamiyati va turlari. Mexanik tashish va uning mexanizmi. Diffuzion tashish va uning turlari. Faol tashishning ahamiyati va energiya manbai. lektroforetik tashish. Vezikulyar tashish va uning ahamiyati. Organ va to'qimalar o'rtasida moddalarning tashilishi. 1. Biomembranalarning vazifasi va tuzilishi. Barcha hujayralar va ularning organoidlari membrana bilan o'ralgandir. Ularning umumiy miqdori hujayra massasini 80% gacha tashkil etishi mumkin. Barcha membranalar polyardir, ya'ni tashqi va ichki tomonlari tuzilishida farq bordir. Biomembranalar quyidagi vazifalarni bajaradi: 1. Hujayra va hujayra organoidlarini o'rab turadi va ajratadi. Jumladan hujayrani tashqi muhitdan plazmatik membrana ajratadi va uning mexanik hamda kimyoviy ta'sirlardan himoya qiladi. Shu bilan birga plazmatik membrana hujayra ichi va tashqi muhiti o'rtasida metabolitlar va anorganik ionlar kontsentratsiyasining farqini saqlaydi. 2. Hujayra ichida metabolitlar va ionlar tashilishini boshqaradi va gomeostazni saqlashda muhim vazifani bajaradi. 3. Hujayra tashqarisidagi signallarni qabul qilish va hujayra ichiga uzatish. 4. Fermentativ kataliz. Jumladan, mitoxondrial membranalarda joylashgan nafas zanjiri fermentlarining energiya almashinuvida, endoplazmatik to'rdagi ferment tizimlar ksenobiotiklarni detoksikatsiyasida, yog'lar biosintezida qatnashadi. 5. Hujayralararo matriks va boshqa hujayralar bilan bog'lanish va ta'sirlanish, hujayralarning qo'shilishida va to'qimalar hosil qilishida ishtirok etadi. 6. Hujayra va organellalar shaklini va harakatini ta'minlash, sitoskeletni hosil qilish. Biomembranalar yog'lar, oqsillar va uglevodlardan tashkil topgan. Membrana komponentlari nokovalent bog'lar bilan bog'langan, bu esa ularning nisbiy harakatchanligini belgilaydi. Membrananing suyuq holati ulardagi to'yinmagan yog' kislotalariga bog'liqdir. Membrana oqsillari ham harakatchandir. Agar ular membrana ichiga chuqur kirmagan bo'lsa, lipid qavatida so'zib yuradi. Shuning uchun membranalar suyuq-mozaik shaklga ega. Yog'lar, oqsillar va uglevodlar nisbati biomembranalarning turiga bog'liq. Masalan, miyelinning ¾ qismi yog'lardir, mitoxondriyalarning ichki membranasida esa oqsillar ko'p, plazmatik membranalar tashqi qavatida esa uglevodlar mavjud. Membranalarda lipidlar tarkibi ularning hujayra va to'qima spetsifikligiga bog'liq. Ularning asosini fosfolipidlar (fosfotidilxolin, fosfotidiletanolamin, fosfotidilserin, kardiolipin, sfingomiyelin) hosil qiladi, so'ng glikolipidlar va xolesterin tashkil etadi. Membrananing minor komponentlariga mitoxondrial membranalardagi ubixinon, tokoferollar kiradi. Membrana oqsillarining asosiy qismi fermentlardir. Shuning uchun membranalarning fermentativ faoliyati qanchalik xilma-xil bo'lsa, shunga ko'ra undagi oqsillar miqdori ham shuncha ko'p bo'ladi. Miyelin tarkibida 20% oqsil bo'ladi. Fermentativ faoliyati juda yuqori bo'lgan mitoxondriyaning ichki membranasi tarkibida 75% oqsil bo'ladi. Biomembranalardagi uglevodlar erkin holda bo'lmaydi. Ular lipidlar bilan birikkan - glikolipid yoki oqsillar bilan birikkan glikoproteid holatida uchraydi. Glikoproteidlarning uglevod qismi hujayraning sirtida joylashgan bo'lib, glikokaliksni hosil qiladi. Fosfolipidlar va glikolipidlar molekulalarining xarakterli xususiyati ularning amfifilligidadir. Glikolipidlar molekulasi gidrofil uchi uglevod qismidan, fosfolipidlarning gidrofil uchi xolin, etanolamin, yoki serinni biriktirib olgan fosfat qoldig'idan hosil ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.77 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.77 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga