Oshlovchi moddalar kimyosi va texnologiyasi

Oshlovchi moddalar kimyosi va texnologiyasi

O'quvchilarga / Kimyo
Oshlovchi moddalar kimyosi va texnologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Oshlovchi moddalar kimesi va texnologiyasi Reja: 1. Oshlovchi moddalarga xarakteristika bering. 2. Oshlovchi moddalarni tasnifi. 3. Oshlovchi moddalar fizikaviy va kimeviy xossalari. 4. Oshlovchi moddalarning tibbiyotdagi ahamiyati. 5. Tanin olish texnologiyasi. hayvonlarning xom terisini oshlash xususiyatiga ega va ko'p atomli fenollar unumidan tashkil topgan hamda o'simliklardan olinadigan yuqori molekulali zaharsiz murakkab organik birikmalarga o'simliklarning oshlovchi moddalari - tanidlar deb ataladi. Oshlash jarayonida oshlovchi moddalar terining oqsil moddalari bilan birikib, erimaydigan birikma hosil qiladi. Natijada hayvonlar terisi uzidan suv o'tkazmaydigan, chirimaydigan, elastik va shu kabi xususiyatlarga ega bo'ladi. Tanidlar tabiatda keng tarkalgan bo'lib, ayniqsa ikki pallali o'simliklar sinfiga kiruvchi oilalarda, masalan, ra'noguldoshlar - Rosaceae, dukkakdoshlar - Fabaceae, korakatdoshlar - Saxifragaceae,, torondoshlar - Polygonaceae, toldoshlar - Salicaceae, korakayindishlor - Fagaceae, pistadoshlar - Anacardiaceae va boshqa oilalarda ko'p uchraydi. Tanidlar, ayniqsa gallalarda, o'simliklarni patologik usimtalarida ko'p (ba'zan 70% dan oshadi) bo'ladi. Oshlovchi moddalar o'simliklarni xamma organlarida tuplanishi mumkin. Ular daraxt va butalar pustlogida, yog'och hamda ko'p yillik ut o'simliklarni yer ostki organlarida ko'p bo'ladi. Ba'zan tanidlar daraxt va butalar yer ustki kismida tuplanadi. Oshlovchi moddalar asosan ikkita katta guruhga - gidrolizlanuvchi va kondensatsiyalanuvchi tanidlarga bulinadi. Ular kimyoviy tuzalishiga ko'ra bir-biridan katta farq qiladi. Oshlovchi moddalarning fizik va kimyoviy xossalari. o'simliklardan ajratib olingan oshlovchi moddalar tanidlarning bir kancha formalari aralashmasidin iborat, shu sababli ular amorf poroshok xolida bo'ladi. Sof holda ajratib olingan ba'zi komponentlar (masalan, katexinlar) esa kristall holda bo'ladi. Tanidlar suvda, har xil darajadagi spirtlar va sirka kislotaning efirida yaxshi, boshqa organik eritmalarda yomon eriydi yoki butunlay erimaydi. Oshlovchi moddalarning suvdagi eritmasi och kungir rangli, xidsiz va burishtiruvchi mazali, kuchsiz kislotali xossaga ega bo'lgan kolloid eritma. Suvda eritilgan oshlovchi moddalarni oqsil modda, ogir metallarning tuzlari, alkaloidlar va glikozidlarning eritmalari yordamida chuktirish mumkin. Tanidlar ko'p atomli fenollarning unumlari bo'lib, boshqa fenollar singari temirning uch valentli tuzlari eritmasi bilan rangli (kora-yashil va kora-kuk rangli) chukma hosil qiladi. Tanidlar havo kislorodi va fermentlar ta'sirida oksidlanib, kungir rangli hamda sovuk suvda erimaydigan birikma-flobafenlarga aylanadi. Turli o'simliklardan olingan oshlovchi moddalar kimyoviy tarkibi bo'yicha bir-biridan farq qiladi. SHunga qaramay, ularning tanidlarga xos umumiy belgilari bor. Barcha tanidlar molekulasida doimo bir nechta oksi guruh (ON) saklovchi benzol yadrosi bo'ladi. boshqacha qilib aytganda, barcha oshlovchi moddalar ko'p atomli fenollar - polifenollar unumidir. Benzol yadrosidagi oksi guruhlar soni kamida ikkita, kator-o'rta holatda (pirokatexinga o'xshash) yoki uchta bo'lib, kator - vitsinal (pirogallolga o'xshash) joylashadi. Tanidlarni ishkorlar ishtirokida 180-200S gacha kizdirilsa, ulardan pirokatexin yoki pirogallol ajralib chikadi. SHuningdek ular pirogallol va pirokatexin guruhlariga bulinadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 62.19 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 62.19 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga