Oshlovchi moddalar va ularning ahamiyati Reja: 1.Oshlovchi moddalar va ularning tabiiy manbalari. 2. Gidrolizlanuvchi oshlovchi moddalar. 3. Katexinlar va ularning kimyoviy tarkibi. 4. Kondensatsiyalanuvchi hamda gidrolizlanuvchi tanidlar. Havyvonlarning xom terisini oshlash xususiyatiga ega va kо'p atomli fenollar unumidan tashkil topgan hamda о'simliklardan olinadigan yuqori molekulali zaharsiz murakkab organik birikmalar о'simlikning oshlovchi moddalari - tanidlar deb ataladi. Oshlash jarayonida oshlovchi moddalar terining oqsil moddalari bilan birikib, erimaydigan birikma hosil qiladi. Natijada hayvonlar terisi о'zidan suv о'tkazmaydigan, chirimaydigan, elastik va shu kabi xususiyatlarga ega bо'ladi. Oshlovchi moddalarning bu xususiyatiga polifenollarning hamma unumlari ega bо'lavermaydi. Terini oshlay oladigan polifenollar zichligi (molekula og'irligi) 500 bilan 300 о'rtasida bо'lishi lozim. Polifenollar zichligi 500 dan kam bо'lganda, ular oqsil moddalar bilan adsorbsiya bо'lsa ham, turg'un birikma hosil qila olmaydi. Zichligi 300 dan ortiq bо'lgan polifenollar esa molekulalarining yirikligi sababli kollagenning fibrinlari orasidan sizib о'tib, turg'un birikma berish qiyin. Polifenollar terini oshlash xususiyatiga ega bо'lishi uchun ular molekulasi tarkibida yetarli miqdorda gidroksil guruhi (zichlikning har 100 ta birligida kamida 1-2 gidroksil guruhi) bо'lishi ham kerak. Tanidlarning terini oshlash xususiyati kishilarga qadimdan ma'lum. Yuqori Misrning aholi yashagan yerlaridan (bundan 500 yil burun) xom teri, oshlovchi materiallar va oshlangan terilar topilgan. Bu keltirilgan dalillar kishilar qadim zamonlardan beri terini oshlashni bilganliklarini va shu maqsadda tarkibida tanidlar bо'lgan о'simliklardan foydalanganliklarini kо'rsatadi. Tanidlar tabiatda keng tarqalgan bо'lib, ayniqsa ikki pallali о'simliklar sinfiga kiruvchi oilalarda, masalan, ra'noguldoshlar - Rosaceae, dukkakdoshlar - Fabaceae, qoraqatdoshlar - Saxifragaceae, torondoshlar - Polygonaceae, toldoshlar- Salicaceae, qoraqayindoshlar - Fagaceae, pistadoshlar - Anacar- diaceae va boshqa oilalar vakillari tarkibida kо'p uchraydi. Tanidlar, ayniqsa gallalarda, о'simliklarning patologik о'simtalarida kо'p (ba'zan 70% dan oshadi) bо'ladi. Oshlovchi moddalar о'simliklarning hamma organlarida tо'planishi mumkin. Ular daraxt va butalar pо'stlog'ida, yog'och qismida hamda kо'p yillik о't о'simliklarning yer ostki organlarida kо'p bо'ladi. Ba'zan tanidlar daraxt va butalar bargida, mevasida, о't о'simliklarning barcha yer ustki qismida ham tо'planadi. Oshlovchi moddalarning biosintezi Oshlovchi moddalarning о'simlik tо'qimasida qanday sintez bо'lishi tо'g'risida turli fikrlar ilgaridan mavjud. Keyingi vaqtda bu fikrlarning bir qismi о'simliklar (ayniqsa, tuban о'simliklar) ustida о'tkazilgan tajribalar asosida tasdiqlandi. Oshlovchi moddalar asosan ikkita katta guruhdan - gidrolizlanuvchi va kondensatsiyalanuvchi tanidlardan tashkil topgan. Ular kimyoviy tuzilishiga kо'ra bir-biridan katta farq qiladi. Shuning uchun oshlovchi moddalar bu ikkala guruhining о'simliklardagi biosintezi turli yо'llar bilan boradi. Gidrolizlanuvchi oshlovchi moddalarning asosiy qismini oksibenzoat va boshqa oksiaromatik karbon kislotalarning qandlar, kо'p atomli spirtlar va shunga о'xshash moddalar bilan hosil qilgan murakkab birikmalari tashkil etadi. Hozirgi vaqtda о'simliklar tо'qimasidagi aromatik birikmalarning biosintezi ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:58:48
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
142.97 KB
Ko'rishlar soni
138 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:07
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:58 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
142.97 KB
Ko'rishlar soni
138 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:07 ]
Arxiv ichida: docx