O'simlik xom ashyosidan biologik faol moddalar ajratib olish va tozalash jarayonlarini apparatlar bilan jihozlash Reja: 1. Texnologik jarayonlarni apparatlar bilan jihozlash. 2. Tegirmonlar 3. Filtrlovchi apparatlar 4. Bug'latkich apparatlari 5. Ekstraktorlar Texnologik jarayonlarni apparatlar bilan jihozlash. Zamonaviy fitokimyoviy preparatlar ishlab chiqarishda bir qator texnologik jarayonlar mavjuddir. Bu jarayonlar xom ashyoni ekstraksiyaga tayyorlash, xom ashyo va tayyor mahsulotni maydalash, suyuq ektraktdan mahsulotni ajratish, dorivor moddalarni tozalashdir. Odatda o'simlik xom ashyosini ektraksiyaga tayyorlash uchun birinchi navbatda ko'pincha maydalash jarayoni amalga oshiriladi. Ekstraksiyalashda maydalashning eng qulay fraksiyasi bu xom ashyoni 3-6 mm gacha kattalikda maydalashdir. Qattiq jismlarning tashqi kuch ta'sirida bo'lakchalarga yoki zarrachalarga bo'linishiga maydalash jaryoni deb ataladi. Buning uchun har xil tuzilishga ega bo'lgan va ishlash usuli bilan bir-biridan farqlanadigan maydalagich-tegirmonlardan foydalaniladi. Maydalash darajasi (i) deb, maydalanadigan jismning boshlanich diametrini (db) maydalanganda hosil bo'lgan zarracha diametriga (do) bo'lgan nisbatiga aytiladi: dboshi I -- Doxiri Jismlarning maydalanishi ularning fizik-mexanik xossalariga (jism shakli, zichligi, qayishqoqligi) va tegirmonlarga boliq bo'ladi. SHuning uchun maydalagich tegirmonlari maydalanayotgan jism xususiyatiga qarab tanlab olinadi. Qayishqoq va zich jismlar uchun zarb bilan va zarb ezish usulida ishlaydigan tegirmonlarni olish maqsadga muvoffiqdir: jo'vali, tishli-jo'vali, diskli, bolali. +attiq va mo'rt jismlarni maydalash uchun zarb bilan ishlashga asoslangan tegirmonlar va qarama-qarshi oqimda ishlaydigan hamda zarb va ishqalanishga asoslangan tegirmonlar (zo'ldirli, tebranma harakatli tegirmonlar) qo'llanilishi mumkin. O'simlik xom ashyolari qanday maqsadda ishlatilishiga qarab dastlabki va takroriy maydalanishi mumkin. O'simlik xom ashyolarini maydalash jarayoni o't va ildiz qirqgichlar yordamida amalga oshiriladi. O't qirqgich- o'simlik xom ashyolarini maydalash jarayoni o't va ildiz qirqgichlar yordamida amalga oshiriladi. O't qirqgich oddiy tuzilgan bo'lib, diskli va do'mbirali bo'ladi. Do'mbirali o't qirqgichda egri chiziqli pichoi, salmoqli ildirak (maxovik) kegay (spitsa) ga mustahkamlangan bo'ladi. O'simlik xom ashyosi pichoq ostiga tasma yordamida yuboriladi. Bunda tasma yoki pichoqning harakat tezligiga qarab maydalanish katta-kichikligi ta'minlanadi(2-rasm). Ildiz qirqgichning ikkita pichoqi bor, yuqoridagisi ekssentrikka maxkamlangan bo'lib, yuqoriga va pastga harakat qiladi, pastkisi qimirlamay turadi. Maydalanadigan xom ashyo pichoqlar orasiga harakatlanadigan tarnovcha orqali yuboriladi. mahsulotning maydalik darajasi pichoq oraliining katta kichikligi bilan boshqariladi. Agar o'simlik quruq bo'lib, kesish qiyin bo'lsa, oldindan uni namlangan matoga o'rab qo'yiladi. Silliq va tishli yuza jo'vali tegirmonlar. Bu maydalagichlarni ish unumi yuzasining tuzilishiga boliq. Tish yuza jo'vali tegirmon silliq yuzasiga nisbatan ancha katta bo'laklarni xam maydalash imkoniyatiga ega. Bolg'achali tegirmon-ichki devori zirxlangan qalin metalldan tayyorlangan tana, markaziy o'qga o'rnatilgan diskdan iborat bo'lib, uning markazidan devorga qarab, bir nechta bolacha o'z o'qi atrofida qimirlamaydigan qilib o'rnatilgan bo'ladi. Tananing tubiga echiladigan elak o'rnatilgan bo'lib, ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:58:48
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
792.28 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:58 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
792.28 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:04 ]
Arxiv ichida: doc