O'simliklar hayotida azotning ahamiyati

O'simliklar hayotida azotning ahamiyati

O'quvchilarga / Kimyo
O'simliklar hayotida azotning ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

O'simliklar hayotida azotning ahamiyati Reja: 1. Azotning o'simliklar uchun ahamiyati. 2. Azotning tuproqdagi miqdori va o'zgarishi. 3. dehqonchilikda azotning aylanishi. 1. Tsitoplazma va hujayra yadrosining asosiy tarkibiy kismi bo'lgan oqsillar tarkibiga, nuklein kislotalar xlorofill, fermentlar, fosfatidlar kupchilik vita'minlar va o'simliklar modda almashinishini jarayonlarida muhim rol uynaydigan boshqa azotli organik birikmalar tarkibiga kiradi. O'simliklarning oziqlanishi uchun nitrat kislota tuzlari va ammoniy tuzlari azotning asosiy manbai hisoblanadi. Tabiiy sharoitlarda o'simliklarning azot bilan oziqlanishi tuproq eritmasida va almashinib yutilgan holatda buladigan NO3- anion va NN4+ kationi yutish hisobiga bo'ladi. O'simlikka utgan azotning mineral shakllari murakkab o'zgarishlar sikliga uchraydi va nixoyatda organik azotli birikmalar-aminokislotalar, amidlar va oqsil tarkibiga kiradi. Nitrat azotidan o'simliklar aminokislotalar sintez qilish uchun bevosita foydalanmaydi. O'simliklarda nitratlar dastlabki bosqichida nitrat, giponitrit gidroqsilamin orqali fermentativ qaytarilib ammiakka aylanadi. NNO3 -NNO2 -(NNO2)2 - NN4ON - NN3 Nitrat nitrit giponitrit gidrosilamin ammiak Nitratlar o'simliklar uchun zararsiz va ularning to'qimalaridan ko'p miqdorlarda tuplanishi mumkin. Uglevodlar va organik ketokislotalar etishmaganda (ayniqsa uglevodlar zaіirasi kam bo'lgan uruglarning, masalan: kand lavlagi urugining unib chiqishda) o'simlikka ortikcha miqdorda ammiak azotning kirib ketishi salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bu holda ammiak azoti aminokislotalar o'simliklarni ammiakdan zaharlaydi. Ekiladigan urugida uglevodlar miqdori ko'p bo'lgan o'simliklar (kartoshkada kraxmal) kelayotgan ammiak azotni tez uzlashtiradi va tuproqka ammiakli o'g'it solishga foydali ta'sir etadi. O'simliklarning ammiak va nitrat azotining foydalanishi kator ichki va tashqi omillarga ekinning biologik xususiyatiga, uglevodlar bilan ta'minlashiga muhit reaksiyasiga, Sa2+ Mg2+ K+ va mikroelementlarning bor yukligiga bog'liq. muhit reaksiyasi neytral bulsa ammiak azotni o'simliklar nitrat azotiga karaganda yaxshi uzlashtiradi. Sa, Mg va K miqdorining ko'p bo'lishi ammiak azotining yaxshi uzlashtiradi. tuproq tarkibida fosfor etarli bulsa nitrat azotli yaxshi uzlashtiradi. Molibdening yetishmasligi nitratlarning qaytarilishini sekinlashtiradi va o'simliklarning nitrat azotni assimilyatsiya qilishini cheklab kuyadi. Azot etishmaganda o'simliklarning o'sishi keskin sekinlashadi, barglar mayda va och yashil rangli bo'ladi, tez sargayadi, novdalari ingichkalashib koladi va yaxshi shoxlamaydi, urug hosil bo'lishi yomonlashadi, hosil va undagi oqsil mi±dori keskin kamayib ketadi. Uruglarda azotning asosiy miqdori (umumiy mi±dorning 90 % ga) oqsil tarkibiga kiradi. O'simlik oqsillarida o'rtacha 16 % azot bo'ladi. Dukkakli va moyli ekinlar urugida oqsil va binobarin, azot miqdori eng ko'p, boshokli ekinlar donida esa kam bo'ladi. 2. Yaxshi hosil olish uchun o'simlik tuproqdan ko'p miqdorda azot uzlashtiradi: donli ekinlar 1 ga maydondagi tuproqdan 100 kg makkajo'xori, kartoshka, kandlavlagi 150-200 kg azot uzlashtiradi. O'simlik solingan o'g'itlar o'rtacha 40% azotni uzlashtiradi. tuproqdagi azotning miqdori undagi gumus miqdoriga bog'liq. kora tuproqlarda azotning umumiy miqdori 0,4-0,5 % ga (12-15 tga N) ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.59 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.59 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga