O'simliklardan alkaloidlarni ajratish usullari. Tuzlar, erkin asoslar ko'rinishidagi ekstraksiya

O'simliklardan alkaloidlarni ajratish usullari. Tuzlar, erkin asoslar ko'rinishidagi ekstraksiya

O'quvchilarga / Kimyo
O'simliklardan alkaloidlarni ajratish usullari. Tuzlar, erkin asoslar ko'rinishidagi ekstraksiya - rasmi

Material tavsifi

O'simliklardan alkaloidlarni ajratish usullari. Tuzlar, erkin asoslar ko'rinishidagi ekstraksiya Reja: 1. O'simliklardan alkaloidlarni ajratish 2. Tuzlar ko'rinishidagi alkaloidlarni ajratish 3. Erkin asoslar ko'rinishidagi alkaloidlarni ajratish O'simliklardan alkaloidlarni ajratish Alkaloidlar o'simlik organizmiga ko'p foizda uchramaganligi uchun ularni xom ashyodan to'liq ajratib olish muhim vazifa hisoblanadi. Alkaloidlarni olish usullari: 1. Ekstraksiya. Suyuqlik-suyuqlik bilan ekstraksiyalanadi. 2. Ion-almashinish usuli. 3. Elektrokimyoviy usul elektrodializ rejim tanlab olinadi. Ekstraksiya usulida ajratish uslubini ikki guruhga bo'lish mumkin. Birinchi va ikkinchi modifikatsiya bo'yicha alkaloidlarni olish. YOki: 1. Tuzlar ko'rinishidagi ekstraksiya. 2. Erkin asoslar ko'rinishidagi ekstraksiya. Birinchi holda o'simlik xom ashyosi o'ziga mos, yani tarkibidagi biofaol moddalarni to'liq eritib ajratuvchi erituvchi bilan ishlanadi. Bunda ko'p bo'lmagan miqdorda biron-bir kislota (sirka, xlorid, vino, limon va boshqalar) qo'shiladi. Odatda ekstraksiya konussimon ekstraksion apparatlarda (perkolyatorlarda) olib boriladi. Unga kukun qilib maydalangan xom ashyo solinadi va erituvchi quyiladi. Bir necha soat damlangan aralashmani perkolyator quyi qismidagi krandan oqiziladi, xom ashyoga esa yangi erituvchi quyilaveradi va bu jarayon alkaloidlar to'liq ajralguncha davom etadi, ya'ni perkolyatordan oqayotgan suyuqlikdan alkaloidlarga sifat reaksiya bermagan vaqtgacha davom ettiriladi. Uzluksiz perkolyatorlardan foydalanish ishni yanada osonlashtiradi. Bunda perkolyator kranidan qancha suyuqlik sekin oqib chiqishiga qarab, perkolyator yuqori qismiga shuncha yangi erituvchi qo'shiladi. Agar apparatga to'g'ri kelsa, ekstraksiyaga bir necha perkolyator, qarama-qarshi oqim prinsipiga ko'ra, ulash maqsadga muvoffiq bo'ladi. Bunda birinchi perkolyatordan oqayotgan suyuqlik ikkinchi perkolyatordagi yangi xom ashyoga quyiladi, ikkinchi perkolyator kranidan chiqqan suqlik uchinchi perkolyatorga yangi xom ashyoga quyiladi. Bu usul bilan ko'p konsentrlangan alkaloidlar eritmasi olinadi va kam miqdorda erituvchi ishlatiladi. Sanoatda odatda shunday ekstraksion batareyalardan foydalaniladi, bunda 5-10 perkolyator ishlatiladi. Alkaloid tuzlari, odatda, suv va spirtda (metil, etil) eriydi, efir va organik erituvchilarda erimaydi. SHuning uchun alkaloidlarni tuz xolida ajratish uchun erituvchi sifatida odatda suv yoki spirt ishlatiladi. Bu usulda ishlatiladigan ekstraktorlar: 1. Qarama-qarshi oqimli turi 2. Uzlukli va uzluksiz ishlaydigan Bu usulda qo'yiladigan talablar: 1. mahsulotning yuqori darajada chiqishi 2. Konsentratsiyasi yuqori bo'lishi 3. Jarayon yuqori tezlikda borishi kerak. Usulning afzalligi: 1. Suvning arzonligi Kamchiligi: 1. DXE ni qayta ishlashga berilishi 2. Texnika xavfsizlik qoidalariga yuqori talablar qo'yilishi 3. 2-chi modifikatsiyaga qaraganda unumdorligi kam 45-65%. 4. Bosqichlarning ko'pligi. Bu usulda efedrin gidroxlorid, anabazin gidroxlorid, paxikarpin, lobelin gidroxlorid olinadi. Bu usulning chiqish unumi - 45-65%. Ikkinchi modifikatsiya bo'yicha alkaloidlarni ajratish kerak, u ishqor bilan ishlanadi. Ayrim holda sal kamroq o'simlik xom ashyo kukuni quruq asos (magniy oksid yoki oxak) bilan yaxshilab aralashtiriladi, keyin ekstraksiyaga yuboriladi. Boshqa xollarda o'simlik ishqor (ammiak, soda, NaOH) eritmasi bilan yaxshilab aralashtiriladi, keyin ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.94 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.94 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga