O'simliklarning yashil barglaridagi kraxmalni aniqlash. Kerakli asbob va reaktivlar: probirka, 1,2,5 ml li pipetka, gaz gorelkasi yoki spirt lampa, etil spirt, yolning 1% li eritmasi, o'simlik bargi. Kraxmal faqat yashil barglarda aniqlanishi mumkin, sarg'aygan barglarda xlorofill bo'lmaganligi sababli kraxmal sintezlanmaydi. Ishning bajarilishi. 2 ta probirka olib, ularning biriga o'simlikning yashil bargi, ikkinchisiga sarg'aygan bargi solinadi. Har ikkala probirkaga 1-2 ml distillangan suv qo'yib, 2-3 minut qaynatiladi. So'ngra issiq suv to'kib tashlanadi va uning o'rniga 1 ml etil spirt qo'yiladi. Probirkalar qaynab turgan suv hammomiga 3-5 minut qo'yiladi va har minutda chayqatib turiladi. Yashil bargdagi xlorofil va sariq bargdagi ksantofill spirtga o'tadi, barg esa rangsizlanadi. Spirtli ekstrakt alohida idishga qo'yiladi. Rangsizlangan bargli probirkaga esa yana 1 ml dan spirt qo'yib, 3-5 minut suv hammomida qizdiriladi. Spirt yuqoridagi idishga to'qilib rangsiz barg bir necha marta distillangan suv bilan yusiladi. Shundan keyin har bir probirkaga 3-4 ml dan distillangan suv qo'yib, barg to'qimasini yumshatish uchun qaynab turgan suv hammomiga qo'yiladi. 5-10 minutdan keyin suv to'kib tashlanadi va barglar alohida nomerlangan filtr qog'izga qo'yiladi, so'ngra 3-4 tomchi 1% li yod eritmasidan tomiziladi. Agar bargda kraxmal bo'lsa, sekin-asta ko'k nuqtalar paydo bo'lib, bargning yuzasi ko'karadi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:58:48
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
6.81 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:58 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
6.81 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:04 ]
Arxiv ichida: doc