O'zbekiston kimyo faning shakllanishi rivojlanish tarixi farg'ona vodiysining kimyo tarixi RYeJA: 1. O'zbekistonda birinchi kimyoviy bilimlar. 2. Buyuk olimlarning fanga kiritgan xossalari haqida. 3. Farg'ona vodiysining kimyo tarixi. 4. O'zbekistonlda hozirgi zamon kimyo sanoati. Farg'ona vodiysining kimyo tarixi. Inson aqlini tanibdiki, ehtiyojlarini qondirish borasida faoliyat ko'rsatadi. Fanlarni har xil bo'lishi ham ana shu ehtiyojni har xilligidan kelib chiqqan. Kimyo fani xuddi ana shu ehtiyoj fanlardan biri. Insonlar juda qadimdan to'yimli yuqori bo'lgan oziq- ovqat mahsulotlarini, dori-darmonga boy o'simliklarni bilishgan. Shuningdek, teri oshlashni, tolalar ajratib olishni, metallar suyuqlantirishni kashf etganlar. Shubhasiz ular nomalum kimyogarlardir. Farg'ona vodiysidagi arxeologik ashyolarning ko'pchiligi avlodlarimizni kimyoning sirlaridan juda qadimdan voqib bo'lganligini bildiradi. ko'hna Farg'ona miloddan avvalgi bir asrda kosxonalar saltanati tarkibiga kirgan bo'lib, uning hududida dehqonchilik, chorvachilik va ipakchilik bilan birga metallurgiya, shishasozlik, kulolchilik, yani sopol buyumlarni sirlash rivojlangan. Bu davrda surmadan tayyorlangan vaza va shunga o'xshash buyumlar yuqori baholangan. Malumki, sopol idishlarini sirlashda surma oksididan foydalaniladi. Shuningdek, bu erlarda yashagan xalqlar surma birikmasidan (surma yaltirog'i) ko'z kasalliklarni davolashda foydalanishgan bo'lishi kerak. Bu birikma Surma deb atalib, u keyinchalik pardoz moddasi sifatida ishlatilgan. Xuddi ana shunday pardoz buyumlari janubiy Farg'onada olib borilgan arxeologik va kontsentratsiya qidirish ishlari paytida ayollar dafn etilgan qabrlardan bir necha marta topilgan. Kosxonalar saltanati emirilgandan so'ng Farg'ona Yettisuv cho'llaridan tarkib topgan turklar davlat ta'sirida bo'lgan. Ularni o'troq xalqlar bilan yaqindan munosabatda bo'lishi, bu erlarda fan madaniyat va sanxati yanada rivojlanishiga olib keladi. Aksikent, Novkent, Kuba (hozirgi Quva) kabi shaharlar vujudga kelib, ularda ayniqsa shishasozlik surma birikmalaridan foydalaniladigan keramika sanoati yanada taraqqiy etdi. Balki mahsulot shu davrda Farg'onaning qadimgi surmoq, surkash kabi so'zlardan kelib chiqqan. Xalq tilidagi surma turkiy tilga, so'ng boshqa tillarga o'tib, keyinchalik rus tilida surma elementni nomini olgan bo'lsa kerak. Surma va uning birikmalaridan Vodiy shaharlarida foydalanishi janubiy Farg'ona tog'larida surma konlari mavjudligini juda qadimdan bilganligidan dalolat beradi. Buni yana bir isboti shundaki, Isfayram daryosining irmog'i, shu yerdagi tog' tizimlaridan birini Surmatosh deb atalishidir. Shuningdek, Farg'onada juda qadimdan surma haqida qo'shiqlar to'qilgan bo'lib, go'zal qizlarga Surmaxon ism qo'yilib kelinadi. Hozirgi kunda dunyo bo'yicha eng sifatli metall Farg'onaning Qirg'izton huddida joylashgan Qadamjoy surma kombinatida olinadi. Xuddi shu joylashgan tog'lardan juda qadimdan simob suyuqlantirib olinadi. Farg'onani butun olamga tanitgan 797-861 yillarda yashab ijod etgan buyuk vatandoshimiz Axmad Farg'oniy o'z davrida jahon ilm faniga beqiyos xissa qo'shgan ensiklopedist olimlardan biridir. Uning kashfiyotlari ming yildan ortiq vaqt o'tibdiki, dunyo ahlini lol qoldirib kelmoqda. Axmad al Fag'oniy buyuk matematik, astronom bo'lishi bilan birga barcha astronomik ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:58:48
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.27 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:58 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.27 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:04 ]
Arxiv ichida: doc