O'zbekistonda kimyo fanining rivojlanishi va qishloq xo'jaligidagi ahamiyati. Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari Reja: 1. O'zbekistonda kimyo sanoatini rivojlanishi 2. O'zbekistonda kimyo fani rivojlanishiga hissa qo'shgan olimlar 3. Atom molekulyar ta'limot. Kimyo fanining asosiy tushunchalari 4. Kimyoning stexiometrik qonunlari Kimyo -moddalar, ularning tarkibi, tuzilishi, xossalari va ular orasida boradigan o'zgarishlarni o'rganadigan fan. Kimyo moddalarning tarkibini, tuzilishini, xossalarini va bir-birlariga o'zgarshishlariga olib keladigan reaktsiyalarni o'rganadi. Moddalar asosan molekulalardan va boshqa (atom, ion) zarrachalardan tashkil topgan. Hozirgi kunda 18 mln.dan ortiq modda o'rganilgan. Masalan: suv, neft, oltin, temir, havo. Moddaning xossasi - moddalarning bir-biriga o'xshaydigan va birbiridan farq qiladigan belgilari. Moddalarning xossalari kimyo nuqtai nazaridan ikkita sinfga bo'linadi: Moddaning fizik xossalari: zichlik, ta'm, rang, agregat holat (gaz, suyuq, qattiq va plazma), qaynash, erish, suyuqlanish, muzlash haroratlari, issiqlik va elektr o'tkazuvchanlik, qovushqoqlik, elastiklik va h. Moddaning kimyoviy xossalari: metall, metallmas, kislota, asos va amfoterlik, yonish va h. Masalan: Suv (H2O) - 1) zichligi birga teng bo'lgan ta'msiz, rangsiz suyuqlik, 100С da qaynaydi, 00С da muzlaydi, issiqlik va elektr tokini yomon o'tkazadi. 2) yonmaydigan, neytral modda. Molekula - moddaning xossalarini o'zida mujassamlashtirgan eng mayda zarrachasi. Masalan: Shakar suvda eritilganda molekulyarga ajralib ketadi va shu bilan birga barcha xossalari saqlanib qoladi. Molekulalar atomlardan tashkil topgan. Atom - musbat zaryadlangan yadro va manfiy zaryadlangan elektronlardan iborat elektroneytral zarracha. Hozirgi kunda 200 dan ortiq atom fanga ma'lum. Atom - grekchadan olingan bo'lib, bo'linmas degan ma'noni anglatadi. Moddalarni o'rganish bilan har hil tabiiy fanlar shug'ullanadi, ular orasida kimyo eng muhim o'ringa va ahamiyatga ega. 1. O'zbekistonda kimyo sanoatini rivojlanishi O'zbekiston Respublikasi kimyo fani va kimyo sanoatining rivojlanishi uchun hamma sharoitlarga ega. Yirik xomashyo zahiralari mavjud: bularga tabiiy gaz, gaz kondensati, fosforit, silvinit, osh tuzi, marmar, ohaktosh, neft va boshqalar kiradi. Kimyo korxonalari kompaniyalarida 30 mingdan ortiq yuqori malakali ishchilar ishlaydi. Oliy o'quv yurtlarida kimyo mutaxassisligi bo'yicha kadrlar tayyorlash amalga oshirilmoqda. 2001 yil mart oyida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O'zkimyosanoat davlat aktsionerlar jamiyati tuzildi. O'zkimyosanoat davlat aktsionerlar jamiyatining 2004-2007 yil va 2014 yilgacha korxonalarning Rivojlanish va texnik qayta qurollanish rejalari ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda. Kimyo sanoatining rivojlanish yo'nalishlarining asosiy strategiyalariga: harakatdagi mineral o'g'itlar ishlab chiqarish korxonalarini rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish; to'xtab qolgan ishlab chiqarish mahsulotlarini eksportbop qilib ishlab chiqarishni o'zlashtirish kabilar kiradi. Kalsiylangan soda (Na2CO3) ishlab chiqarishni ko'paytirish hisobiga kimyo sanoatlari, qurilish materiallari sanoatlari uchun shisha, shisha mahsulotlari, silikagel ishlab chiqarishda zarur bo'lgan Na2CO3 ning quvvati bir yilda 700 ming tonnaga yetkaziladi. 2005 yilda ushbu mahsulot ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:58:48
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
173.51 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:04
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:58 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
173.51 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:04 ]
Arxiv ichida: docx