O'zbekistonda organik kimyo fanining rivojlanishi. Kimyoviy bog'lanish

O'zbekistonda organik kimyo fanining rivojlanishi. Kimyoviy bog'lanish

O'quvchilarga / Kimyo
O'zbekistonda organik kimyo fanining rivojlanishi. Kimyoviy bog'lanish - rasmi

Material tavsifi

О'zbekistonda organik kimyo fanining rivojlanishi. кimyoviy bog'lanish Reja: 1. Kirish.Organik kimyo fani va uni aloxida fan sifatida o'qitish sabablari 2. Kimyoviy bog' va uning turlari. Gibridlanish 3. Radikallar, asosiy funksional guruhlar 4. Organik birikmalarning tuzilishi. Izomeriya hodisasi 1. Kirish.Organik kimyo fani va uni aloxida fan sifatida o'qitish sabablari Organik kimyo uglerod birikmalari kimyosidir. Organik kimyo - uglevodorodlar va ularning hosilalari kimyosi deb ham ta'rif berish mumkin. Organik kimyo mustaqil fan sifatida XIX asr boshlarida ajralib chiqdi. Bunga asosiy sabablar: Uglerod birikmalari, ya'ni organik birikmalar sonini ko'pligi (10 milliondan ortiq). Vaholanki, uglerod elementidan tashqari D.I. Mendeleevning davriy jadvalidagi barcha elementlarning birikmalari 1 million atrofida. Hozirgi kunda 1 yil davomida 200 mingdan ortiq yangi organik moddalar sintez qilinmoqda. Organik birikmalarning ko'p bo'lishligiga sababni uglerod atomlari o'zaro bir-biri bilan birikib uzun zanjir hosil qilishi, izomeriya xodisasi, hamda tirik tabiat bilan bog'liqligi orqali tushintiriladi. Organik birikmalar xalq va qishloq xo'jaligida, shu jumladan qurilishda katta amaliy ahamiyatga ega. Muxim tabiiy boyligimiz bo'lgan neft, ko'mir, tabiiy gaz, hamda qurilishda qo'llaniladigan turli plastmassalar, polimer moddalar, tabiiy va sintetik tolalar asta sekin an'anaviy qurilish materiallarini ancha engil, chiroyli va mustahkamlariga almashinishiga imkoniyat yaratayapti. Organik kimyoni va uning yangi sohalarini rivojlanishida o'zbek olimlarining hissasi kattadir. Dunyoga mashhur akademiklar S.Yu.Yunusov, O.S.Sodiqovlar tabiiy birikmalar kimyosi, akademiklar H.U. Usmonov, M.A. Asqarov, S.Sh. Rashidovalar polimerlar kimyosi sohasida ulkan ishlarni amalga oshirib, o'zlarining maktablarni yaratganlar. Taniqli o'zbek kimyogari akademik S. Yunusov o'simlik moddalar kimyosi sohasida dunyoga ma'lum alkaloidlar kimyosi maktabini yaratdi. Dunyo bo'yicha topilgan alkaloidlarning har uchtasidan bittasi S. Yunusov va uning shogirdlariga tegishlidir. O'zbekiston noyob yoqilg'i - energetika resursiga ega. Qidirib topilgan gaz zahiralari 2 trillion m3 ga yaqin, 160 dan ortiq neft konlari mavjud. O'zbekiston ko'mir zahirasi bo'yicha Markaziy Osiyoda ikkinchi o'rinda turadi. Uning umumiy zahirasi 2 milliard tonnadan ortiq. Organik kimyoning rivojlanishida professorlar A.R. Abdurasulova, Q. Abduvahobov, P.Yo'ldoshev, A.Abdusamatov, A.G.Mahsumov va boshqalarning xizmatlari katta. Respublikamiz ulkan uglevodorodlarning tabiiy manbalariga ega. Respublikamizda neftni qayta ishlaydigan (Farg'ona, Oltiariq va Buxoro), hamda gazni qayta ishlaydigan (Sho'rtan, Muborak va Ustyurt) katta kimyo komplekslar ishlab turibdi. Ulardan hilma-hil neft va gaz mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Chirchiq, Farg'ona va Navoiy shaharlaridagi ulkan kimyo korxonalaridan xalq xo'jaligi va qurilish uchun muxum mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. 2. Kimyoviy bog' va uning turlari. Gibridlanish Uglerod atomning elektron konfiguratsiyasini asosiy xolati 1 s2 2s2 2p2. Demak, faraz qilish mumkinki, qisman band bo'lgan 2 р orbitalga (ikki vodorod atomidan) ikkita elektron qo'shilsa СН2 birikma hosil bo'lishi kerak. Bu xolat xar bir vodorodni 1s orbitali ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 2.73 MB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:04 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 2.73 MB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga