Pattax Xo'jaevich Yo'ldoshev

Pattax Xo'jaevich Yo'ldoshev

O'quvchilarga / Kimyo
Pattax Xo'jaevich Yo'ldoshev - rasmi

Material tavsifi

Pattax Xojaevich Yuldashev Pattax Xojaevich Yuldashev kimyo fanlari doktori, professor, bioorganik kimyo mutaxassisligi bo'yicha yetuk olim. U 1928 yil 23 noyabrda Toshkent shahrida tug'ilgan. P.Yuldashev ilmiy faoliyatini akademik SYu. Yunusov nomidagi O'simlik moddalari kimyosi institutida O'zbekistonda o'sadigan alkaloid saqlovchi o'simliklarni tekshirishdan boshlagan. Asosiy etiborini Vinca turiga kiruvchi 4 ta o'simliklarga qaratib, 36 ta alkaloid ajratib olib, ulardan 25 tasining yangiligini aniqlagan. Mutaxassislar bilan hamkorlikda zamonaviy fizik uslublar yordamida 20 ta alkaloidning absolyut konfiguratsiyasini aniqlab, farmakologik tekshiruvlar natijasida ulardan 4 ta yangisini: devinkan gidroxlorid, ervinin dixlorgadrat, vinkametrin va metvinni tibbiyotga joriy etishga tavsiya etgan. - 1980 yillarda P.Yuldashev institut direktorining ilmiy ishlar bo'yicha o'rinbosari bo'lib ishladi. Shu davrda institutda yangi laboratoriyalar tashkil qilishda ishtirok etdi. yilda P.Yuldashev «Ximiya prirodnix soedineniy» jurnalini tashkil qilishda ishtirok etib, 1966 - 1986 yillarda jurnal bosh muharriri o'rinbosari bo'lib ishladi. Ko'p yillar mobaynida O'simlik moddalari kimyosi instituti va Biorganik kimyo institutlarida maxsus sovet azosi bo'lib ishlagan. 1966 yilda P.Yuldashev o'simlik oqsillari laboratoriyasini tashkil qilib, unga rahbarlik qildi. Ushbu laboratoriyada paxta tarkibidagi oqsillarni o'rgana boshladi. Ushbu moddalar yuqori aktivlikka ega ferment aktiv ozuka manbai hisoblanadi. Shuning uchun institutda paxta urug'i tarkibidagi oqsil strukgurasi va funksiyasi o'rgana boshlandi. Paxta urug'i oqsilining asosiy qismi 7S va 1 IS globulin komponentidan iborat ekanligi aniqlangan. Olim o'zining ilmiy izlanishi davomida texnologik sxemalar bo'yicha yog'sizlantrish va boshqa ko'rsatkichlarni miqdoriy sifat jihatdan o'rgandi va hamkasblari bilan birga 7S globulin strukturasini aniqladi. So'nggi aniqlangan oqsil molekulyar og'irligi 130 00, o'zaro tarkibidagi uglevodlar va amid gruppalari bilan farqlanadigan 2 ta turdagi 8 ta polipeptid zanjiridan iborat bo'lib, 135 ta aminokislota koldig'idan iborat oqsil polipeptid zanjirining aminokislota ketma-ketligi aniqlandi. Paxta triatsetinaza fermentining birlamchi lipolitik strukturasi aniklandi. Umumiy hisobda 2 ta oqsil va 1 ta fermentning birlamchi strukturasi aniqlandi. P.Yuldashev hamkasblari bilan hamkorliqda paxta chipggidan qator ferment-larni (proteazalar A,V,S, lipazalar, malatdegidrogenazalar, aspartatminotransferazalar) ajratib olish va tozalash usullarini ishlab chiqdi hamda fermentlarning biokimyo'viy xususiyatlarini o'rgandi. Oqsillarning birlamchi strukturasini aniklatssha qilgan ilmiy ishlari Nobel mukofoti lauriyati Doroti Xodjkin (Angliya) va akademik Yu.A.Ovchinnikov (Rossiya) tomonidan xalqaro simpoziumda yuqori baholandi. O'rta Osiyo hududida P.Yuldashev va uning shogirdlari ishtirokida toksik oqsil «Ritsin» ajratib olindi va birlamchi strukturasi aniqlandi. Belgorod yo'g' kombinatida shrotning detoksikatsiya usullarini takomillashtirish bo'yicha katta ishlar olib borildi. Natijada P.Yuldashev chuqur izlanishlar natijasida zavodda qayta ishlanayotgan shrotdan istemolga yaroqli oqsil olish usullari ishlab chiqildi. Istemolga yaroqli oqsillar va turli usullar bilan yogsizlantirilgan chigitdan olingan oqsillarning kimyoviy xususiyatlari solishtirib o'rganildi. Olingan namunalarning istemolga yaroqlilik ko'rsatkichlarn aniklandi. Olimning barcha ishlanmalari mualliflik huquqi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.78 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:07 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.78 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga