Penitsillin. Benzopenitsillinning natriyli hamda kaliyli tuzlari

Penitsillin. Benzopenitsillinning natriyli hamda kaliyli tuzlari

O'quvchilarga / Kimyo
Penitsillin. Benzopenitsillinning natriyli hamda kaliyli tuzlari - rasmi

Material tavsifi

Penitsillin Benzopenitsillinning natriyli hamda kaliyli tuzlari Penitsillin Reja: 1.Penitsilin. Penitsillinning turlari 2. Penitsillinni ajratib olish va tozalash 3. Benzilpenitsillinning natriyli hamda kaliyli tuzlari 4.Pensillin va uning birikmalarini ishlatilishi Penitsillinning topilishi tarixi rus olimlaridan V.A. Manassein va A.G. Polotebnovlar nomi bilan chambarchas bog'langan. Penitsillinni olish va uni meditsina praktikasiga tatbiq qilish ustida bir gruppa sovet olimlari ham ish olib bordilar. Bular orasida Z.V. Yermolevaning ishlari diqqatga sazovordir. Uning rahbarligida 1941-1942 yillarda birinchi marta Penicillium crystosum mog'oridan sof holda penitsillin ajratib olindi. Penitsillin hosil qilish xususiyatiga ega bo'lgan mog'orlar turlari ko'p bo'lishiga qaramay sanoatda asosan yuqori unumli Penicillium chrysogenum Penicillium notatum mog'orlaridan foydalaniladi. Bu mog'orlar o'z hayot faoliyatida bir qancha penitsillinlarni hosil qiladi. Barcha turlardagi penitsillinning asosi quyidagi formulaga ega. Penitsillin turlari bir-biridan yon bog'idagi radikallar bilan farq qiladi. Ularni odatda rim raqamlari yoki latin harflari bilan belgilanadi. Penitsillinning jadvalda ko'rsatilgan turlari orasida fiziologik jihatdan eng aktiv va davolashda yaxshi naf beradigani benzilpenitsillin (penitsillin G) fenoksimetilpensillin (penitsillin V) dir. Penitsillinni biosintez usulida olish juda murakkab protsess bo'lib, uni asosan quyidagi uch etapga bo'lish mumkin. Fermentatsiya prsessi Fermentatsiya protsessi tamom bo'lgach, kultural suyuqlikdan penitsillinni ajratib olish va tozalash Penitsillinni quritish Fermentatsiya protsessi. Bu protsessni odatda (steril sharoitda) 50 00 l hajmli zanglamaydigan po'latdan ishlangan idish (fermentator) larda intensiv aralashtirish va sterillangan havo yuborish (aeratsiya) bilan olib boriladi. Buning uchun yuqori unumli Penicillium chrysogenum mog'orni quyidagi tarkibga ega bo'lgan oziqli muhit va sharoitda fermntatsiya qilinadi. Oziqli muhit tarkibiga kiradigan moddalar (% miqdorida) Laktoz 3-5 Glyukoza 1-2 Jo'xoridan tayyorlangan ekstrakt…1-4(hajmiy %) Kalsiy karbonat0,5-0,8 Hayvon yoki o'simlik moyi0,2-0,5 Kaliy gidrofosfat (KH2 PO4)0,15 Natriy nitrat0,6 Natriy sulfat yoki natriy tiosulfat0,2-0,3 Magniy sulfat0,05 Rux sulfat va ba'zi boshqa metallardan juda kam miqdorda Benzilpenitsillin (penitsillin G) hosil bo'lishini oshirish uchun oziqli muhitga 0,02-0,08% gacha fenilatsetat kislota-CH2-COOH yoki fenilatsetamid-CH2-CO Fenoksimetil pennitsillinunumini oshirishda esa fenoksiatsetat NH2 kislota -O-CH2-COOH qo'shiladi. Fermentatsiya prsessi normal borishi uchun quyidagi optimal sharoit bo'lishi kerak. a) temperatura23-240 bo'lishi lozim b) muhit 6-6,5 ga teng bo'lishi kerak v) aeratsiya darajasi1 ga teng bo'lishi kerak (1 litr fermentatsion suyuqlikka har bir minutda 1 litr havo yuborilishi kerak) g) fermentatsiya protsessining to'la borish vaqti70-72 soat II.Penitsillinni ajratib olish va tozalash. Fermentatsiya protsessi tamom bo'lgach, suyuqlikdan penitsillinni quyidagi sxema bo'yicha ajratb olinadi. ↓ Filtrlash ↓ Mitseli fermentatsion suyuqlik (penitsillin bo'ladi) pH-2sharoitda xloroform yordamida penitsillinni ekstraksiya qilish 400 temperatura va vakuum sharoitida azeotrop aralashmalarni haydash filtrlash Yuqorida keltirilgan sxema bo'yicha ajratib olingan penitsillinni yuvib, vakuum sharoitida quritiladi va flakonlarga solib sterillanadi Penitsillinning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 64.13 KB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:07 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 64.13 KB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga