Piridin va pipiridin gruppasiga kiradigan alkaloidlar Molekulasida piridin hamda pipiridin yadrosi tutgan alkaloidlar. Alkaloidlarni ajratib olish usullari. Alkaloidlarni tuzilishi, sintezi. Xossalari va ularning xalq xo'jaligida qo'llanilish sohalari. Akademik A.P.Orexov ( 1881-1939) sobiq SSR davrida alkaloidlar sohasidagi ilmga asos soldi. U 1928 yilda o'zining bir gruppa shogirtdlari bilan sobiq SSR da o'sadigan va tarkibiga alkaloidi bo'lgan o'simliklar ustida ish olib borib, 800 ga yaqin shunday o'simlikni va tarkibida alkaloid bo'lgan bir qancha yangi o'simlik oilasini kashf etdi. U o'rta Osiyoda o'sadigan Anabasis aphylla o'simligidan G.M. Menshinov bilan birga beshta alkaloid ajratib oldi. Anabazin, lupinin ham shular jumlasidan hisoblanadi. Anabazin bilan lupinin shu o'simlik tarkibidagi asosiy alkaloidlar hisoblanadi. Ular shu o'simlikdan Chimkent-xim-farm zavodida anabazin sulfat hinida ajratib olinadi. Anabazin sulfatning 30-40 % anabazin hamda lupinindan iborat bo'lib. Undan ishqorning 40% eritmasi bilan (NaOH) ishlov berib, erituvchilar(benzol, xloroform ) bilan ekstransiya qilib olinadi. Bu alkaloid Cytisus laburnum, Thermopsis lanceolata o'simliklarning urug'ida, shuningdek dukkaklilar oilasiga kiradigan bazi o'simliklarda uchraydi odatda uni yuqoridagi o'simliklar urug'idan ammiakli sharoitda dixloretan bilan ekstraksiya qilib olinadi. So'ngra dixloretanli eritmani ( Unda sitizin va metil sitizin bo'ladi) 10% li H2SO4 kislota bilan ishlanadi. Kislotali eritmadan alkaloidni ammiak va natriy xlorid yordamida asos holiga o'tkaziladi. Sitizin asosni xloroform yordamida aralashmadan ajratib olinadi. Xloroformli ekstrakli parlantiriladi va qoldiqdan sitizinni atseton yordamida kristallash bilan ajratib olinadi. Sitizin oq yoki bir oz sarg'ish kristall poroshok bo'lib, suvda, spirtda va xloroformda oson eriydi. Uning suvdagi eritmasi fenolftalinga nisbatan ishqoriy xossaga ega ekanligini ko'rsatadi. Preparat optik aktiv modda qutblangan nurlarni chapga buradi. [2]20∆=-120-1230 ( 2% li suvdagi eritmasi ), 154-1572 da suyuqlanadi. Preparat chinligini aniqlash uchun uning suvdagi eritmasiga kobolt nitrat ta'sir ettirilsa, yashil-havo rang cho'kma hosil bo'ladi. Temir (II) -xlorid eritmasidan qo'shib suv bilan suyultirilsa, o'chib ketadigan qizil rangga bo'yaladi. Sitizin miqdorini nitrallash usuli bilan aniqlanadi. Buning uchun preparatdan malum miqdorda olib, suvda eritiladi va metil qizish indikatori ishtirokida xlorid kislotaning 0,1% eritmasi bilan titrlanadi. Lupikain birinchi marta M.M.Katsnelsan hamda M.I. Kabachnikovlar tomonidan sintez qilinib, Kakainning o'rnini bosaoladigan, og'riqni qoldiruvchi vosita sifatida tavsiya yetilgan. Lekin sintez O.S.Sodiqov tomonidan takomillashtirilib, u quyidagicha amalga oshiriladi. Lobelin gidroxlorid (Lobelinii hydrochloridum. Lobelinum hydrochloricum) Lobulin alkaloidi Lobelia inflata L. o'simligidan ajratib olinadi. Bu o'simlik Leningrad atrofida sun'iy ravishda o'stiriladi. Unda 14ta alkaloid bo'lib, ulardan meditsinada lobelin dori sifatida qo'llaniladi. Lobelia inflata L. o'simligi tarkibidagi alkaloidlarning umumiy miqdori shu o'simlikning o'sish sharoitiga qarab taxminan 0,134-0,65% gacha bo'ladi. Shundan 0,078% ni lobelin-asos tashkil qiladi. Lobelinning yuqorida keltirilgan formulasi 1921 yilda aniqlangan va ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:58:48
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.74 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:58 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.74 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:08 ]
Arxiv ichida: doc