Plastmassa ishlab chiqarish Reja: Plastik massa Buyoklar plastmassaga rang beruvchi Plastik massa Plastik massa (qisqacha plastmassa) deb, yopishtirgich (polimer), tuldiruvchiva plastifikator aralashmasidan olinadigan materiallarga aytiladi. Aralashmaga kupincha boshqa moddalar xam kushiladi. Ular yuqori temperatura va bosimda shakl berish mumkin bo'lgan plastik holatga utadilar, sovutilgach berilgan shaklni saklab koladi. Barcha plastmassalarni polimerning tabiatiga karab turt gruppaga bo'lish mumkin: 1) Polimerlanish orqali olingan polimer asosidagi plastmassalar (polietilen va uning hosilalari, polistirol va boshqalar asosida olinganlari); 2) Polikondensatlanish polimerlari asosida plastmassalar (fenolformaldegidli, aminoformaldegidli, kremniy organik poliefir va boshqa smolalar); 3) Tabiiy polimerlarni kimyoviy uzgartirib olingan polimerlardan tayyorlangan plastmassalar (tsellyulozaning oddiy va murakkab efirlari); 4) Tabiiy va neft asfaltlari, organik birikmalarining destruksiya mahsulotlari asosida olinadigan plastmassalar. Platmassalar tarkibiga karab tuldirgichsiz kushimchalari juda kam bo'lgan amalda asosan polimerdan tashkil topgan plastmassalar va tuldirgichli, polimerdan tashqari tuldirgichlari, plastifikatorlari, buyoklari stabilizatorlari (turgunlagich) kotirgichlari va boshqa kushimchalari bo'lgan plastmassalar. Tuldirgichlar qattiq moddalar bo'lib, plastmassaning mexanik yoki dielektrik xossalarini kuchaytiradi, shakl berganda utirishini (cho'qishini) va buyumning tan narxini kamaytiradi. Tuldirgichlar kupincha tashqi ko'rinishini, yonmasligini, suvga chidamliligini yaxshilaydi. Tuldirgich sifatida organik va mineral birikmalar ishlatiladi. Ular kukunsimon (yog'och, slyuda, kvarts kukunlari kurum, grafit, bariy sulfat, kaolin, talk) tolasimon (paxta, asbest va shisha tolalari) bo'lakchalar ko'rinishida (yog'och kipiklari va turli materiallaning kiykimlari) polotno ko'rinishida (qog'oz, tekistil va shisha gazlamalari) bo'lishi mumkin. 118 - rasmda polimerning mexanik xossalarini (plastifikatorning miqdoriga) grafik bog'liqligi ko'rsatilgan. Plastifikator miqdori ortishi bilan molekulalararo o'zaro ta'sirning kamayishi tufayli plastmassaning mustahkamligi chizilish va siqilishga nisbatan kamayadi, ammo zarbga nisbatan ortadi. Plastifikator sifatida alkilftalatlar, trikrezilfosfat, kastor moyi, sebetsin kislotasi efirlari keng foydalaniladi. Buyoklar plastmassaga rang beruvchi organik Buyoklar plastmassaga rang beruvchi organik yoki mineral moddalardir. Ular plastmassaga yaxshi aralashib, singib ketuvchi yoki polimerda eriydigan bo'lishi, termik mustahkam, nur ta'siriga chidamli, suvda erimaydigan, buyumga shakl berish va undan foydalanish davrida xam rangini yukotmaydigan bo'lishi kerak. Kotirgichlar, chiziqli makromolekulalarni biriktirib (tikib) uch o'lchamli polimer strukturasini hosilqiladigan moddalardir. Kotirgich sifatida geksametilentetraamin, dikarbon kislotalar, diaminlar, oltingugurt, to'yinmagan birikmalar va boshqa makromolekulaning funksional gruppalari bilan birika oladigan moddalar ishlatiladi. Plastmassalar tarkibida presslashni osonlashtiruvchi - moylovchi, yani surtiladigan moddalar (metall stearatlar),shakl berish paytida yoki kotayotganda gaz ajratib chikarib govaklar hosil qiluvchi birikmalar, polimerning dastlabki xossasini saklab qolishini taminlovchi - turganlashtirgichlar (eskirishni oldini oluvchilar), mikroorganizmlar tomonidan parchalanishning oldini oladigan - fungitsid va boshqa biologik aktiv kushimchalar kushiladi. Plastmassalar amalda sanoatning barcha tarmoqlarida kullaniladi. Ular mashinalar uchun ajoyib konstruksion materiallar sifatida, agressiv reagentlarga chidamliligidan kimyo sanoatida, elektroizolyator xossasi borligidan elektro, radiotexnikada, mikroelektronikada, issiqlik va tovushni yomon o'tkazganligidan sovutgichlar ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:58:48
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.82 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:08
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:58 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.82 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:08 ]
Arxiv ichida: docx