Platifillin gidrotartrat, sitizin, efedrin gidroxlorid, morfin olish texnologiyalari va ishlatilishi

Platifillin gidrotartrat, sitizin, efedrin gidroxlorid, morfin olish texnologiyalari va ishlatilishi

O'quvchilarga / Kimyo
Platifillin gidrotartrat, sitizin, efedrin gidroxlorid, morfin olish texnologiyalari va ishlatilishi - rasmi

Material tavsifi

Platifillin gidrotartrat, sitizin, efedrin gidroxlorid, morfin olish texnologiyalari va ishlatilishi Reja: 1. Platifillin gidrotartrat texnologiyasi 2. Sitizin texnologiyasi 3. Efedrin gidroxlorid texnologiyasi 4. Morfin texnologiyasi Efedrin gidroxlorid olish texnologiyasi Efedrin gidroxlorid rangsiz yoki oq kukun, hidsiz, achchiq ta'mli. Suvda oson eriydi, 950S spirtda eriydi, efirda erimaydi. Efedrin gidroxlorid nafas yo'llari markazini qo'zg'atuvchi, bronxlarni kengaytiradi, qon bosimni oshiradi. Markaziy nerv tizimini qo'zg'atadi. CHiqarilishi shakli kukun, tabletka, in'eksiya uchun eritma. Efedrin gidroxlorid ishlab chiqarishda qizilcha efedra - Ephedra equisefina Bunge, o'simligi hom ashyo sifatida ishlatiladi. Ushbu o'simlik Qozog'iston, Qirg'iziston va O'zbekistonda tayyorlanadi. Alkaloidlarni xom ashyodan ekstraksiyalash. Butun holdagi qizilchani diskli tegirmonda 5-10 mm gacha maydalaniladi. Ekstraksiyadan oldin diffuzorga joylangan mahsulotni bug'latiladi (o'tkir bug' bilan). So'ngra avvalgi diffuzordan qilgan sharbat bilan to'ldiriladi. Aralashtirish natijasida diffuzordan diffuzorga sharbatlar katalizator orqali 85-900S da quritilgan holatda o'tadi. 1 soatlik tindirishdan keyin quyuq sharbat boshlang'ich diffuzordan keyingi jarayonga o'tadi. Bosqichda chiqish 82,9%. Alkaloidlarni suvli sharbatdan kerosin bilan ekstraksiyasi. Yig'gichda sharbatga ma'lum miqdorda osh tuzi qo'shiladi va 1 soat davomida aralashtiriladi. Aralashtirishni davom ettirgan holda sharbatni 42% uyuvchi natriyning suvli eritmasi bilan ishqorlatiriladi. So'ngra, aralashtiriladi 65-700da. Alkaloidlarni 65-700 da qizdirilgan kerosin bilan ishlov beriladi, bunda suvli ishqoriy sharbat to'liq ajraladi. Kerosinli ekstraktdan alkaloidlarni 10% sulfat kislota eritmasi qarama-qarshi oqim bo'yicha kerosinli ekstrakt ajratiladi. Psevdoefedrin ajratilishi Alkaloidlarni sulfat kislotali eritmalarini aralashtirishli va qobiqli ekstraktorga joylashtiriladi va eritma 42% uyuvchi natriyning eritmasi bilan ishqorlantiriladi. So'ngra ma'lum miqdorda natriy sirkasi va ortofosfor kislota va faollashgan qo'shib 5 minut davomida qaynatilib aralashtiriladi. Qaynoq eritma bo'z va qog'oz filtr orqali nutch filtrda filtrlanadi. Filtrdagi ko'mirni qaynoq suv bilan yuviladi va asosiy filtratga qo'shiladi. Filtratni 250 gacha sovutiladi va 25% ammiak eritmasining ishqoriy muhit bo'lguncha qo'shiladi. Eritmadan kristall psevdoefedrin cho'kadi. Massani 30 minut kristallanish uchun tindiriladi va mahsulotni sentrifugaga yuboriladi, bunda psevdoefedrinni matochnikdan ajratiladi. Efedrinni psevdoefedringa izomerlash. Yig'gichga 50% sulfat kislota eritmasi tayyorlanadi. Kislota eritmasining 80-900 gacha qizdiriladi, so'ngra unga ma'lum miqdorda psevdoefedrin qo'shiladi va va massani 117-1180S da teskari sovutgich orqali qaynatiladi 2 soat davomida. So'ngra uni 500 gacha sovutiladi. Ishlab turgan aralashtirgichda 25% suvli ammiak kongoga nordon reaksiya berguncha qo'shiladi. Bunda harorat 700 ga oshadi. Massani 50-520 gacha sovutiladi va ammiak qo'shishni davom ettiriladi. Psevdoefedrin eritmadan cho'kmaga tushadi va u bilan birga yog' ko'rinishida efedrin ajralib chiqadi. Massa 30-350 gacha sovutiladi va sentrifugada ajratiladi. Psevdoefedrinni suv bilan yuviladi. Bunda suvning harorati 40-600 bo'ladi. YUvilgan suvlarni asosiy matochnikka qo'shiladi. Reaksiyaga kirishmagan psevdoefedrinni 10 % namlik va 68-72% alkoloidlar bilan qaytarib olinadi. Agar psevdoefedrin ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.13 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:08 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.13 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga