PMR spektroskopiyasining parametrlari Reja: 1. Kimeviy siljish. 2. Paramagnit toklar va kimyoviy almashinish tushunchalari 3. Signallar soni va ularning intensivligi. 4.Spin-spinlarning o'zaro ta'sir konstantasi (SSTK). Proton magnit rezonansi ikkita parametr, yani kim-yoviy siljish va spin-spinlarning o'zaro ta'sir konstantasi bilan izohlanib, ularning qiymatlari organik molekulaning tuzilishiga hamda ulardagi elektronlar zichligining taqsimotiga bog'liq hisoblanadi. 1. Kimeviy siljish. Molekulalardagi hamma protonlar bir-biridan tabiatan farq qilmasa ular bitta umumiy signalda namoyon bo'lishi kerak, yani 23-tenglamadagi , va N0 qiymatlar barcha protonlar uchun doimiydir. Amaliyotda ko'p hollarda bitta molekulaning turli funksional guruhlaridagi vodorod atomlarining rezonans chastotasi - bir-biridan farq qiladi, YaMR usulining asosida ham shu jarayon yotadi. Vodorod atomiga bevosita birikkan uglerod atomi yoki shu atomga tutashgan funksional guruhning elektronga moyilligi (elektronmanfiyligi) vodorod atomining elektron buluti zichligini ko'p yoki oz darajada kamaytiradi. Masalan, bazi protonlar qo'shbog', boshqalari esa oddiy yoki uchbog' ta'sirida bo'ladi, yani vodorod atomi atrofidagi elektron bulut zichligi protonni (vodorod yadrosini) tashqi magnit maydon ta'siridan saqlaydi (ekranlaydi). Shuning uchun proton atrofida elektron bulutining ko'p yoki ozligiga mos ravishda protonlar rezonans chastotasining qiymati bir-biridan farq qiladi. tahlil etilayotgan modda magnit maydoniga kiritilganda uning elektronlari N0 maydon yo'nalgan magnit chiziqlari atrofida aylana boshlaydi va elektronlarning bu aylanishi o'z navbatida protonlar atrofida H0 ra nisbatan kichik bo'lgan va unga qarshi yo'nalgan yangi lokal (kichik hajmdagi) magnit maydonini vujudga keltiradi (Lents qonuni, 33-rasm). 33-rasm. Tashqi maydon N0 ta'sirida lokal magnit maydoni Nlok ning hosil bo'lishi. Lokal maydonning qiymati Nlok bo'lganda effektiv maydonning qiymati HefkN0-Nlok bo'ladi. Natijada yadroga ta'sir etayotgan (H0-Hl) kuchlanish rezonans uchun kerak bo'lgan H0 qiymatdan kamayadi. Rezonansni kuzatish uchun maydon kuchlanishini ekranlanish ta'siriga teng miqdorda oshirib uni dastlabki H0 qiymatiga keltirish kerak bo'ladi. Shunday qilib, yadroga ta'sir etayotgan effektiv magnit maydon qiymati quyida-gicha ifodalanadi: NefkN0-N0(1-)N0 Nefk - proton atrofidagi elektronlar hosil qilgan N0 ga qarshi yo'nalgan lokal magnit maydon qiymati (sigma) ekranlanish konstantasi deb aytiladi. Binobarin, elektron buluti zichligi qalin (katta) bo'lgan protonlar atrofida N0 ga qarshi yo'nalgan maydon katta bo'lgani sababli ularning rezonansi uchun kattaroq kuchlanish (yani kattaroq chastota) kerak bo'ladi va aksincha elektron buluti zichligi siyraklashgan ( -kichik) -protonlar atrofida kichik lokal maydon hosil bo'lgani uchun ular kichikroq kuchlanishda rezonansga uchraydi. Protonga qo'shni atom va guruhlarning elektronaktseptor xossasi qancha katta bo'lsa, proton atrofidagi elektron bulutining aktseptor tomoniga tortilishi hisobiga protonning ekranlanishi kam va lokal maydon qiymati ham shuncha kichik bo'ladi, ammo elektronodonor atom va guruhlar aksincha ta'sir ko'rsatadi. Masalan, metilamin va metilxloriddagi metil guruh protonlari signalining o'rni solishtirilsa metilamin uchun bu signal kuchli ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:58:48
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
206.82 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:58 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
206.82 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:08 ]
Arxiv ichida: doc