Polielektrolitlar va ularning sinflanishi

Polielektrolitlar va ularning sinflanishi

O'quvchilarga / Kimyo
Polielektrolitlar va ularning sinflanishi - rasmi

Material tavsifi

Polielektrolitlar va ularning sinflanishi Qutblangan muhitda ionlarga ajray oladigan, elektr zaryadlari tashish xossasi bo'lgan yuqori molekulyar birikmalarga polielektrolitlar deyiladi.ulardagi elektr zaryadi makromolekula tarkibidagi funksional gruppalarning elektrolitik dissosilanishi natijasida hosil bo'ladi. Demak, polielektrolitlar molekulyar og'irligi katta bo'lganligidan, bir tomondan, polimer xossalarini namoyon qilsa, ikkinchi tomondan, tarkibidagi funksional gruppalarning dissosilanishi tufayli, past molekulyar kislota, asos va tuzlarning xossalarini namoyon qiladi. Polielektrolitlar sanoatda keng qo'llaniladi va tabiiy polimerlarning eng ko'p qismini tashkil qiladi. Polielektrolitlar ionlanadigan guruhlarning tabiatiga qarab uch turga bo'linadi: 1. Polikislotalar - tarkibida kislotali guruhlar tutgan polimerlar. Masalan: (-CH2-CH-)n (-CH2-CH-)n | | COOH SO3H Poliakril kislotasi (kuchsiz kislota) Polivinilsul'fokislota (kuchli kislota) 2. Poliasoslar - tarkibida asosli guruhlar tutgan polimerlar. Masalan: (CH2- CH-)n (-CH2-CH-)n | | NH2 CH3-N-CH3OH | CH3 Polivinilamin (kuchsiz asos) Poliviniltrimetilammoniy (kuchli asos) 3. Poliamfolitlar - tarkibida kislotali va asosli guruhlar tutgan polimerlar. Masalan: (- CH2 - CH - )n - ( - CH2 - CH - )m | | NH2 COOH Bunday makromolekulalarning ba'zi elementar zvenolarida asos, ba'zilarida esa, kislota xossalari bor gruppalar mavjuddir. Poliamfolitlar eritmadagi vodorod ko'rsatgichi PH ning qiymatiga qarab, musbat yoki manfiy zaryadlangan bo'ladi. Ba'zan makromolekuladagi manfiy zaryadlar miqdori musbat zaryadlar miqdoriga teng bo'lishi ham mumkin. Makromolekulasi tarkibidagi funksional gruppalarning dissosilanish darajasiga qarab, polelektrolitlar kuchli va kuchsiz polimer kislota hamda kuchli va kuchsiz polimer ishqor xossalarini namoyon qiladi. Tabiiy polielertrolitlar. Barcha o'simlik va hayvonlarda uchraydigan polielektrolitlar, ya'ni biologik polimerlar tarkibida makromolekulaga kislota yo'ki asos xossalari bahsh etuvchi funksional guruhlar bo'ladi. Sanoat va turmushda ahamiyati katta bo'lgan oqsil, nuklein kislotalar, fermentlar, pektinlar, xitin, geparin, sellyuloza, kraxmal, lignin kabi biologik polimerlarning hammasi tabiiy polielektrolit moddalar jumlasidandir. Polielektrolitlar organizmdagi har xil murakkab jarayonlarda faol ishtirok etadi. Jumladan ular organizmda sodir bo'ladigan irsiyat hodisalarida katta ahamiyatga egadir. Sintetik polelektrolitlar. Tarkibida kislota va ishqor xossali funksional gruppalari bor monomerlarni polimerlash yo'li bilan sintetik polelektrolitlar olingan. Tarkibida kislota va ishqor xossali gruppalari ko'p bo'lgan polielektrolitlar muhim ahamiyatga ega bo'lmoqda. Polielektrolit molekulalari chiziqli bo'lsa, biologiyada , medisinada, qishloq xo'jaligida, rudani boyitish sanoatida va boshqa maqsadlarda ko'p ishlatiladi. Chiziqsimon tuzilishga ega bo'lgan polielektrolitlar suvda yaxshi eriydi va sanoatda flokulyant va stabilizatorlar, tibbiyotda dori moddalarga har xil to'ldirgichlar sifatida qo'llaniladi. Odatda makromolekulalari to'rsimon bo'lgan polielektrolitlar yoki ionitlar texnikada katta ahamiyatga ega. Bunday polielektrolitlar tarkibida ion almashtiruvchi kislota yoki asos xossali gruppalar bo'ladi. Makromolekulalari orasidagi kundalang bog'lar soniga qarab, polielektrolitlar erituvchilarda bo'qish xususiyatiga ega bo'la oladi va selektiv adsorbentlar tariqasida ishlatiladi. Bunday ionitlar zaryadlariga qarab, anionit va kationitlarga bo'linadi. Anionitlarda polimerlar makrokation holida bo'lib, past ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.95 KB
Ko'rishlar soni 143 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:08 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.95 KB
Ko'rishlar soni 143 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga