Polikondensatlanish reaksiyalari Har bosqich reaksiyadan so'ngsuv, spirt, ammiak, vodorod xlorid va shunga o'xshash quyi molekulyar moddalarajralib chiqishi bilan boradigan yuqori molekulyar birikmalar hosil bo'lish reaksiyasi polikondensatlanish reaksiyasi deyiladi. Reaksiya natijasida hosil bo'lgan yuqori molekulyar birikmalar elementar tartibi reaksiya davomida quyi molekulyar moddalar ajralgani sababli, dastlabki olingan monomerlar tarkibidan farq qiladi. Polikondensatlanish reaksiyasiga tarkibida ikkita yoki undan ortiq turli funksional gruppalari bor moddalar kirisha oladi. Agar bir moddaning o'zida ikki xil funksional gruppa bo'lsa-yu, ular o'zaro reaksiyaga kirishib, polimer hosil qilsa, bunday reaksiya gomopolikondensatlanish deyiladi. Bunday reaksiyalarga aminokislotalar, aminospertlar va oksikislotalarning polikondensatlanishi misol bo;la oladi. Misol tariqasida aminokapron kislotadan polikaprolaktam hosil bo'lishini ko'rib chiqamiz: t0 nNH2 - (- CH2 - )5 COOH → H - [- NH - ( - CH2 - )5 - CO - ]n - OH + (n - 1)H2O Har qaysi elementar reaksiyadan so'ng ikki xil funksional gruppali barqaror oraliq modda hosil bo'ladi. Bu oraliq moddani reaksiya muhitidan ajratib olish mumkin. Agar reaksiyada funksional gruppalari bir xil bo'lgan bifunksional gruppali ikki tur modda qatnashsa, bu reaksiya geteropolikondensatlanish deyiladi. Masalan, geksametilendiamin va adipin kislotadan poligeksametilenadipinamid hosil bo'lishi bunday reaksiyaga misol bo'la oladi: nHOOC-(-CH2-)4-COOH+nNH2-(-CH2-)6-NH2→HO-[-OC-(-CH2-)4-CONH-(-CH2-)6-NH-]n-H+ (2n-1)H2O Bifunksional birikmalarning polikondensatlanishi natijasida faqat chiziqsimon polikondensatlar hosil bo'ladi. Bunday jarayon chiziqsimon polikondensatlanish deyiladi. Reaksiyaga kirishayotgan monomerlarning birida uch va undan ortiq funksional gruppalar bo'lishi polikondensatlanish reaksiyasini murakkablashtiradi va fazoviy to'rsimon tuzilishga ega makromolekulalar hosil qiladi. Bunday jarayon fazoviy polikondensatlanish deyiladi. Misol tariqasida gliserin va para-ftal kislotaning kondensatlanishini ko'rsatish mumkin. Bu reaksiyada gliserin avval bifunksional gruppali modda sifatida qatnashib, chiziqli polikondensat - gliftal smolalar hosil qiladi: t0 nCH2OH - CHOH - CH2OH + nHOOC -C6H4 - COOH → H -[- OCH2 - CHOH - CH2 - O - OC - C6H4 - CO - ]n - OH + (2n - 1)H2O Pirovardida, yuqori temperatura ta'sirida gliserinning uchinchi funksional gruppasi ham reaksiyaga kirishib, fazoviy - to'rsimon tuzilishga ega polikondensat hosil qiladi. Hozirgi kunda YuMB lar (poliamidlar,poliefirlar, fenol-formal'degid, mochevina-formal'degid, melamin-formal'degid, kremniy-organik polimerlar) sintez qilishda polikondensatlanish reaksiyalaridan samarali foydalanilmoqda. Dikarbon kislotaning murakkab efirlari ham reaksiyaga kirishishi mumkin. Biroq bu holda reaksiya natijasida suv emas, balki spirt ajralib chiqadi: t0 nH2N-R-NH2 + R''O-OC-R'-CO-OR'' → [HN-R-NH-CO-R'-CO]n + 2R''OH Polikondensatlanish jarayonida molekulyar massasi uncha katta bo'lmagan polimerlar hosil bo'ladi. Buning sababi quyidagi holatlar orqali tushuntiriladi; 1. Polikondensatlanish jarayonida qatnashuvchi monomerlar tarkibidagi funksional guruhlarning ekvivalent miqdori buzilishi. 2. Polikondensatlanish jarayonida hosil bo'layotgan quyi moleko'lyar moddalarning reaksion muhitdan to'liq ajratish mumkin bo'lmaganligi (suv, kislota va bioshhqalar). 3.Polikondensatlanish jarayonida, qo'shimcha oraliq reaksialarning sodir ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:58:48
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
346.4 KB
Ko'rishlar soni
139 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:58 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
346.4 KB
Ko'rishlar soni
139 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:08 ]
Arxiv ichida: doc