Polimer eritmalarini tayyorlash va tozalash Og'zi mahkam yopiladigan probirkaga maydalangan polimer namunasidan 1gr va erituvchidan 10 ml solinib, uy temperaturasida 2 soat saqlanadi. Bu vaqt ichida ba'zan probirkani chayqatib turish kerak. Oradan 2 soat o'tgach, probirkadagi o'zgarishga qarab, polimerning erigan yoki bo'kkanligi aniqlanadi. Agar polimer qisman erigan yoki bo'kkan bo'lsa, uning eruvchanligini yuqoriroq temperaturada tekshirish kerak. Buning uchun probirkaning og'ziga qaytarma sovutgich o'rnatib, probirka 30 minut davomida suv hammomida isitiladi-da, namunaning eriganligi yoki bo'kkanligi kuzatib turiladi. Eruvchanlikni miqdoriy jihatdan aniqlash. Ko'pincha, erituvchilarning eritish xususiyatini bilish kifoya qilmay, balki polimerni qancha miqdorda erita olishini ham bilish zarur bo'ladi. Bunday hollarda polimer eritmasini loyqatish uchun sarflangan cho'ktiruvchi miqdoriy aniqlanadi. So'ngra cho'ktiruvchi moddaning erituvchi hajmiga nisbati hisoblab topiladi va bu nisbat polimerning erish miqdorini xarakterlaydi. Demak, eritmani loyqalatish uchun cho'ktiruvchi qancha ko'p kerak bo'lsa, erituvchining eritish xususiyati shuncha yaxshi deb hisoblanadi. Tajriba o'tkazish tartibi: konussimon kolbaga maydalangan polimerdan 1gr solinib, 10 ml erituvchida eritiladi, eritma ustiga byuretkadan cho'ktiruvchi tomiziladi (kolbani doimo chayqatib turish zarur). Kolbadagi tiniq eritma loyqalangandan so'ng, cho'ktiruvchi modda tomizish to'xtatiladi va 1ml erituvchiga to'g'ri keladigan cho'ktiruvchi miqdori (ml) hisoblab topiladi. Ba'zi polimerlar uchun tavsiya etilgan erituvchi va cho'ktiruvchilar Polimerlarni tozalash. Odatda, yangi olingan polimerlarda har xil qo'shimchalar (ko'pincha, reaksiyaga kirishmay qolgan monomer) bo'ladi. Polimerning xossalarini o'rganishdan oldin, uni qo'shimchalardan tozalash zarur, chunki qo'shimchalar juda oz miqdorda bo'lsa ham polimerning xossalariga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Polimer bu qo'shimchalardan qayta cho'ktirish yo'li bilan tozalanadi. 3-5 gr og'irlikdagi namuna 50 ml erituvchida eritiladi. Hosil bo'lgan eritma boshqa kolbadagi 100 ml cho'ktiruvchi ustiga qo'yiladi. Polimerning to'la cho'kganligini aniqlash uchun tinigan eritma va cho'ktiruvchi aralashmasiga cho'ktiruvchidan yana bir necha ml quyiladi. Bu vaqtda loyqa hosil bo'lmasa, polimer to'la cho'kkan bo'ladi. Cho'ktirilgan polimer ajratib olingach, u erituvchi va cho'ktiruvchi moddalar aralashmasi bilan bir necha marta yuviladi-da, vakuum ostida og'irlik o'zgarmay qolguncha quritiladi. Eritmalarning qovushoqlignini aniqlash usuli bilan molekulyar massani topish. Suyultirilgan eritmalarning qovushoqligini o'lchash orqali polimerlarning molekulyar massasini topish oddiy va keng tarqalgan usul hisoblanadi. Shtaudinger polimer molekulyar massasi bilan suyultirilgan eritma qovushoqligi orasidagi bog'lanishni quyidagicha ifodalaydi: η col η col -- = KM M bundan M = -- C KM · C Eritmaning ma'lum kontsentratsiyadagi solishtirma qovushoqligi aniqlanib Km ning ma'lum qiymati qoyilsa, bu tenglamadan polimerning molekulyar massasi hisoblab chiqariladi. Molekulyar massani aniqlash uchun zarur bo'lgan Km ning qiymatini biror boshqa usul (masalan, osmometrik yoki qoldiq funktsional gruppalar analizi) yordamida aniqlanib polimerning molekulyar massasini topish mumkin. Bu usul bilan molekulyar massalari 500 dan 100 00 ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:58:48
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.5 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:58 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.5 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:08 ]
Arxiv ichida: doc