Полимер эритмаларининг гидродинамик хоссалари Режа: 1. Polimer eritmalarining qovushoqligi 2. Qovushqoqlik haddiga haroratning ta'siri 3. Polimerlarning to'yingan eritmalari 4. Iviqlar 1.Polimer eritmalarining qovushoqligi Qovushoqlik - suyuqlik va eritmaning o'z zarrachalarining bir-biriga nisbatan siljishiga, oqishiga, oqishga qarshilik ko'rsatish qobiliyatidir. Qovushoqlikni aniqlashning bir necha usullari mavjud. Ulardan, qovushqoqlikni kapillyar viskozimetrlar bilan aniqlashning keng tarqalgan usuli faqat suyultirilgan (konsentrasiyasi 1,0 - 3,0 % dan otiq bo'lmagan) eritmalar uchun qo'llaniladi. Yuqori konentrasiyali eritmalar-ning qovushqoqligini o'lchash uchun odatda sharikli viskozometr-lardan foydalaniladi. Bo'kkan polimerlarning qovush-qoqligini aniqlash mumkin emas. Bo'kkan polimerlarda plastik oqim o'lchanadi. Plastiklik Gepler konsistometri tipidagi asboblarda aniqlanadi. Polimer eritmalarining qovushoqligi quyidagi o'ziga xos xususiyatlarga ega: 1. Polimer eritmalarining qovushoqligi odatda quyi molekulyar birikmalar eritmalarining qovushoqligidan bir qancha yuqori bo'ladi. 2. Polimerlarning suyultirilgan eritmalarigina Nyuton va Puayzel qonunlariga bo'ysunadi, ya'ni ularning qovushoqligi bosimga bog'liq bo'lmaydi. 3.Yuqori molekulyar birikmalar eritmalarining qovushoqligi konsentrasiya ortishi bilan ortib boradi. Polimer eritmalarining Puayzel tenglamasidan chetga chiqish sabablari Ma'lumki, qovushqoqlikni kapillyar asboblar yordamida aniqlash qovushqoqlikni kapillyardan o'tuvchi suyuqlik tezligi bilan bog'liqligini ifodalovchi Golen Puayzel tenglamasiga asoslangan: Bunda: P- suyuqlikka ta'sir qiluvchi gidrostatik bosim; Q - kapillyardan T vaqt oralig'ida oqib o'tgan suyqlik miqdori; r- kapillyar radiusi; l - kapillyar uzunligi; η- sistemaning absolyut qovushqoqligi. Demak, ∆P = ∆h∙ρ bo'ladi, bunda ∆h- suyuqlik ustunining balandligi, ρ- suyuqlik zichligi. Viskozimetr uchun o'zgarmas qiymat η = Kρt Eritma qovushoqigining erituvchi qovushoqligiga nisbati nisbiy qovush- qoqlik deyiladi. t va t0 eritma va erituvchining oqish vaqti. Polimer eritmalar qovushoqligi xossalarning Puayzel tenglamasidan chetga chiqishiga ikki xil sabab bor: birinchidan, eritmadagi shar shaklidagi g'ujanak makromolekula oqish vaqtida rostlanadi va oqim yo'nalishi bo'yicha oriyentasiya-lanadi. Natijada oqimga ko'rsatila-digan qarshilik va demak, qovushoqlik kamayadi. Ikkinchidan, konsentrlangan eritmalardagi makromolekulalar bir-biriga yaqinlashadi va assosiatlar hosil bo'lishi imkoniyati ortadi; assosiatlar esa oqimga kuchli qarshilik ko'ratadi. Bosim ortishidan oqimning tezlashib assosiatlar yemirila boshlaydi. Natijada oqimga bo'lgan qarshilik, ya'ni qovushoqlik kamayadi. Qovushiqlik koeffisiyentining tempera-turaga bog'liqligini quyidagi tenglama bilan ifodalash mumin: Bunda A - doimiy qiymat; E- faollanish energiyasi, ya'ni 1 mol moddani faol holga keltirish uchun sarf qilinadigan energiya. R- gaz doimiyligi; T- absolut harorat. e- natural logarifmlar asosi. Polimer eritmalari qovushoqligining konsentrasiyaga bog'liqligi ηсол 1- quyi molekulyar modda; 2- yuqori molekulyar birikma eritmalari Umuman polimer eritmalariga oid nazariy tushunchalarni tatbiq qilish uchun quyidagi shartlar mavjud bo'lishi kerak: 1) erigan modda zarrachasi sferik (sharsimon) shaklga ega bo'lishi va u erituvchi bilan o'zaro ta'sirlashmasligi kerak; 2) erigan modda zarrachalari orasidagi masofa shu qadar katta bo'lishi kerakki, ular orasida o'zaro ta'sir bo'lmasin; 3) dispers fazaning hajmi ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:58:48
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
181.63 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:08
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 May 2024 [ 07:58 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
181.63 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:08 ]
Arxiv ichida: ppt