Polimer moddalarning olinishi va hosalari Reja: 1) Polimerlarning olinishi va tuzilishi 2) Sopolimerlanish 3) Polikondensatlanish reaksiyalari Yuqori molekulyar birikmalar (YMB) kelib chiqishi bo'yicha 3 ga bo'linadi: 1) tabiiy; 2) sintetik va 3) sun'iy. Tabiiy YMBlarga o'simlik va hayvonot dunyosida keng tarqalgan va ularning hayoti uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan selluloza, kraxmal, oqsillar, nuklein kislota, lignin va tabiiy kauchuklar va boshqalar kiradi. Shun'iy YMB tabiiy yuqori molekulyar birikmalarni kimyoviy qayta ishlash natijasida hosil qilinadi. Masalan, viskoza va asetat tolalari -sellulozani qayta ishlash, rezina esa tabiiy kauchukni vulkanlash mahsulidir. Sintetik YMBlarga sintetik plastik massalar, kauchuklar va sintetik tolalar kiradi. Sintetik YMB tabiatda uchramaydigan va polikondensatlanish reaksiyalari asosida sintez qilib olinadi. YMB ko'pincha polimerlar (grekcha poli -ko'p, meros -qism ma'nosiga ega) ham deb ataladi. Bir necha ming molekulalari o'zaro birikib, polimer hosil qiladigan quyi molekulyar moddalar monomerlar deyiladi. Masalan, quyidagi reaksiyada: nCH2 = CH2 (-CH2 - CH2-)n etilen-monometr polietilen-polimer Polimer molekulalari makromolekula ham deyiladi. Makromolekula ko'p marta takrorlanadigan atomlar gruppasi -CH2 - CH2 -struktura birikmalari deyiladi. Polimer molekulasidagin soni monomerning necha molekulasi birikib, makromolekula hosil qilishini ko'rsatadigan sob bo'lib, polimerlanish darajasi deyiladi. YMBlar tuzilishi va xossalari jihatidan juda turli-tumandir. Lekin shu bilan bir qatorda polimer moddalarning o'ziga xos xususiyatlari ham bor. YMBlarning molekulyar massasi juda katta bo'lib, bir necha mingdan bir necha milliongacha bo'ladi. Odatda, YMBlar molekulyar massasi turlicha bo'lgan makro-molekulalarnig aralashmasidan tashkil topgan. YMBlarning molekulyar massasi juda katta bo'lib, bir necha mingdan bir necha milliongacha bo'ladi. Odatda, YMBlar molekulyar massasi turlicha bo'lgan makro-molekulalarnig aralashmasidan tashkil topgan. Shu sababli, ham polimerlarning molekulyar massasi uning tarkibiga kirgan makromolekulya molekulyar massasining o'rtacha qiymatiga tengdir. YMB larning fizik va mexanikaviy xossalari ko'p jihatdan ularning molekulyar massasiga og'liq. Molekulyar massasining ortib borishi bilan quyi molekulyar moddalar uchun xarakterli bo'lgan diffuziya, uchuvchanlik, eritmalardagi harakatchanlik singari xossalsr asta-sekin yo'qolib, makromolekulalarning o'ziga xos )bo'qish, yuqori qovushqoqlik, qizidirilganda haydalmasdan parchalanish kabi) xususiyatlari paydo bo'ladi. Polimerlarning olinishi va tuzilishi Sintetik polimerlar ikki usulda polimerlanish va polikondensatlanish reaksiyalari orqali sintez qilinadi. Polimerlanish reaksiyasi -quyi molekulyar moddalar -monometrlarning o'zaro birikib YMB hosil qilish reaksiyadir. Polimerlanish molekulalararo birikish reaksiyasi bo'lib, bunda polimerdan boshqa qo'shimcha mahsulot hosil bo'lmaydi. Polimerlanish monometr tarkibidagi qo'shbog'ning uzulishi yoki halqaning ochilishi hisobiga yuqori temperatura, bosim, yorug'lik, katalizator ta'sirida sodir bo'ladi. Polimerlanish reaksiyasining mexanizmi monomerning tabiatiga qarab zanjirli va bosqichli bo'ladi. Bosqichli polimerlanish sekin, zanjirli esa unga nisbatan tez ketadi. Zanjirli polimerlanish o'z navbatida radikal va ionli mexanizmda boradi. Polimerlarning olinishi va tuzilishi Sintetik polimerlar ikki usulda polimerlanish va polikondensatlanish reaksiyalari orqali ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:58:48
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
7.97 MB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:09
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:58 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
7.97 MB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:09 ]
Arxiv ichida: pptx