Polimer molekulasining qayishqoqligi

Polimer molekulasining qayishqoqligi

O'quvchilarga / Kimyo
Polimer molekulasining qayishqoqligi - rasmi

Material tavsifi

Polimer molekulasining qayishqoqligi Reja: Konformatsion izomeriya va makromolekulalarning konformatsiyasi. Makromolekulalarning bukuluvchanligi. Makromolekula uchlari orasidagi o'rtacha masofa. Kun sigmenti. Asosiy tayanch tushunchalar Konformatsiya, izomeriya, bukuluvchanlik, Kun sigmenti, konfiguratsiya. Molekuladagi qayishqoqlik mohiyatini tushunish oson bo'lsin uchun, avvalo etan va dixloretan molekulalarini ko'rib chiqaylik. Molekula o'z o'qi atrofida erkin aylanadi, deb faraz qiladigan bo'lsak, bunda vodorod atomlarining fazodagi o'rni C ━ C bog' o'qi atrofida o'zgarib, etan molekulasi turli k onformatsion shaklga ega bo'lishi mumkin. Bir holatda birinchi metil gruppadagi vodorod atomlari ikkinchi metil gruppadagi vodorod atomlari ustiga aniq tushsa ( tsis - holat, boshqa bir holatda vodorod atomlarining fazoda joylanishi biri ikkinchisiga nisbatan 60 0 siljigan ― trans - holat bo'lib, uglerod atomlarining orni o'zaro o'zgarmay qoladi. Molekula bir holatdan ikkinchi holatga o'tganda, uning potentsial energiyasi U burilish burchagi φ ga mos ravishda o'zgaradi, ya'ni U = ƒ (φ ) bo'ladi. Agar etan molekulasini (a) holatdagi potentsial energiyasini U1, (b) holatdagi potentsial energiyasini U2 desak, ular bir - biriga teng bo'lmaydi: U1 ≠ U2. Etan molekulasining potentsial energiyasini burilish burchagiga bog'liq holda o'zgarishi mumkin. Dixloretan molekulasining simmetrik darajasi etan molekulasinikidan kam bo'lganligi uchun, atomlar gruppalarining bir - biriga nisbatan fazoda erkin aylanishi natijasida bir xil ehtimollikka ega bo'lgan 4 xil shakl o'zgarishi sodir bo'lishi mumkin. Qolgan shakl holatlari shu shakl o'zgarishining ko'zgudagi aksidir. Bunda molekulaning potentsial energiyasining burilish burchagiga bog'liq holda o'zgarishi, etan molekulasidagiga qaraganda ancha murakkab bo'lib φ burchakning 00, 1200, 2400 qiymatlarida minimumga ega bo'ladi. Energiyaning maksimum va minimum holati orasidagi farq e n e r g e t i k yo k i p o t e n ts i a l g' o v (to'siq) deb ataladi. Etan molekulasi uchun energetik g'ov 11,7 k mol ga teng. Demak, etan molekulasida ham ichki aylanish chegaralangan bo'lib, u potentsial g'ov tufayli erkin bo'lolmaydi. Muvozanat holat atrofida esa metil gruppalar minimum potentsial energiya bilan tebranishi mumkin. Uglevodlar va ularning hosilalarida uglerod atomlarining sonini ortib borishi, ular molekulasining fazoda turli xil holatlarda joylanish imkoniyatini yana ham oshiradi. Issiqlik harakati natijasida uzunligi yetarlicha katta bo'lgan makromolekula fazoda asta - sekitn har xil shakllarni, ya'ni cho'zinchoq yoki chigal tartibsiz g'ujanak shakllarni olishi mumkin. Polimer zanjirlarining issiqlik harakati tufayli hosil bo'lgan b u n d a y a y l a n i sh i z o m ye r l a r i m a k r o m o l ye k u l a l a r n i n g ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.2 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.2 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga