Polimer tarkibidagi funksional guruhlarni aniqlash usuli bilan molekulyar massani topish

Polimer tarkibidagi funksional guruhlarni aniqlash usuli bilan molekulyar massani topish

O'quvchilarga / Kimyo
Polimer tarkibidagi funksional guruhlarni aniqlash usuli bilan molekulyar massani topish - rasmi

Material tavsifi

Polimer tarkibidagi funktsional gruppalarni aniqlash usuli bilan molekulyar massani topish Reja: Raqamli molekulyar massa. Funksional gruppalar tutgan monomerlar. Funksional gruppalar analizi. Polikondensatlanish reaksiyalari. Asosiy tayanch tushunchalar Raqamli molekulyar , funksional gruppa, polikondensatlanish, titr, analiz, indicator, poliefir. Agar chiziqsimon polimer zanjiri uchida miqdoriy ximiyaviy usullar yordamida aniqlanishi mumkin bo'lgan qoldiq funktsional gruppalar bo'lsa, ximiyaviy analiz ma'lumotlari asosida polimerning o'rtacha molekulyar massasini hisoblab chiqarish mumkin: ƶ M = -- n2 bunda: ƶ har makromolekuladagi qoldiq funktsional gruppalar soni; n 1 gramm namunadagi funktsional gruppalarning gmol (ekvivalent) miqdori. Bu usul yordamida molekulyar massasi 20 00 gacha bo'lgan polimerlarning molekulyar massasini aniqlash mumkin. Molekulyar massasi juda yuqori bo'lgan polimerlarda funksional gruppalar kontsentratsiyasi shunchalik kichikki, uning miqdorini aniq o'lchab bo'lmaydi. Bundan qati nazar, bu usul polikondensatsiya reaksiyalari bilan olingan polimerlarning molekulyar massasini aniqlashda muhim rol oynaydi. Polikondensatsiya reaksiyalari bilan oligan polimerlar tarkibida ko'pincha kislota yoki ishqoriy xarakterli yoki reaktsion xususiyatga ega bo'lgan funktsional gruppalar bo'ladi. Misol tariqasida poliefirlarning qoldiq karboqsil gruppalarni yoki poliamidlarning so'nggi amin gruppalarni keltirish mumkin. Bunday gruppalar titrlash yo'li bilan oson aniqlanadi. Chiziqsimon kondensatsion polimerlarning molekulyar massasi odatda 20 00 dan kam bo'ladi. Shuning uchun bunday polimerlarning molekulyar massalarini ushbu usul bilan aniqlash ancha qulay. Nazorat uchun savollar va topshiriqlar 1.Polikondensatlanish reaksiyalari deb nimaga aytiladi? 2. Funksional guruhlarda analiz qilish usullari? 3. Qanday indikatorlarni bilasiz? 4. Qanday inisiator va ingibitorlarni bilasiz? Eritmalarning qovushoqlignini aniqlash usuli bilan molekulyar massani topish. Mavzuning asosiy masalalari Molekulyar massani topishning qanday usullari bor? Polidespirslik nima va u qanday tavsiflanadi? Erish va bo'qish jarayonlari. Nisbiy, solishtirma va xaraktiristik qovushqoqlik. Mark-Kun-Xaunk tenglamasi. Asosiy tayanch tushunchalar Viskozometriya, polidesperslik, erish va bo'qish, nisbiy, solishtirma va xaraktiristik qovushqoqlik, grusha, diffuziya, konformatsiya. Suyultirilgan eritmalarning qovushoqligini o'lchash orqali polimerlarning molekulyar massasini topish oddiy va keng tarqalgan usul hisoblanadi.Shtaudinger polimer molekulyar massasi bilan suyultirilgan eritma qovushoqligi orasidagi bog'lanishni quyidagicha ifodalaydi: τ col η col -- = KM M bundan M = -- C KM · C Eritmaning ma'lum kontsentratsiyadagi solishtirma qovushoqligi aniqlanib Km ning ma'lum qiymati qoyilsa, bu tenglamadan polimerning molekulyar massasi hisoblab chiqariladi. Molekulyar massani aniqlash uchun zarur bo'lgan Km ning qiymatini biror boshqa usul (masalan, osmometrik yoki qoldiq funktsional gruppalar analizi) yordamida aniqlanib polimerning molekulyar massasini topish mumkin. Bu usul bilan molekulyar massalari 500 dan 100 00 gacha bo'lgan polimerlarning moleklyar massalarini topish mumkin. Yaxshi natija olish uchun qovushoqlik juda suyultirilgan eritmalarda (ya'ni eritmaning kontsentratsiyasi nolga intilgan sharoitda) o'lchanishi kerak. Bunda Km doimiyligi berilgan erituvchi uchun ma'lum bo'lishi kerak. Ammo bu shartlarning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.93 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.93 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga