Polimerlanish darajasi kamayishiga olib keluvchi reaksiyalar

Polimerlanish darajasi kamayishiga olib keluvchi reaksiyalar

O'quvchilarga / Kimyo
Polimerlanish darajasi kamayishiga olib keluvchi reaksiyalar - rasmi

Material tavsifi

Polimerlanish darajasi kamayishiga olib keluvchi reaksiyalar Polimer materiallarida ularni qayta ishlash va foydalanish jarayonida issiqlik, nur, havodagi kislorod, kimyoviy reagentlar, mexanik kuchlar, mikroorganizmlar va boshqa omillarning ta'siri natijasida turli xil fizikaviy va kimyoviy hodisalar sodir bo'ladi. Buning natijasida polimerlarning fizikaviy va fizik-kimyoviy xossalari yomonlashadi. Bu jarayon ko'pincha polimer makromolekulalardagi asosiy bog'larning uzilishi oqibatida molekular massaning kamayishi hisobiga sodir bo'ladi. Makromolekulaning turli xil fizikaviy va kimyoviy agentlar ta'sirida parchalanishi destruksiya deyiladi. Shunday qilib, destruksiya natijasida polimerning molekular massasi kamayadi, kimyoviy tuzulishi, fizikaviy va mexanik xossalari o'zgaradi. Demak, polimerlarni qayta ishlashda va ulardan foydalanishda, kimyoviy usullar bilan xossalarini o'zgartirganda, destruksiya jarayonini sodir bo'lishi salbiy oqibatlarga olib keladi. Lekin, bu jarayon yuqorimolekular birikmalar kimyosida ijobiy rol ham o'ynaydi. Destruksiya yordamida, odatda, tabiiy polimerlardan kerakli quyimolekular moddalarni hosil qilishda foydalanish mumkin. Bunday destruktiv reaksiyalar yordamida polimerlarning kimyoviy qurilishini aniqlashda hamda ular xossalarini yaxshilashda foydalanish mumkin. Polimerlar kimyoviy va fizikaviy ta'sirlar ishtirokida destruksiyaga uchraydi. Kimyoviy destruksiyani turli kimyoviy reagentlar (suv, kislota, ishqor, tuz, spirt, kislorod va hokazalar), fizikaviy destruksiyani esa fizikaviy ta'sirlar (issiqlik,yorug'lik, mexanik energiya, turli nurlar va hoka'zolar) keltirib chiqaradi. Kimyoviy destruksiya, odatda, geterozanjirli polimerlarga taaluqli va oxirgi mahsulot sifatida boshlang'ich moddalar hosil bo'ladi. C-C bog'i kimyoviy reagentlar ta'siriga chidamli bo'lgani uchun to'yingan karbozanjirli polimerlar destruksiyaga nisbatan kam uchraydi. Destruksiyaning barcha turlarida eng avvalo, polimerlarning o'rtacha molekulyar massasi va unga bog'liq bo'lgan fizik-mexanik xossalari o'zgaradi. Molekulyar massaning ozgarishi denolimerlanish va kimyoviy bog'larning tasodifiy uzilish reaksiyalaritufayli sodir bo'ladi. Destruktiv jarayonlarni tekshirishda fizik-kimyoviy usullar, spektroskopik, gazoxromatografik, differensial termik analiz, masspektroskopik, termogravimetrik analiz va boshqa usullardan foydalaniladi. Polimer makromolekulalarida polimerlanish darajasining kamayishi bilan boradigan reaksiyalarni destruksiya reaksiyalari deyiladi. Polimerlardan foydalanish, ularni saqlash va qayta ishlashda, shuningdek ximiyaviy o'zgarishlarga uchratish vaqtida destruktiv jarayonlari sodir bo'ladi.destruktsiya natijasida polimerlarning ko'pgina fizik - ximiyaviy va mexanikaviy xossalari o'zgaradi (ya'ni yomonlashadi). Bunga asosiy sabab destruktsiya vaqtida polimer makromolekulasida boradigan parchalanish reaksiyalaridir. Demak, destruktiv jarayonlar ko'p hollarda maqsadga muvofiq kelmaydigan zararli oqibatlarga olib keladi. Bundan destruktsiya jarayonlarining hammasi zararli deb xulosa chiqarish xato bo'lur edi. Ko'p hollarda tabiiy va sintetik polimerlardan destruktsiya yordamida qimmatbaho past molekulyar moddalar hosil qilish mumkin. Masalan, kraxmal va tsellyulozani gidrolizlab glyukoza olinadi yoki tabiiy oqsil kollagenin gidrolizlanganda meditsinada va oziq - ovqat sanoatida ishlatiladigan har xil aminokislotalarning aralashmalarini hosil qilishi mumkin. Yoki biror bir polimerning strukturasini o'rganish uchun ko'p hollarda uni destruktsiyaga uchratish va analiz qilish foydadan xoli emas. Sintetik polimer polimetilmetakrilat destruktsiyaga uchratilganda monomer metilmetakrilat olinadi. Demak, destruktsiya jarayonlari sharoitga qarab foydali yoki zararli bo'lishi mumkin. Destruktsiya ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 878.65 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 878.65 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga