Polimerlanish jarayonlari

Polimerlanish jarayonlari

O'quvchilarga / Kimyo
Polimerlanish jarayonlari - rasmi

Material tavsifi

Polimerlanish jarayonlari Reja: Radikal polimerlanish. Faol markaz hosil bo'lishi, zanjirni o'sishi va uzulish reaksiya tenglamalari. Inisiator va uning turlari. Radiatsion polimerlanish. Siklik poilimerlanish. Ionli polimerlanish. Polikondensatlanish reaksiyalari. Migratsion polimerlanish. Asosiy tayanch tushunchalar Radikal, Inisiator, ingibitor, Radiatsion, Siklik, Migratsion, Ionli, Polikondensatlanish. Molekulasida bir yoki bir necha xil aktiv funktsional gruppalari bo'lgan quyi molekulyar moddalar monomer molekulalarining o'zaro birikib, yuqori molekulyar birikma hosil qilish jarayoniga polimerlanish deyiladi. Polimerlanish jarayonida qatnashayotgan quyi molekulyar moddalarning soniga qarab gomopolimerlanish (faqat bitta modda qatnashsa) va sopolimerlanish (ikki va undan ortiq modda qatnashsa) jarayoni sodir bo'ladi. Polimerlanish jarayonida yuqori molekulyar birimalardan boshqa qo'shimcha mahsulot hosil bo'lmaydi, chunki jarayon nihoyasida hosil bo'lgan polimer tarkibi dastlabki moddaning tarkibiga mos kelishi kerak. Shu sababli polimerlanish jarayonini umumiy holda quyidagicha ifodalash mumkin: polimerlanish nM--→ (-M-)n Polimerlanish jarayoniga kirisha oladigan quyi molekulyar moddalar -- monomerlar bo'lib, ular o'zaro birikishidan polimerlar hosil bo'ladi. Molekulasi tarkibida qo'shbog', uchlamchi bog' bilan bog'langan atomlarga ega bo'lgan, shuningdek yopiq halqali quyi molekulyar moddalar polimerlanish jarayoniga kirisha oladi. Polimerlanish jarayoni asosan qo'shbog' yoki uchlamchi bog'larning uzilib monomer zvenolari orasida yangi birlamchi bog'lar hosil qilishi orqali amalga oshishi mumkin. Masalan: CH2 = CH + CH2 = CH + CH2 = CH + …→ | | | R R R → - CH2 -CH-CH2-CH-CH2-CH- … | | | R R R CH2 - CH2 + CH2 - CH2 + CH2 - CH2 + . . . → NH NH NH → - CH2 ― CH2 ― NH ― CH2 ― CH2 NH ― CH2 ― CH2 ― NH ― Shu bilan bir qatorda polimerlanish jarayonlari monomerlarning tabiatiga, aktivligiga va jarayon sharoitiga qarab molekulalararo ta'sir natijasida geterologik parchalanish, ya'ni ionlarga ajralish yoki gomolitik parchalanish, ya'ni aktiv erkin radikallar hosil bo'lishi natijasida polimerlanish jarayoni amalga oshadi. Ba'zi hollarda polimerlanish jarayoni, zaryad uzatuvchi komplekslar (ZUK) ta'sirida sodir bo'ladi. Polimerlanish natijasida monomer molekulasi tuzilishidagi toyinmagan bog'lar, toyingan birlamchi valent bog'larga aylanadi: dien uglevodorodlarda esa qo'shbog'lar kamayib boradi. Masalan: n CH2 = CH ― C = CH2 → . . . [ ― CH2 ― C = CH ― CH2 ]n | | CH3 CH3 Yuqorida qayd etilgan toyinmagan uglevodorodlar va ularning bir qator hosilalaridan polimerlanish tufayli sanoat uchun qimmatli xomashyo hisoblangan karbozanjirli yuqori molekulyar birikmalar olinadi. Bular orasida polietilen, polipropilen har xil fazoviy tuzilishga ega bo'lgan polibutilen, polivinilxlorid, poliviniledenxlorid, polivinilftorid, turli xil kauchuklar, teflon, yuqori haroratga chidamli ftoroplastlar, poliakrilatlar, polivinilatsetatlar, poliakrilonitril va ularning o'zaro polimerlanishidan hosil bo'lgan sopolimerlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.02 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.02 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga