Polimerlar eritmalari nazariyasi

Polimerlar eritmalari nazariyasi

O'quvchilarga / Kimyo
Polimerlar eritmalari nazariyasi - rasmi

Material tavsifi

Polimerlar eritmalari nazariyasi Polimerlarning quyi molekulyar suyuqliklar bilan o'zaro munosabatini o'rganish yuqori molekulyar birikmalar sintez qilish, ularni qayta ishlash va ulardan tayyorlangan buyumlardan turli agressiv suyuqliklar muhitida foydalanish kabi jarayonlar uchun muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, polimerlarni qayta ishlashjarayonida plastifikator (ko'pincha-organic suyuqlik)larning polimerlar bilan qo'shila olishiga moyilligi, ya'ni bir jinsli eritma hosil qila olish xususiyatiga bog'liq bo'ladi. Bundan tashqari, polimer eritmalarimakromolekulalarning shaklini aniqlash, ularning tarmoqlanish darajasi va xarakterini o'rganishda ham muhimdir. Polimer molekulyar massasini aniqlashning muhim usullari ham eritmalarning ba'zi xossalarini o'rganishga asoslangan. Polimerlarning quyi molekulyar suyuqliklar bilan o'zaro ta'siridan chin eritma, kolloid eritma va iviqlar hosil bo'lishi mumkin. Quyida chin eritma va kolloid sistemaning o'ziga xos belgilari keltirilgan: Yuqori molekulyar birikmalar eritmasi quyi molekulyar moddalar eritmasi kabi ionlarga ajraladigan elektrolitga hamda ionlarga ajralmaydigan elektrolitmas eritmalarga bo'linadi. Hozirgi vaqtda bir qator ionlarga ajraluvchi sintetik polielektrolitlar sintez qilingan. Ular erish paytida ionlarga ajralib, makromolekulada davriy ravishda qaytarilib turuvchi zaryadlanganionlarga ajraladi. Misol uchun poliakril kislota, polimetakril kislota va boshqalar. Bunday polimerlarning tuzlari suvda eriganda quyidagicha ionlarga ajralib turadi: - CH2 - CH - CH2 - CH - → - CH2 - CH - CH2 - CH - │ │ │ │ COONa COONa COO- Na+ COO- Na+ o'rganiladi. Demak Polielektrolitlarning suvdagi eritmasi chin eritmalar namoyon qiladigan xossalarga ega bo'ladi. Biroq polimerlarning ion eritmasi o'ziga xos bir qator xossalari bilan boshqa eritmalardan keskin farq qiladi. Polimerlarning juda suyultirilgan eritmalarini yuqori qovushoqlikka egaligi va erish davrida bo'qish hodisasini kuzatilishi bunga misol bo'ladi. Demak, polimerlarning erish jarayoni juda murakkab bo'lib, u asosan quyidagi faktorlarga: a) erituvchi va polimerning kimyoviy tabiatiga; b) polimerning molekulyar massasiga; v) polimer zanjirining qayishqoqligiga; g) makromolekula tarkibiy qismlarining zichligiga; d) polimerning fazoviy holatiga; e) zanjirning kimyoviy tarkibi bir xil emasligi; y) haroratga va boshqa faktorlarga bog'liq bo'ladi. Yuqori molekulyar birikmalar eritmasi termodinamik barqaror sistemadir. Ular istalgan muddatgacha o'z barqarorligini saqlab qola oladi. Yuqorida takidlanganidek yuqori molekulyar birikmalar eritmalarining asosiy xususiyatlaridan biri uning qaytarligidir. Boshqacha aytganda, eritma muvozanatga har tomonlama kela oladi va bu holat muvozanat sodir bo'lishi usuliga bog'liq emas. Shu sababdan ham eritmalarning muvozanat holati tenglamasi - Gibbsning fazalar qoidasini yuqori molekulyar birikmalar eritmalariga ham qo'llash mumkin. Malum'ki, ko'p fazali va ko'p komponentli sistemalar muvozanat holatining asosiy qonuni Gibbsning fazalar qoidasidir. Fazalar qoidasiga binoan eritmalardagi muvozanat shu sistemaning faza (F) va komponentlar soni (K) hamda erkinlik darajasi (E) ga bog'liq: E = K + 2 - F bunda: E - erkinlik darajasi, K - komponentlar soni, F - fazalar soni. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.78 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.78 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga