Polimerlar to'g'risidagi umumiy tushunchalar Reja: Monomer, polimer, makromolekula polimerlanish darajasi. Yuqori elastik va qovushqoq oquvchan holatlar. Polimerlarni erish xususiyatlari. Yuqori molekulyar birikmalar. Yuqori molekulyar birikmalar (KMB) deb molekulalari bir necha minglab atomlardan tashkil topgan katta molekulyar massasi birikmalarga aytiladi. Bunday gigant molekulalar makromolekula deyiladi. Tirik tabiatda paxta, jun, ipak, yog'och, charm, kauchuk kabi ko'plab yuqori molekulyar birikmalar uchraydi. Kishilar qadim zamonlardan biri tabiiy KMB dan kiyim-kechaklar, oyoq kiyimlari, uylar, mehnat qurollari tayyorlashda foydalanib kelganlar. Ammo KMB ishlab chiqarishning qimmatligi, assortimenti, mexanik xossalari, resurslari, ularga bo'lgan sanoatning hamda kishilarning xo'jalik faoliyati talablarini qondira olmadi. XIX asrning oxirlarida sanoatda tabiiy KMB ni kimyoviy modifikatsiyalab ishlab chiqarish o'zlashtirildi. Taxminan 80 yillar ilgari birinchi sintetik KMB ishlab chiqaruvchi korxonalar paydo bo'ldi. Hozirgi vaqtda sintetik yuqori molekulyar birikmalar (SKMB) plastmassa, kauchuk, tola, plyonka, lak va boshqalar shu qadar muhim ahamiyatga ega bo'lib qoldiki, ularsiz xo'jalikning biror tarmog'i ham rivojlana olmaydi. Dunyoda KMB rangli metallarga nisbatan miqdor jihatdan ham, sifat jihatdan ham ko'p ishlab chiqarilmoqda va o'sish surati davom etmoqda. KMB ishlab chiqarishning bunday tez suratlarda o'sishiga sabab, unda ko'pgina: elastiklik, qattiqlik, mustahkamlik, tiniqlik yoki tiniqmaslik, engillik kimyoviy mustahkamlik, issiqlikka chidamlilik va boshqa ajoyib xossalarning mujassam ekanligidadir. Ularning ayrimlari ko'pgina xossalari bilan tabiiy materiallardan ustun turadi. KMB ni ishlab chiqarish jarayoni va ular asosida buyumlar tayyorlashni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish oson. Shuning uchun ham ular avtomobilsozlik, samolyotsozlik, paroxodsozlikda, elektrotexnika, radioelektronika, kosmonavtikada kimyoviy, yengil, oziq-ovqat, tibbiyot va sanoatning boshqa ko'pgina tarmoqlarida turli buyumlarini tayyorlashda keng ko'lamda ishlatilmoqda. Yuqori molekulyar birikmalarning xossalari, sinflarga bo'linishi va olinish usullari. KMB ni polimerlar ham deyiladi. Polimerlar deb molekulalarning kimyoviy tarkibi va tuzilishi bir xil bo'lgan ko'p marta takrorlanadigan zvenolardan tuzilgan yuqori molekulyar birikmalarga aytiladi. Odatdagi organik birikmalarda molekulaga biror zvenoning yoki gruppaning kiritilishi yoki chiqarilishi ularning fizik kimyoviy xossalarini keskin o'zgartirib yuboradi. Masalan: normal uglevodlarning qaynash temperaturasini o'zgarishini olaylik: S4 N10 -1350S, S6 N4 -990S, S8 N18 -570S, S10 N22 -300S. Ammo mol massasi ortib borgan sayin ularda bu farq kamayib boradi. Masalan, S62 N126+1010S, da qaynasa S64 N139 -1020S da qaynaydi. Polimerlarning molkulyar massasi monomerlarga nisbatan shu qadar kattaki molekulada bitta yoki bir nechta atomlar gruppasining kirishi yoki chiqishi amalda xosalarning o'zgarishiga olib kelmaydi. Polimer makromolekulasida bir xil atomlar gruppasi -zvenolar ko'p marta takrorlanadi. Makromolekuladagi zvenolar (qismlar) soni polimerlanish darajasi deyiladi va u n bilan belgilanadi. Masalan, etilenning polimerlanishida takrorlanuvchi zveno bu -SN2 SN2 vinilxloridning polimerlanishida SN2 - SNSI butadienda SN2- SN= SN- SN2 va hokazo. Polimerning molkulyar massasi M, elementar ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:58:48
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
35.87 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:58 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
35.87 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:09 ]
Arxiv ichida: docx