Polimerlarda desturksiya

Polimerlarda desturksiya

O'quvchilarga / Kimyo
Polimerlarda desturksiya - rasmi

Material tavsifi

Polimerlarda desturktsiya Reja: Desturktsiya jarayonlari. Dipolimerlanish reaksiyalari. Tabiiy va tasodifiy destruksiya. Destruksiyaning foydali va zararli tomonlari. Destruksiya turlari. Oksidlanish destruksiyasi. Kimyoviy destruksiya. Asosiy tayanch tushunchalar Desturktsiya, Dipolimerlanish, gidrolitik, ozonoliz, gidroliz, alkagoliz, aminoliz, denaturatsiya. Polimer makromolekulalarida polimerlanish darajasining kamayishi bilan boradigan reaktsiyalarni d e s t r u k ts i ya r e a k ts i ya l a r i deyiladi. Polimerlardan foydalanish, ularni saqlash va qayta ishlashda, shuningdek ximiyaviy o'zgarishlarga uchratish vaqtida destruktiv jarayonlari sodir bo'ladi.destruktsiya natijasid a polimerlarning ko'pgina fizik - ximiyaviy va mexanikaviy xossalari o'zgaradi (ya'ni yomonlashadi). Bunga asosiy sabab destruktsiya vaqtida polimer makromolekulasida boradigan parchalanish reaktsiyalaridir. Demak, destruktiv jarayonlar ko'p hollarda maqsadga muvofiq kelmaydigan zararli oqibatlarga olib keladi. Bundan destruktsiya jarayonlarining hammasi zararli deb xulosa chiqarish xato bo'lur edi. Ko'p hollarda tabiiy va sintetik polimerlardan destruktsiya yordamida qimmatbaho past molekulyar moddalar hosil qilish mumkin. Masalan, kraxmal va tsellyulozani gidrolizlab glyukoza olinadi yoki tabiiy oqsil kollagenin gidrolizlanganda meditsinada va oziq - ovqat sanoatida ishlatiladigan har xil aminokislotalarning aralashmalarini hosil qilishi mumkin. Yoki biror bir polimerning strukturasini o'rganish uchun ko'p hollarda uni destruktsiyaga uchratish va analiz qilish foydadan xoli emas. Sintetik polimer polimetilmetakrilat destruktsiyaga uchratilganda monomer metilmetakrilat olinadi. Demak, destruktsiya jarayonlari sharoitga qarab foydali yoki zararli bo'lishi mumkin. Destruktsiya jarayonlari ikki qonuniyatga: ― tasodifiy yoki depolimerlanish qonuniyatlariga boy so'ngan holda boradi. Depolimerlanish ― polimerlanishning teskari jarayoni bo'lib, makromolekula tarkibidan monomer molekulasini ketma - ket ajralib chiqishi bilan boradigan reaktsiyalardir. Bu ikkinchi holatda polimerning molekulyar massasi tasodifiy qonuniyatga boysunuvchi holatdagiga nisbatan sekin o'zgaradi. Polimerlarning destruktsiya jarayoni tasodifiy qonuniyat boyicha o'zgarsa, τ vaqt oralig'ida hosil bo'layotgan makromolekulaning o'rtacha statistik uzunligi shu makromolekulaning о'rtacha polimerlanish darajasi Pτ va shu polimerning dastlabki polimerlanish darajasi hamda bog'larning o'rtacha soni S bilan quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: Pτ = ( S + 1 ) Bu holda destruktsiya reaktsiyasining tezligi quyidagi formula boyicha aniqlanadi: 1 1 V = in ( 1 − ― ) ― in ( 1 - ― ) = kτ Po Pτ Bu yerda k ― parchalanish tezligi konstantasi. τ― parchalanish vaqti. Destruktsiya jarayonlari qanday tashqi ta'sir ostida borishligiga qarab bir nechta turga ajratiladi. Destruktsiya mexanik kuchlar ta'sirida borsa, bunga mexanodestruklanish, nur ta'sirida ― fotodestruktsiya, issiqlik ta'sirida ― termodestruklanish, radiatsiya ta'sirida ― radiatsion destruktsiya, oksidlovchilar ishtirokida borsa ― oksidlanish destruktsiyasi; bakteriya va zamburug'lar ta'sirida borsa ― biologik destruktsiya deyiladi. Geterozanjirli polimerlarning ximiyaviy destruktsiyasi yaxshi o'rganilgan. Bunday polimerlarning ximiyaviy destruktsiyasi zanjirdagi uglerod - geteroatom orasidagi bog'dan boshlanadi. Agar destruktsiya to'liq borsa, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.16 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.16 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga