Polimerlarni plastifikasiyalash Polemerlarni plastifikatsiyalashda, yani polemer birikmaga quyi molekular moddalar qo'shib, uning xususyatini o'zgartirishni, polemerni quyi molekular moddada yoki, aksincha, quyi molekular moddani polemerda erishi prosesining xususiy xoli deb qarash mumkin. Shuning uchun ham plastifikator polemerga qo'shila olishi shart, chunki moddalar o'ziga o'xshash moddalardagina yaxshi eriydi. Agar plastifikator polemerga begona bo'lsa yoki kam moyil bo'lsa, u yuqori molekular modda bilan emulsiya hosil qiladi. Hosil bo'lgan emulsiya zarrachalari(odatda bunday sestemaning desperslanish darajasi juda yuqori bo'ladi) bir-biri bilan qo'shilib, yiriklashadi; yiriklashning davom etishidan tomchilar hosil bo'ladi va, nixoyat, tomchilar polemer sirtiga tepib chiqadi. Albatta, bu noto'g'ri plastifikatsiyalashdir. Polemerga plastifikator qo'shilganda ana shunday bir jinsli sestema hosil bo'lsa, uning mexanik, elektrik va shu kabi bir qator xususyatlari yomonlashadi. Demak, plastifikatorning polemerga qo'shila olishi juda katta ahamyatga ega ekan. Plastifikatorning tabiati yuqori molekular birikmaga mos kelganda konsentrlangan bir jinsli eritma hosil bo'ladi. Bu xuddi polemerning erituvchida erishi kabi ikkala turdagi molekulalar orasidagi bog'lanish energiyasi bilan entropiyaga bog'liq, yani ∆F = ∆U - T∆S ˂ 0 Shuning uchun qutblangan polemerga qutbli plastifikatorlar va, aksincha, qutblanmagan polemerga qutbsiz plastifikatorlar to'g'ri keladi. Masalan, tabiiy kauchik uchun neftni yuqori temperaturada qaynaydigan mahsulotlari (vazelin, gudron va x.k.); polixlorpren uchun dimetilftalat, dibutilsebasinat va shunga o'xshashlar, nitroselluloza va asetilsellyuloza uchun esa ftalatlar, trikrezilfosfat kabi quyi molekulyar plastifikatorlar ishlatiladi. Plastifikator polemerga ma'lum temperaturada aralashtirib yoki qalandarlab qo'shiladi. Agar plastifikatorning polemerda erishi temperatura pasayishi bilan kamaysa, plastifikatsiyalangan mahsulot sovutilganda ortiqcha plastifikator polimer sirtiga tepadi. Shunday bo'lmasligi uchun avvalo polimer bilan plastifikatorning bir-birida eruvchanlik darajasini bilib, uni polimerda eriy oladigan miqdorda qo'shish zarur. Bunda polimer eritmasi qovushqoqligi kattaligidan polimer-plastifikator eruvchanlik diagrammasi olish qiyinligini nazarda tutish kerak. Plastifikator polimerga moyil bo'lishidan tashqari, u zaharli bo'lmasligi bug' bosimi kam bo'lishi, yonmaydigan va arzon bo'lishi darkor. Ma'lumki, chiziqsimon zanjirli amorf polimerlar shishasimon, yuqori elastik va qovushqoq-oquvchan holatda bo'ladi. Bu holatlarning tempratura chegaralari polimerning shishalanish temperaturasiga, oquvchanligi va kimyoviy parchalanishiga bog'liq. Polimer turiga, makromolekulasining egiluvchanlik darajasiga qarab ma'lum temperaturada shu holatlarning birida bo'ladi. Masalan, kauchuklar 50-600 bilan 140-1500 orasida, polistirol yoki polemetilmetakrilat 80-900 bilan 180-1900 orasida yuqori elastik holatda bo'ladi. Ma'lumki, hamma polimerlar ham yuqori elastik holatda bo'lavermaydi. Tsh va Toq si yuqori bo'lgan polimerlar qizdirilganda parchalanadi. Masalan, selluloza va uning bazi efirlari faqat shishasimon holatga ega bo'lganligidan qizdirilganda yuqori elastik holatga o'tmasdanoq parchalanib ketadi. Polivinilxlorid yuqori elastik holatga o'tadi-yu, ammo qovushqoq-oquvchan holatga o'tguncha parchalanadi. Bunday polimerlarning Tsh va Toq larini istagan tomonga surish uchun ularga plastifikator qo'shiladi. Plastifikator yuqori temperaturada polimerni yumshatish uchungina emas, balki yuqori elastiklik ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:07:50
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.61 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:07 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.61 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:09 ]
Arxiv ichida: doc