Polimerlarni qayta ishlash Reja: Polimerlarga shakl berish usullari. Kauchikni qayta ishlash. 3.Rezina aralashmasidan rezina buyumlar tayyorlash. 1. Polimerlarga shakl berish usullari. Polimerlardan xalq xo'jaligining qariyb barcha sohalari uchun istemol buyumlari tayyorlanadi. Polimerlarni va ular asosida tayyorlanadigan aralashmalarni qayta ishlash uchun qo'llaniladigan apparatlar ilgari ko'rib o'tilgan apparatlardan tuzilishi bilan farq qiladi. Chunki yuqori molekulyar birikmalar juda yopishqoq bo'ladi. Shuning uchun ularni mashinalarda oddiy aralashtirish o'rniga surkash, ezish, kukun, talqon qilish, vallar orasidagi ingichka teshik orqali bosib chiqarish yoki maxsus aralashtirgichlarda aralashtirish fleralardan o'tkazish kabilardan foydalaniladi. Bu esa kattagina energiya sarflashga olib keladi. Bunday mashinalarni harakatga keltirish uchun yuzlab hatto minglab klovatli elektromotorlardan foydalaniladi. Masalan, rezalli smoladan fenoplast olinadi. Buning uchun paxta gazlama, shisha tolasi, qog'oz kabilarga suvsiz smolaning spirtdagi eritmasi (lak) yoki emultson smola shimdiriladi, bereza (qayin) shiponidan maydalaridan bir necha qavat qilib kleylanib fanera tayyorlanadi. So'ngra material quritiladi, varaqlar shaklida kesiladi, varaqlar bir-birisining ustiga qo'yiladi yoki birgalikda o'raladi. 150-1700 S haroratda va 70- 150 atmosfera bosimda gidrovlik preslovchi apparatlarga siqilib preslanadi. Bunda varaqlar pachkasi bog'lami presslash apparatining plitalari oralig'iga yoki presformaga joylashtiriladi. Plitalar bug' bilan yoki elektr toki bilan qizdiriladi. Presslashning davomiyligi buyumning qalinligiga bog'liq har bir millimetr qalinlikka 3-4 minut vaqt kerak bo'ladi. Shunday yo'l bilan quyidagilar olinadi: a) paxta gazlamadan tekstolit olinib, undan shovqinsiz podshipnillar, shesternalar, shikiflar-(uzatma tasmasini harakatga keltiruvchi g'ildirak), quvurlar, elektroizolyatsiya uchun plitalar, mashinaning turli qismlari tayyorlanadi; b)shishatekstolit olinadi undan avtomabillarning kuzovlari samaliyotlarning turli kisimlari motorli kayiklarning binosi quvirlar va boshqalar tayorlanadi v)(qog'ozdan) - getenaks olinadi, u turli xildagi elektrotexnika qisimlari tayorlashda, devor va mebillarni bezovchi qoplama pilastinalari va boshqalarda foydalaniladi. g) fanera shiponidan - yog'och qavatli plastikalar yoki plitalar olinadi u devorlarni bezashda, mashina qismlari, podshipniklar, samalyot qismlari, mebellar va boshqalarda ishlatiladi. Ularning uzilishga mustahkamligi 400 kgsm2 gacha bo'lib po'lat mustahkamligiga yaqin bo'ladi. Rezol smolalar faolit olish uchun xam xizmat qiladi. Faolit kupgina ishkor va kislotalarga hamda organik erituvchilarga o'ta chidamli bo'lib, kimyoviy ishlab chiqarishlarda keng foydalaniladi. Smola asbest bilan bazan grafit bilan yoki qum bilan maxsus aralashtirgichlarda aralashtirilib, aralashma valtslarga (juvalaydigan, eyadigan mashina) qayta ishlanadi. Sungra shnek-mashinalarda(tuzilishi chuvalchansimon press apparatiga o'xshaydigan apparat) quvurlar yoki kalandrlarda plastik listlar ( varaqlar) tayyorlanadi, undan nasoslarning qismlari, rektifikatsiya minoralari, jumraklar, aralashtirgichlar ( va xokozolar) tayerlanadi. Olingan buyumlar qizdirish bilan qotiriladi. Yeg'och tayerlashda va kesishda hosil bo'ladigan chiqindi, qipiqlar emultsion smola bilan aralashtirilib, presslanib DSP ( drevenostrujechnie pliti) olinadi, qaysikim ular uylarni pol qilishda, devor panellari (yig'ma inshoat yoki binolarning alohida tayerlagan bir qismi) potoloklar va boshqalar olinishda ishlatiladi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:07:50
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.64 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:07 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.64 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:09 ]
Arxiv ichida: docx