Polimerlarning ximiyaviy o'zgarishlari Reja: 1. Polimerlarni modifikatsiyalash. 2. Polimeranalogik o'zgarishlar. 3. Makromolekula ichida boradigan reaksiyalar. 4. Makromolekulalararo boradigan reaksiyalar. 5. Destruksiya reaksiyalari. Barcha polimer moddalar o'z makromolekulalarining tuzilishiga karab, past molekulyar organik moddalarga xos bo'lgan xamma reaksiyalarga kirisha oladi. Bunday reaksiyalar natijasida polimerlarningxossalari tubdan uzgaradi, bu esa ikkinchi tur polimerlar hosil qilishga imkon beradi. Odatda organik moddalarga xos bo'lgan gidrogenlanish, xlorlanish, sulfolanish, nitrolanish reaksiyalarni polimerlarda xam olib borganimizda xossalari butunlay uzgargan polimerlar olinadi. Bu hodisa polimerlarning modifikatsiyalanishi deyiladi.Bunday reaksiyalarni birinchi marta 1833 yilda olim Brakkonni tabiiy polimer - tsellyulozani nitrolab, organik erituvchilarga erishi, portlovchanlik xususiyati va boshqa kator xossalari jihatidan tsellyulozadan farq qiluvchi nitrat tsellyulozani olishni amalga oshirgan. Polimerlarga xos reaksiyalar fakat ularning modifikatsiyalash uchun qo'llanmasdan, balki polimerlarning tuzilishini o'rganish uchun xam ishlatiladi. Masalan, sirka angidrid ta'sirida makrolekulasini atsetillash natijasida atsetiltsellyuloza olinadi. Birinchidan, bu reaksiya yordamida tsellyuloza makromolekulasidagi gidroqsil gruppalarning soni aniklansa, ikkinchidan,hosil qilingan tsetiltsellyulozadan to'qimachilik va yengil sanoatda ishlatiladigan sun'iy tola,plenka va plastmassa detal va buyumlar tayyorlanadi. Polimerlarning ximiyaviy o'zgarishlari turt turga ajratiladi: 1.Polimeranologik o'zgarishlar.Bunda polimer funksional guruhlari boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirishib yangi modda hosil qiladi. 2.Makromolekula ichida funksional guruh hisobida boradigan reaksiyalar. 3.Makromolekulalar aro boradigan reaksiyalar. Bunda kundalang bog hosil bo'lishi natijasida makromolekulalar tikilib oladi. Texnikada bunday reaksiyalar vulkonlanish, oshlash va harorat ta'sirida kotish jarayonlari deyiladi. 4.Makromolekulalar zanjirining kamayishi bilan boradigan reaksiyalar,buni destruksiya reaksiyalari deb aytashadi. Polimeranologik o'zgarishlar Polimeranologik o'zgarishlar natijasida makromolekula asosiy zanjirining tuzilishida va shu zanjirning polimerlanish darajasida xech qanday o'zgarish bulmaydi , fakat yon tomonidan joylashgan funk tsional gruppalar tuzilishining o'zgarishi bilan boradi. ishkoriy muhit -CH 2 -CH + N 2O-- -CH 2 -CH- + n SN 3SOON | | OCOCH3 n OH n polivinil atsetat polivinil spirti Monomer ko'rinishida vinil spirt barqaror emas, shu sababli vinil spirtni polimerlab polivinil spirt olib bulmaydi. Shuning uchun bu polimerni polivinilatsetatni yuqori usul bilan sovunlanish natijasida oladilar. Polimeranologik o'zgarishlarga nitrotsellyuloza va atsetiltsellyuloza olishlarni misol tarikasida keltiramiz. [ S6 H7 (OH)3 ]n + HNO3 -- [ C6 H7 O2 (ONO2) m(OH) 3- m ]n tsellyuloza fosfor nitrotsellyuloza kislota ishtirokida [ C6 H7O2(OH)3 ]n +(CH3CO)2O --[ C6 H7 O2 (OCOCH3 )3 ]n + n CH3 COOH tsellyuloza triatsetiltsellyuloza Makromolekularning ichida funksional guruh hisobida boradigan reaksiyalar Makromolekulalarning ichida boradigan reaksiyalarda fakat shu makromolekulaning funksional gruppalari yoki malum atomlari ishtirok etishi mumkin. Buning natijasida makromolekulaning tuzilishini, bazi makromolekula tarkibining o'zgarishini kuzatish mumkin. Bunday jarayonlarda makromole-kulalarning kuyi molekulyar reagentlar bilan birikishi kuzatilmaydi. Odatda bunday reaksiyalar yorug'lik yuqori energiyali nurla, issiqlik ta'sirida boradi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:07:50
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.46 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:07 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.46 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:09 ]
Arxiv ichida: doc