Polimerlarning molekulyar massasi Reja: Makromolekula va uning molekulyar massasi. Polimerlarni tuzilishi va xossalarini tushuntirishda o'rtacha massani tavsiflashning roli. Polidesperslik tushunchasi. Polimolekulyarlik. O'rtacha molekulyar massa va molekulyar massaviy taqsimlanish. Fraksiyalash usullari. Polimerlarning fazoviy tuzulishlari. Polimerlarni molekulyar massani aniqlash usullari. Asosiy tayanch tushunchalar Molekulyar massa, polimerlarni tuzilishi, o'rtacha molekulyar massa, polidesperslik tushunchasi, polimolekulyarlik, molekulyar massaviy taqsimlanish, fraksiyalash usullari, fazoviy tuzulishlari. Quyi molekulyar moddalar uchun molekulyar massa M o'zgarmas qiymatga ega bo'lib, shu moddaning xarakterli kattaligi hisoblanadi. Polimerlarning quyi molekulyar birikmalardan farq qiluvchi asosiy xususiyatlaridan biri, ularning yuqori molekulyar massaga ega ekanligidir. Polimer makromolekulalari tarkibida zvenolar soni va polimerlanish darajasi bir-biridan farq qiladi, shuning uchun ularning uzunligi va molekulyar massasi turlicha bo'ladi. Polimerlarga xos bu xususiyat p o l i d i s p e r s l i k (polimolekulyarlik) deb ataladi. Shu sababdan polimerlar uchun muhim kattalik hisoblangan molekulyar massa doimo o'rtacha qiymatga ega bo'lib, o'rtacha molekulyar massani M bilan ifodalanadi. O'rtacha molekulyar massalari bir xil bo'lgan polimerlarda ham polidisperslik bir-biridan keskin farq qilishi mumkin.Bu farqni miqdoriy jihatdan xarakterlash uchun ikkinchi muhim kattalik - m o l ye k u l ya r m a s s a v i y t a q s i m l a n i sh (MMT) tushunchasi kiritilgan. Polimerlarda alohida olingan makromolekulalarni molekulyar massasi bir-biridan qanchalik keskin farq qilsa, polidisperslik shunchalik yuqori va polimerlar keng chegaradagi molekulyar massaviy taqsimlanishga ega bo'ladi. Polimerlarda molekulyar massalar orasida o'rtacha miqdoriy nisbatni aniqlashning bir necha uslubi mavjud. Bu uslubga asoslangan holda o'rtacha molekulyar massa M, molekulyar massaning o'rtacha raqami yoki o'rtacha raqamli molekulyar massa Mn , o'rtacha massaviy Mω yoki o'rtacha vaznli Mƶ nomga ega molekulyar massalarga ajratiladi. Molekulyar massasi katta-kichik bo'lgan makromolekulalarning umumiy massasini shu makromolekulalarning umumiy soniga nisbati o'rtacha raqamli molekulyar massani xarakterlaydi. Amalda polimerlarni ma'lum kontsentratsiyali eritmasidagi makromolekulalar sonini aniqlash bilan o'rtacha raqamli molekulyar massa topiladi. ― M1 N1 + M2 N2 + … Mm Nm ∑MiNi Mn=-- = -- = ∑ Mi ni N1 +N2+ …Nm ∑Ni Bu yerda M1; M2; . . . Mm (Mj) -- turli uzunlikdagi makromolekulalarning molekulyar massalari; N1: N2: . . . Nm (Nj) -- muayyan molekulyar massaga ega bo'lgan makromolekulalar soni, tipidagi molekulalarning nisbiy miqdori. Osmotik bosimni o'lchash va ximiyaviy usullar yordamida topilgan molekulyar massa o'rtacha raqamli molekulyar massa hisoblanadi, chunki topilgan kattaliklar ma'lum eritma kontsentratsiyasidagi makromolekulalar soniga bog'liqdir. Turli molekulyar massaga ega bo'lgan makromolekulalarning umumiy massasini, shu makromolekulalarning massasi yig'indisiga nisbatidan o'rtacha massaviy molekulyar massa topiladi: M1 ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:07:50
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
929.65 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:10
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:07 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
929.65 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:10 ]
Arxiv ichida: docx