Polimerlarning sintezida neft fraksiyalaridan monomerlar olishda foydalanishning kimyoviy reaksiyalari turlari

Polimerlarning sintezida neft fraksiyalaridan monomerlar olishda foydalanishning kimyoviy reaksiyalari turlari

O'quvchilarga / Kimyo
Polimerlarning sintezida neft fraksiyalaridan monomerlar olishda foydalanishning kimyoviy reaksiyalari turlari - rasmi

Material tavsifi

Polimerlarning sintezida neft fraktsiyalaridan monomerlar olishda foydalanishning kimyoviy reaksiyalari turlari. Polimerlar (yun. polymeres - ko'p qismlardan tashkil topgan) - molekulalari (makromolekulalar) bir yoki bir necha turli ko'p sonli takrorlanuvchi guruhlar (monomer zvenolari)dan tashkil topgan yuqori molekulyar massali (bir necha mingdan bir necha milliongacha) kimyoviy birikmalar. Makromolekula tarkibidagi atomlar bir-biri bilan asosiy yoki koordinatsion valentlik kuchi vositasida bog'langan. Polimerlar tabiiy - biopolimerlar (rksillar, nuklein kislotalar, tabiiy smoladar) va sintetik (polietilen, polipropilen, fenolformaldegid smolalar) polimerlarga bulinadi. Polimerlar bir xil struktu-rali zvenolar (mas, polivinilxlorid - CH2CHCl-) yoki o'zaro navbatlashuvchi turli xossaga ega zvenolar (sopolimer)dan tashkil topgan bo'ladi; vi-nilxlorid va vinilatsetat sopolimeri bunga misol bo'la oladi. Bir nechta kichik oddiy molekulalarning birikishidan hosil bo'lgan P. oligomerlar deb ataladi. Monomerning 2 mo-lekulasi qo'shilishidan hosil bo'lgan molekula d i m ye r deyiladi. Bunday birikmalar o'zining xossasiga ko'ra, quyi va yuqori molekulali birikmalar oralig'idagi o'rinda turadi Polimerlarning tarkibi va sintez usullariga ko'ra, ulardan qattiq va elastik, puxta va mo'rt, issiq va sovuqqa chi-damli, kimyoviy ta'sirlarga bardoshli va h.k. xossaga ega bo'lgan mahsulotlar olish mumkin. Mahsulot hosil qilish uchun polimerlarga to'ldirgichlar va boshqa moddalar qo'shiladi. Polimerlarning muhim xu-susiyati shuki, ulardan shtampovkalash, presslash kabi oddiy usullarda buyumlar tayyorlash mumkin. Polimerlar dastlab murakkab bo'lmagan moddalar, kumir va yog'ochni qayta ishlash mahsulotlari (mas, fenol, formalin va boshqalar)ga asoslangan edi. Keyinchalik polimer olish uchun neftni qayta ishlash mahsulotlari, tabiiy gaz, qattiq yoqilg'ilarni qayta ishlash mahsulotlari, yog'och va turli o'simlik xom ashyolari chiqindilari ishlatiladigan bo'ldi. Xossasining yaxshiligi va xalq xo'jaligiga keltiradigan foydasining kattaligi hamda xom ashyo zaxiralarining ko'pligi P.ni keng ko'lamda ishlab chiqarishga imkon berdi. Polimerlar xossasiga ko'ra, quyidagilarga bo'linadi: kauchuklar - keng temperatura oralig'ida qayishqoklik xossasini yo'qotmaydigan Polimerlar; plastmassalar - yuqori temperaturada yumshaydigan va keng temperatura oralig'ida juda puxta, qattiq, nisbatan qayishqoq Polimerlar; sintetik tolalar - yuqori temperaturada (180-200°) yumshaydigan va shu temperaturada puxta ip bo'lib cho'ziladigan Polimerlar; lok va bo'yoqlar - yeyilishga chidamli, metall, yog'och va shishaga yopishadigan, atmosfera va mexanik ta'sirlarga chidamli pilomerlar. Polimerlarning xossasi turlicha bo'lganligidan ular kora va rangli metallar, yog'och, tosh, suyak, shisha va boshqa o'rnida ishlatiladi. Ba'zi bir sintetik polimerlar ion alma-shuvchi smolalar, qon plazmasi o'rin-bosari sifatida, tuproqni strukturalashda va boshqalarda qo'llanadi Insoniyat o'tgan asrda yangi polimerlarni tabiat yaratgan tabiiy polimerlardan funksional guruhlarini kimyoviy o'zgartirib sintez qilgan. Bu uchinchi, polimeranalogik o'zgarishlar usuli deb ataladi. Bu usulda ma'lum (ko'pincha, tabiiy) polimerlardan ularning funksional guruhlarini kimyoviy o'zgarishlari- reaksiyalari bilan amalga oshiriladi. O'tgan asrning 2- yarmida insoniyat hali polimerni bilmagan holda paxtadan uni nitrat kislota bilan ishlab selluloid ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 117.36 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:10 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 117.36 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga