Polimerlarning ustmolekulyar strukturasi Polimer strukturasi ikki xil: a) molekulyar va b) ustmolekulyar strukturalarda bo'ladi. Bu strukturalar makromolekulalarning bir-biriga nisbatan joylashishi natijasida hosil bo'lgan struktura darajasida o'rganiladi. Molekulyar darajadagi strukturaga polimer makromolekulasidagi zvenolarning tuzilishi va funksional guruhlar o'zaro joylashish tartibi (holati) kiradi. Ustmolekulyar strukturaga esa, polimer makromolekulalari yoki ularning ayrim qismlarini bir-biriga nisbatan joylashishi va ularning shakli kiradi. Molekulyar struktura. Polmerlarning molekulyar strukturasi polimer makromolekulasining konfigurasiyasi, konformasiyasi va molekulyar taxlanishi tushunchalarini o'z ichiga oladi. Konfigurasiya molekulani tashkil etuvchi atomlarning fazoviy joylashish tartibini ifodalaydi. Bu tartib molekulalarning betartib issiqlik harakati natijasida o'zgarmaydi: konfigurasiyada faqat kimyoviy bog'lar uzilib, qayta qurilish natijasida o'zgarishi mumkin. Polimerlarning konfigurasiyasi bir necha konfigurasion darajalarga bo'linadi: elementar zveno konfigurasiyasi, zvenolarning birikish konfigurasiyasi (yaqin konfigurasion tartib), katta bloklarning birikish konfigurasiyasi (uzoq konfigurasion tartib), makrozanjir konfigurasiyasi. Elementar zvenolarning konfigurasiyasi organik kimyoda ishlatiladigan tushunchalar va ta'riflar bilan ifodalanadi. Masalan, qo'shbog' tutgan polimerlar sis - (1) va trans - (2) izomerlar shaklida bo'lishi mumkin: H R ͠ CH2 R C = C C = C ͠ CH2 CH2 ͠ H CH2 ͠ A | Zveno konfigurasiyasiga zveno tuzilishidagi D va L izomeriyalar ham kiradi. ͠ R - C*- R1 ͠ | B Yaqin konfigurasion tartib, ya'ni zvenolarning birikish konfigurasiyasi ikkiga bo'linadi: zvenolarning polimer zanjiri bo'ylab birikish tartibi (struktura izomeriyasi) va zvenolardagi atomlarning fazoviy joylashish tartibi (fazoviy izomeriya). Struktura izomeriyasi. Polimer makromolekulasi hosil bo'layotganida elementar zvenolar uch xil usul bilan birikishi mumkin. Agar bir zvenoning oxiriga (dumiga) ikkinchi zvenoning (boshi) biriksa, dumga - bosh birikish deyiladi: ͠ CH2 - CH - CH2 - CH - CH2 - CH ͠ | | | x x x Shuningdek birikish dumga - dum bo'lishi mumkin: ͠ CH2 - CH - CH - CH2 ͠ | | x x Yoki, birikish boshga - bosh bo'lishi mumkin: ͠ CH - CH2 - CH2 - CH ͠ | | x x Makromolekulasidagi zvenolar boshi - dumiga birikkanpolimerlar tartibli strukturali polimerlar hisoblanadi. Boshi - boshiga yoki dumi - dumiga birikkan zvenolar zanjirning noregulyar qismlaridir. (Noregulyar polimerlar deyiladi). Dien monomerlaridan olingan polimerlarda va sopolimerlarda strukturalar turi juda ko'p bo'ladi. Fazoviy izomeriya. Vinil qatori polimerlari makromolekulasining asosiy zanjiri joylashgan tekislik stereoizomeriya tekisligidir. Bunday polimerlardagi barcha R o'rinbosarlar stereoizomeriya tekisligining bir tomonida joylashsa - izotaktik konfigurasiya, novbat bilan bir u tomonda, bir bu tomonda joylashgan bo'lsa - sindiotaktik konfigurasiya deyiladi. O'rinbosarlari betartib joylashgan makromolekula ataktik konfigurasiya deyiladi. Katta bloklarning birikish konfigurasiyasi (uzoq tartib) . Gomopolimerlarda uzoq ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:07:50
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.91 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:07 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.91 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:10 ]
Arxiv ichida: doc