Polimorfizm va turlari. Amorf va kolloid holatdagi moddalar. Kristallarning tuzilishi (atom, ion, molekula)

Polimorfizm va turlari. Amorf va kolloid holatdagi moddalar. Kristallarning tuzilishi (atom, ion, molekula)

O'quvchilarga / Kimyo
Polimorfizm va turlari. Amorf va kolloid holatdagi moddalar. Kristallarning tuzilishi (atom, ion, molekula) - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Polimorfizm va turlari. Amorf va kolloid holatdagi moddalar. Kristallarning tuzilishi (atom,ion,molekula) Reja: 1.Polimorfizm va uning turlari haqida ma'lumot 2.Amorf va kolloid holatdagi moddalar 3.Kristallarning tuzilishi 1. «Polimorfizm» - grekchadan olingan bo'lib, poli - ko'p, morfologiya - tashqi ko'rinish degan ma'noni anglatadi. Polimorfizm deganda, bir xil tarkibli birikmalarning har xil strukturalarda kristallanish xususiyati tushuniladi. Polimorf xususiyatga elementlar ham, murakkab birikmalar ham, ega bo'lishi mumkin. Polimorfizm tabiiy va sintetik minerallar orasida keng tarqalgan. Uglerod polimorfizmining yaqqol misoli bo'lib, grafit va olmos minerallari hisoblanadi. Ularning xususiyatlari butunlay turlichadir: olmos tabiatdagi eng qattiq mineral (10) bo'lsa, grafitning qattiqligi 1 ga tengdir; olmosning solishtirma og'irligi 3,5 bo'lsa, grafitniki 2,2 ga teng; olmos kubik singoniyada kristallansa, grafit geksagonal singoniyada kristallanadi. Yuqorida ko'rsatilgan minerallarning xususiyatlari o'rtasidagi juda katta farq, ularning strukturasi bilan bog'liq bo'lib, uglerod atomlarining joylanish tartibi natijasidir. Grafitdagi uglerod atomlarining bir-biri bilan bog'lanishi, olmosdagiga o'xshash mustahkam emas. Grafitning strukturasi qavatlardan tuzilgan bo'lib, tekis geksagonal panjarani hosil qiladi. Bu panjaralar orasida nisbatan katta masofa, grafitning xususiyatlarini keltirib chiqaradi (tez qavatlarga ajralish, kichik solishtirma og'irlik, qattiqlik va boshqalar). Polimorfizm (poli va yun. morphe - shakl) - ba'zi moddalarning turli kristall strukturali holatlarda bo'lish xossasi. Shu xususiyatlarning har biri polimorf modifikatsiya deyiladi. Har bir modifikatsiya tuzilishi va fizik xossalari jihatidan bir-biridan farq qiladi. Ular a, r, u va boshqa yunon harflari bilan belgilanadi. Polimorfizm 1798 yilda kashf qilingan.Oddiy moddalar, shuningdek, organik va anorganik birikmalar polimorfizm xususiyatiga ega. Masalan:uglerod (S) tashqi ko'rinishi va fizik xossalariga ko'ra bir-biridan keskin farq qiladigan kubik (olmos) va geksagonal (grafit) modifikatsiyalarga ega. Kimyoviy elementning tuzilishi va xossalari turlicha bo'lgan ikki yoki undan ortiq oddiy modda holida mavjud bo'la olishi allotropiya deyiladi. Har bir polimorf modifikatsiya ma'lum temperatura va bosimda turg'un bo'ladi. Modda beqaror, metastabil (tormozlangan, toblangan, o'ta sovitilgan) holatda uzoq vaqt saqlanishi mumkin. Pekin modda to ma'lum omil ta'sir ettirilguncha (muayyan temperatura va bosim sohalari chegarasida) bu holatda bo'la oladi. Ikki modifikatsiyaning turg'un sohasi umumiy chegaraga ega bo'lsa, beqaror holatdan turg'un holatga o'tish qaytar (enantiotrop) almashinish, umumiy chegaraga ega bo'lmasa, qaytmas (monotrop) almashinish bo'ladi. Masalan:rombik tizimda kristallanadigan aragonit (SaSO3) qizdirilsa, trigonalsingoniyada kristallangan kalsit (SaSO3) ga aylanadi. Pekin kalsitni qizdirish yo'li bilan aragonitga aylantirish mumkin emas.Polimorfizm hodisasini o'rganish yer osti boyliklarini izlab topishga va ularning paydo bo'lish xususiyatlarini to'g'ri aniklashga imkon beradi. Har xil polimorf modifikatsiyalarning kelib chiqishi, asosan ularning hosil bo'lish sharoitlari bilan bog'liqdir. Kristallangan moddaning biror muayyan fizik-kimyoviy sharoitlarda barqaror bo'lib, har biri o'ziga xos ma'lum kristall strukturasi bilan xarakterlanuvchi xillari o'sha ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 345.03 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:10 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 345.03 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga