Polisaxaridlar va ularning xususiyatlari. Polisaxaridlar tasnifi Reja: 1.Polisaxaridlar xususiyatlari. 2. Polisaxaridlar tasnifi. 3. Kraxmal. 4. SHilliq moddalar va tarkibida shu moddalar bo'lgan dorivor o'simliklar. 5. Daraxt elimlari. 6. Pektin moddalar. 7. Disaxaridlar 8. Plantaglyusid olish texnologiyasi Gidrolizlanganda oddiy uglevodlar hosil qila oladigan uglevodlar murakkab uglevodlar yoki polisaxaridlar deyiladi. Murakkab uglevodlarning umumiy formulasi Cm H2n On. Barcha polisaxaridlar glikozid tipida tuzilgan bo'lib, ularni monosaxaridlarning ikki va undan ortiq molekulasidan bir yoki necha molekula suv tortib olinishi natijasida hosil bo'ladigan oddiy uglevodlar angidiridi deb qarash mumkin. SHakarga o'xshamagan murakkab uglevodlar yoki yuqori polisaxaridlar kimyoviy tuzilishi jihatidan polyo'g'likozidlar deb qaraladi. YUqori polisaxarid zanjiri oxirida qaytaruvchi monosaxarid qoldii bo'ladi. YUqori polisaxaridlarning glyukozid tipida tuzilganligi ularning kislotali muhitda oson gidrolizlanishida namoyon bo'ladi. YUqori polisaxaridlar to'liq gidrolizlanganda monosaxaridlar, to'liqmas gidrolizlanganda esa oligosaxaridlar, jumladan, disaxaridlar hosil bo'ladi. Polisaxaridlar juda katta molekulyar massaga ega. Ular yuqori molekulyar moddalar uchun xos bo'lgan birlamchi va ikkilamchi tuzilishga ega. Agar polisaxaridlarning birlamchi tuzilishi monosaxarid qoldiqlarining ma'lum ketma-ketlikda joylashganligini ko'rsatsa ikkilamchi tuzilishi makromalekula zanjirining fazaviy joylalishini ko'rsatadi. Polisaxaridlar zanjiri shoxlangan yoki shoxlanmagan bo'lishi mumkin. YUqori polisaxaridlar ikkita katta guruhga bo'linadi. Gomopolisaxalar va geteropolisaxaridlar. Gomopolisaxaridlar bir xil monosaxaridlar qoldiqlaridan tashkil topgan ularga kraxmal, glikogen, sellyuloza va dekstranlar kiradi. Geteropolisaxaridlar har xil monosaxaridlar yoki ularning hosilalaridan tashkil topgan. Geteropolisaxaridlarga ko'pchilik hayvonlar va bakteriyalardan olinadigan polisaxaridlar kiradi, ular nisbatan kam o'rganilgan, biroq ular organizmda muhim biologik rol o'ynaydi. Geteropolisaxaridlar organizmda oqsillar bilan bog'lanib, murakkab komplekslar hosil qiladi. Polisaxaridlardan bo'lgan kraxmal, shilliq moddalar, daraxt elimlarlari, va pektin moddalari tibbiyotda hamda farmatsevtika sohasida ishlatiladi. Kraxmal - Amylym. Kraxmal o'simlik to'qimalaridagi fotosintez jarayonining mikroskopda ko'rinadigan birinchi mahsuloti. U polisaxaridlar aralashmasidan iborat bo'lib umumiy formulasi (S6N10O5)n. Kraxmal o'simliklar dunyosida juda keng tarqalgan bo'lib u o'simliklarda oz mikdardan 86% gacha bo'lishi mumkin. Kraxmal xlorofilli organlarda fotosintez jarayoni natijasida hosil bo'ladi. Asta-sekin barglardan shox hamda poyalar orqali o'tib, meva va urug'da yoki o'simlikning yer ostki organlarida yiqiladi. SHuning uchun o'simliklarda assimilyasion, tranuit va zaxira kraxmallar bo'ladi. Kraxmal asosan donli o'simliklarning meva, uruida, ko'p yillik o't o'simliklarda esa yer ostki organlarida to'planadi. Qishga to'plangan zaxira kraxmal o'simliklar uchun oziq modda sifatida xizmat qilsa, shuningdek tibbiyotda, farmatsevtikada hamda oziq-ovqat sanoati va boshqalarda xam shilatiladi. Kraxmal olish usullari. Kraxmal o'simlik mahsulotiga qarab bir necha usul bilan olinadi. Kartoshka tuganadidan kraxmal olish uchun tuganak tozalanadi va maxsus sim to'r ustida qirqichda qiriladi. Uning ustiga suv quyib yuviladi. Kraxmal suv bilan birga sim to'r ustidagi idishga tushib cho'kadi. Kraxmalni tozalash uchun toza suv bilan aralashtiriladi va ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:07:50
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.35 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:07 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.35 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:10 ]
Arxiv ichida: doc